Umumiy tushunchalar
Kimyoviy ifloslanish
Mikrobiologik ifloslanish
Karbonat angidrid
Mikrob miqdorini aniqlash
100

Kasalxona xonalaridagi havoning tozaligi birinchi navbatda nimaga ta’sir qiladi?

Bemorlarning umumiy holatiga ta’sir qiladi.

100

Kasalxona havosidagi kimyoviy moddalar nega o‘tkir zaharlanish keltirib chiqarmaydi?

Ular juda kichik konsentratsiyada bo‘ladi.

100

Qaysi bo‘limlarda havo mikroblar bilan ifloslanishining oldini olish eng muhim?

Jarrohlik, tug‘ruqxona va bolalar bo‘limlarida.

100

Karbonat angidrid gazi qanday ifloslanish ko‘rsatkichidir?

Antropogen ifloslanish ko‘rsatkichidir.

100

Sedyimentatsiya (cho‘ktirish) usuli qanday prinsipga asoslanadi?

Havodagi mikroblarning oziqa muhit yuzasiga cho‘kishi

200

Kasalxona ichki infektsiyalarining oldini olishda qanday omil katta ahamiyatga ega?

Havo muhitining tozaligi.

200

Kasalxona xonalaridagi antropogen ifloslanish darajasi asosan nimaga bog‘liq?

Xonadagi shamollatilish sifati va havo almashinish darajasiga.

200

Kasalxona havosidagi mikroblar qaysi ikki turga bo‘linadi?

Saprofit va patogen mikroblar.

200

Kasalxonalar havosida CO₂ ning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi qancha?

0,1% gacha.

200

Sedyimentatsiya usulida havo namunasi qancha vaqt ochiq holda qoladi?

3 daqiqa

300

Kasalxona havosining tozaligini nega muntazam nazorat qilib turish zarur?

Chunki u bemorlarning sog‘lig‘iga, infektsiyalar tarqalishiga va tibbiyot xodimlarining ish sharoitiga ta’sir qiladi.

300

Havo tarkibidagi kimyoviy moddalarning kichik konsentratsiyalari bemorlarda qanday belgilarni keltirib chiqaradi?

Bosh og‘rishi, toliqish, kam quvvatlik, uyqusizlik.

300

Operatsiya xonasidagi 1 m³ havoda nechta mikrob bo‘lsa, u “toza” hisoblanadi?

1500 tadan oshmasligi kerak.

300

Agar CO₂ konsentratsiyasi 0,1% dan oshsa, bu nimani bildiradi?

Xona havosi yaxshi shamollatilmayotganini

300

Filtrlash usuli bilan tekshirishning asosiy kamchiligi nima?

Natijalar uzoq vaqt ichida olinadi va noaniq bo‘lishi mumkin

400

Havoda uchraydigan mikroorganizmlarning asosiy manbalari kimlar bo‘lishi mumkin?

Bemorlar, tibbiy xodimlar va bemorlarni ziyorat qiluvchilar.

400

Dori vositalari bilan havoning ifloslanishi tibbiyot xodimlarida qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Allergik kasalliklar.

400

Tug‘ruqdan keyingi palatalarda 1 m³ havoda mikroblar soni nechta bo‘lishi kerak?

2000 tadan oshmasligi kerak.

400

CO₂ miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan tezkor usul nomi nima?

Shprits usuli.

400

Krotov apparati qanday ishlaydi?

Havo oqimini oziqa muhit yuzasiga urish orqali mikroblarni yig‘adi

500

Kasalxona havosining kimyoviy tarkibidagi moddalarning asosiy manbalari nimalar?

Ammiak, vodorod-sulfid, merkaptanlar, indol, dezinfeksiya va dorivor moddalar.

500

Kasalxona havosida uchraydigan asosiy kimyoviy moddalarga misollar keltiring.

Ammiak, vodorod-sulfid, merkaptanlar, indol.

500

Havoning mikroblar bilan ifloslanish darajasini baholashda eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri nima?

1 m³ havodagi mikroblar soni.

500

Shprits usulida CO₂ miqdorini aniqlashda ishlatiladigan eritma qanday bo‘ladi?

Kuchsiz ishqoriy va rangli eritma

500

Qaysi maxsus ozuqa muhitida stafilokokklarni aniqlash mumkin?

Tuxum sarg‘ig‘i agar muhitida

M
e
n
u