1-mavzu. Kiber huquqning asoslari
2-mavzu. Raqamli suverenitet va elektron hukumat
2-mavzu. Raqamli suverenitet va elektron hukumat
Axborotlashtirish toʻgʻrisida
Axborotlashtirish toʻgʻrisida
100

Kibermakon tushunchasiga O‘zbekiston qonunchiligida qanday ta’rif berilgan?

O‘zbekiston qonunchiligida kibermakon — bu internet va axborot tizimlari orqali shakllangan virtual muhit bo‘lib, unda axborot almashinuvi amalga oshiriladigan raqamli makon sifatida ta’riflanadi.

Bu tushuncha “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunda ishlatiladi.

100

Raqamli suverenitet tushunchasi nimani anglatadi?

Raqamli suverenitet — bu davlatning o‘z raqamli makonida (internet, ma’lumotlar, platformalar, infratuzilma) mustaqil siyosat yuritish va nazorat qilish huquqidir.

100

O‘zbekiston qonunchiligida shaxsga doir ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi nimani anglatadi?

O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi shart.

100

Axborot resurslari erkin foydalanish darajasiga ko‘ra qanday toifalarga bo‘linadi?

Axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.


100

Milliy axborot tizimi tarkibiga nimalar kiradi?

Davlat organlari axborot tizimlari, tarmoq va hududiy tizimlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlari.

200

Kiber huquq predmeti doirasiga qaysi ijtimoiy munosabatlar kiradi?

Kiber huquq quyidagi munosabatlarni qamrab oladi:

internetdan foydalanish

shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

elektron tijorat

kiberjinoyatlar

davlat axborot tizimlari

sun’iy intellekt va algoritmik boshqaruv

kiberxavfsizlik

200

Kiber vestfalizatsiya deganda nima tushuniladi?

Virtual makonga o'z chegaralarini chizish degan manoni anglatadi kiber vestfalizatsiya tushunchasi CHikago universiteti professori Jek Goldsmit hamda Kolumbiya universiteti professori Tim vuning "Internetni kim boshqaradi asarida" takidlab o'tilgan.(Kiber huquqi [Abduhakimov I. 2025 qo'llanma kitobi 44-bet])

200

Ochiq kodli (open source) dasturiy ta’minot raqamli suverenitetni qanday mustahkamlaydi?


chet elga bog‘liqlikni kamaytiradi

xavfsizlikni oshiradi

milliy dasturchilar rivojlanadi

200

Qanday axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklangan hisoblanadi?

Davlat sirlari, maxfiy axborot yoki mulkdor tomonidan foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan resurslar cheklangan hisoblanadi.

200

Milliy axborot tizimi qanday mablag‘lar hisobidan yaratiladi?


Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.

300

Texnik tartibga solishning an’anaviy huquqiy tartibga solishdan farqi nimada?


An’anaviy tartibda:

qonun yoziladi

keyin ijro qilinadi

Texnik tartibda esa:

tizimning o‘zi cheklaydi

huquqbuzarlikka imkon bermaydi

300

“Ma’lumotlar suvereniteti” (data sovereignty) tushunchasi nimani bildiradi?


Ma’lumotlar qaysi davlat hududida saqlansa, o‘sha davlat qonunlariga bo‘ysunishini anglatadi.

300

Raqamli suverenitetni haddan tashqari kuchaytirish qanday xavflarga olib kelishi mumkin?

internet erkinligining cheklanishi

senzura kuchayishi

xalqaro izolyatsiya

innovatsiya pasayishi

300

Axborotdan hosila axborot yaratishda qanday talab mavjud?

Axborot manbai albatta havola etilishi shart.

300

Qaysi texnika vositalari majburiy sertifikatlashtiriladi?

Davlat sirlari yoki maxfiy axborot bilan ishlaydigan axborot tizimlarining texnika vositalari va muhofaza vositalari.


400

Lourens Lessigning “Kod – bu qonun” nazariyasining mazmuni nimadan iborat?


Lessingning fikricha, kibermakonda inson xulq-atvorini faqat qonun emas, balki texnologik kod ham boshqaradi.

Masalan:

saytga kirishni parol cheklaydi

platforma qoidalari erkinlikni belgilaydi

algoritm kimni bloklashni hal qiladi

Demak, kod — tartibga soluvchi kuch.

400

“Splinternet” nazariyasi nimani ifodalaydi?

Internetning yagona global makon bo‘lishdan chiqib, davlatlar bo‘yicha bo‘linib ketishini anglatadi.

400

Elektron raqamli imzo (ERI) qanday huquqiy funksiyalarni bajaradi?


shaxsni tasdiqlaydi

hujjat haqiqiyligini kafolatlaydi

yuridik kuch beradi

400

Shaxs o‘zi haqidagi ma’lumotlarga nisbatan qanday huquqlarga ega?

U mazkur ma’lumotlardan erkin foydalanish va ularning to‘g‘riligi hamda to‘liqligini ta’minlash uchun aniqlik kiritish huquqiga ega.

400

Axborot tizimlari o‘rtasida tarmoqlararo bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?

Mulkdorlar o‘rtasidagi shartnoma asosida va maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda.


500

Frank Isterbrukning “Ot huquqi” (Law of the Horse) tanqidining mohiyati nimada?

Isterbruk kiber huquqni alohida soha qilishga qarshi bo‘lgan.

U aytgan: “Ot huquqi degan soha bo‘lmaganidek, internet huquqi ham bo‘lmasligi kerak”.

Ya’ni u internetdagi muammolarni mavjud huquq tarmoqlari (fuqarolik, jinoyat) orqali hal qilish mumkin deb hisoblagan

500

Raqamli suverenitetni huquqiy tabiatini tahlil qilganda u 3 ta qatlamdan iborat murakkab konstruksiya ekanligi takidlanadi siz manashu qatlamlarni birma bir sanab izohlab bering?

qatlamlar uchta yani: jismoniy , mantiqiy , kontent

jismoniy qatlamdagi suverenitet - bu davlat hududidagi telekomunikatsiya tarmoqlari , serverlar , optik tolali kabellar va ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari ustidan yuisdiksiyani anglatadi.

Mantiqiy qatlamdagi suverenitet ancha murakkab bo'lib , u dastur taminot, algoritmlar ,shriftlash standartlari va internet protokollari ustidan nazoratni nazarda tutadi.Agar davlat o'z boshqaruv tizimida to'liq xorijiy dasturiy taminotdan foydalansa , mantiqiy suverenitetga ega emas , chunki "o'chirish tugmasi" yoki yashirin eshiklar orqali tizim tashqarida boshqarilishi mumkun.

kontent qatlam davlatning axborot oqimini tartibga solish , noqonuniy ma'umotlarni tarqalishining oldini olish va milliy axborot makonini mafkuraviy hamda psixologik hujumlardan himoya qilish huquqini ifodalaydi.

500

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun MAI obyektlari egalariga qanday majburiyatlar yuklaydi?

MAI egasi:

xavfsizlik choralarini ko‘rishi

audit o‘tkazishi

kiberhujumlar haqida xabar berishi

davlat talablariga rioya qilishi shart.

500

Veb-sayt egasi qanday axborotni joylashtirishga yo‘l qo'yilmaydi?

Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat, terrorizm, ekstremizm, davlat sirlarini oshkor etish, adovat qo‘zg‘ash, pornografiya, giyohvandlik targ‘iboti va boshqa noqonuniy axborotlarni tarqatishga yo‘l qo‘ymasligi shart.


500

 Davlat sirlari mavjud tizimlarni muhofaza qilish tartibini kim belgilaydi?

Vazirlar Mahkamasi.

M
e
n
u