Jinoyat obyekti qanday turlarga bo'linadi?
Umumiy, maxsus va bevosita obyekt
Jinoyat predmeti nima?
Ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo ne'mati
Subyektiv tomonning belgilari qaysilar va ulardan qaysi biri zaruriy belgi?
Ayb, motiv, maqsad. Zaruriy belgi: ayb
Shaxs qilmishining xavfliligini anglagan, oqibatga ko'zi yetgan va oqibat yuz berishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bu qasdning qaysi turi?
Egri qasd
Jinoyat tarkibining to'rtta elementini ayting
Jinoyat obyekti, obyektiv tomoni, subyekti, subyektiv tomoni
Sababiy bog'lanishning uchta mezonini ayting.
Vaqt, reallik va muqarrarlik mezonlari
JK 164-moddasi "Bosqinchilik"da asosiy bevosita obyekt nima, qo'shimcha bevosita obyekt nima?
Asosiy: o'zga shaxsning mulk huquqi. Qo'shimcha: shaxsning hayoti yoki sog'lig'i
O'z-o'ziga ishonishning egri qasddan asosiy farqi nimada?
Egri qasdda shaxs oqibatga ongli yo'l qo'yadi, o'z-o'ziga ishonishda esa oqibat kelib chiqmasligiga asossiz umid qiladi
Jinoyat belgilari nechta va qaysilar?
qilmishning ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi
Moddiy tarkibli jinoyatda obyektiv tomonning zaruriy belgilari qaysilar?
Ijtimoiy xavfli qilmish, ijtimoiy xavfli oqibat, qilmish va oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanish
Ayb JK 20-moddasiga ko'ra qanday shakllarda bo'ladi?
Qasd va ehtiyotsizlik
Xato qanday turlarga bo'linadi va qaysi biri jinoyat kvalifikatsiyasiga ta'sir qiladi?
Yuridik va faktik xato. Faktik xato kvalifikatsiyaga ta'sir qiladi, yuridik xato odatda ta'sir qilmaydi