Siyosatchi bo'lishiga qaramay, 1953-yilda adabiyot bo'yicha Nobel olgan ushbu yozuvchi Tarixiy va biografik tasvirlardagi yuksak mahorati hamda insoniy qadriyatlarni himoya qiluvchi porloq notiqligi uchun olgan.
1962-yilda ekranlashtirilgan ushubu filmda asosiy rol Attikus Finch rolini Gregory Pek o'ynagan. Qaysi film?
Mazaxchini o'ldirish (To kill a Mockingbird)-Harper Li
Asosiy rollarni Marlon Brondo, Al Pachino va Jeyms Kaanlar ijro etgan ushbu film Oscar mukofotiga sazovor bo'lgan va asardan ko'ra mashhurlikka erishgan. Qaysi film?
Cho'qintirgan ota (Mario Pyuzo)
Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub boʻlib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgan 1921—1925 yillarda Boku dorulmualliminida oʻqigan. Keyin Dogʻistonning Darband, Boʻynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Ushbu ma'lumotlar kim haqida?
Maqsud Shayxzoda
O'limdan keyingi hayotni ajoyib va aniq ko'rsatib bergan ushbu ijodkor 1265-yil Italiyaning Florensiya shahrida dunyoga kelgan. Ushbu ijodkorni topgan bo'lsangiz uning o'limdan keyingi hayot haqida yozgan eng mashhur asarini ayting.
Ilohiy komediya (Dante Allegri)
O‘z ona shahri g‘amgin ruhi izidan borar ekan, u madaniyatlarning to‘qnashuvi va o‘zaro qorishib ketishining yangi timsollarini kashf etganligi uchun ushbu Turkiyalik yozuvchi 2006-yilda Nobel mukofotini qo'lga kiritgan.
Orhan Pamuk
5ta yo'nalishda Oscarga sazovor bo'lgan ushbu filmda asosiy rollarni Entoni Hopkins va Jodi Foster o'ynashgan va asosiy obrazlarni yangi darajaga olib chiqishgan. Film 1991-yilda ekranlashtirilgan. Qaysi film?
Qo'zichoqlar sukunati (Tomas Harris)
Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng 1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1943—1945 yillarda Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan. Ushbu ma'lumotlar kim haqida?
Asqad Muxtor
Yevropada romantizmning yirik namoyandalaridan biri bo'lgan ushbu nemis yozuvchisi 1749-yilda Frankfurtda dunyoga kelgan. Uning eng mashhur asari esa doktorga bag'ishlangan. ushbu ijodkor kim?
Yoxan Volfgang fon Gyote (Doktor Faustus haqidagi "Faust" asari)
Unutilgan tarix yuzini tasvirlovchi shoʻx va qora ertaklari orqali mashhur boʻlgan ushbu nemis yozuvchisi 1999-yilda mukofotni qo'lga kiritgan.
Gyunter Grass
2007-yilda ekranlashtirilgan film kitobi kabi osmonlarga uchib ketmagan bo'lsa ham, yaxshi taasurot qoldirgan. filmda asosiy rolni Xolid Abdulla o'ynagan. Qaysi film?
Shamol ortidan yugurib. - Xolid Husayniy
Robert Zameskis suratga olgan 1994-yilgi film muvaffaqiyatga erishib, 6ta yo'nalishda Oscarga sazovor bo'lgan. Dunyo bo'yicha mashhurlikka erishgan filmlar qatoriga kiradigan ushbu filmdagi asosiy qahramon boshdan kechirganlarini hikoya tarzida aytib beradi. Qaysi film?
Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi. Ushbu inson kim?
Mirkarim Osim
Ko'pchiligimga Wednesday filmi orqali tanish bo'lgan ushbu inson amerikalik mashhur detektiv asarlar yozuvchisi hisoblanadi. Uni kimligini topish uchun sizlarga qarg'a yoki lag'monxona yordam berishi mumkin. Ushbu yozuvchi kim?
Edgar Allan Po
Asarlaridagi kuchli hissiyotlari uchun 2016-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini aynan ushbu britan-yapon yozuvchisi qo'lga kiritgan
Kazuo Ishiguro
Ushbu mashhur fransuz asarining bir nechta animatsion versiyalari mavjud. Rejissyor Mark Ozborn tomonidan yaratilgan animatsiyada asosiy qahramonga ovozlarni Makkenzi Foy hamda Reychel Makadamslar berishgan. Qaysi asar animatsiyasi haqida gap ketmoqda?
Kichkina shahzoda - Antuan de Sent Ezyuperi
Ochlik o'yinlari (Hayot-mamot o'yinlari) (Syuzanna Kollins)
Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. Ushbu inson kim?
Muhammad Rizo Ogahiy
Adabiyot bo'yicha Nobel laureyati bo'lgan ushbu inson qora tanllar orasida birinchi ayol bo'lgan. Uning "Sevikli" (Beloved) asari eng mashhur asarlardan biri sanaladi. Ushbu yozuvchi kim?
Toni Morrison
Tarixiy jarohatlarni fosh qiluvchi va inson hayotining nozikligini ochib beruvchi chuqur poetik nasri uchun ushbu Janubiy Koreyalik yozuvchi 2024-yilda Nobelni qo'lga kiritgan.
Han Kang
Apokaliptik janrda yozilgan Kormak Makkartining ushbu asari ekanizatsiyasi kitob kabi mashhurlikka erisha olmagan. filmda asosiy rol Vagabondni Gay Pirs ijro etgan. Qaysi film?
Yo'l. (The Road) - Kormak Makkarti
Ushbu filmning asar shakli 2005-yilda nashr etilishi bilan yoshlarning eng sevimli asarlaridan biriga aylangan. Stefani Meyer roziligi bilan 2008-yilda ekranlashtirilganda kitobidan ko'ra mashhurlikka tezroq chiqqan. filmda asosiy rollarni Kriten Styuvard va Robert Pattinson ijro etgan. Qaysi film?
Zulmat ostonasidagi muhabbat (Sumerki) (Stefani Meyer)
Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Ushbu inson kim?
Shermuhammad Munis
Bu savolga javob topish uchun sizlarga 12 yil berilmaydi. Nyu Yorkda tug'ilgan ushbu yozuvchi o'zi haqidagi memuarni "12 yil qullikda" deb nomlagan. Ushbu yozuvchi kim?
Solomon Nortap (Northup)