tarixi va ta'limoti
Konfutsiylikka qachon asos solingan?
551-479-yillar
Konfutsiy qayerda tavallud topgan?
Xitoyning hozirgi Lu shahrida
Konfutsiylik ta’limoti qaysi qonunga asoslanadi?
“Li” (axloq va marosimlarga oid qonun–qoidalar majmui) qonuniga asoslanadi.
Konfutsiylik vakillari jannat va do‘zax, qayta tirilish kabi g‘aybiyotga ishonmasalar–da, “narigi dunyo” mavjudligini inkor etadilarmi?
Inkor etmaydilar.
"Tay-lyao" qanday marosim?
Qurbonlik marosimi
Konfutsiy qanday qilib uning shuhrati asta-sekin har tomonga yoyila boshlagan?
Dastlab o'zidan oldingi yashab o'tgan buyuk shaxslarning hikmatli so'zlarini sharhlash bilan shug'ullangan va bu orqali shuhrati yoyilgan.
Konfutsiy Xitoyning qaysi mavzesida vafot etadi va qaysi daryo yaqiniga dafn etiladi.
Suy–fu mavzesida vafot etib Sze daryosi yaqinida dafn etiladi.
“Li” qonunining hozirgi asosiy ma'nosi nima?
axloq va marosimlarga oid qonun–qoidalar majmui
Konfutsiy o‘zini “din asoschisi” deb hisoblaganmi?
yo'q hisoblamagan
“Men qadimgilarni sevuvchi va ularning bilimlarini qo‘lga kiritish uchun bor kuchini sarflovchiman” deb kim aytgan?
Konfutsiy
“Syao” ta'limoti nima deb yuritiladi?
Kattalarga nisbatan hurmatli bo‘lish va bo‘ysunish
Vafotidan so‘ng uning nomi yanada mashhur bo‘lib ketib, asta–sekin odamlar uning qabri joylashgan hududga ko‘chib kela boshlaydilar va natijada nima vujudga keladi?
Kung qishlog‘i vujudga keladi.
“Li” atamasi dastlab diniy marosimlarga nisbatan ishlatilgan bo'lib qanday ma'noni bildiradi?
“Qurbonlik qilish”, “o‘zini qurbon qilish” ma’nolarini anglatgan.
1912-yilgacha Xitoy Imperatorligi yilda ikki marta Konfutsiyga atab hadya va qurbonliklar taqdim qilib kelgan.Qaysi fasllarda?
bahor va kuz
Konfutsiydan: “O‘lim nima?” – deb so‘rashganida u nima degan?
U: “Biz tiriklik nima ekanini bilmaymiz–u, o‘lim nima ekanini qayerdan ham bilar edik”, – deb javob bergan.
“Dunyodagi barcha mavjudot kabi insonning
taqdiri ham ... qudratga bog‘liq bo‘lgani uchun odamlarning oliyjanob yoki pastkashligi, yuqori yoki quyi tabaqaga mansubligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Podshoh–podshohligicha, fuqaro–fuqaroligicha, ota–otaligicha, farzand–farzandligicha qolishi kerak”.
Samoviy qudratga
Konfutsiy miloddan avvalgi 533-yilda qaysi podshohlikdagi Si oilasidan uylanadi va nechta farzandli bo'ladi?
Sun podsholigidagi Si oilasidan uylanib 2 ta farzand (1 o'g'il va 1 qiz)
“Li” ta'limoti qanday talqin etiladi?
Quyi tabaqaning yuqori tabaqaga bo‘ysunishi, ya'ni, farzandning ota–onaga, xalqning davlat rahbariga bo‘ysunishi deb talqin etiladi.
Nimaning natijasida Konfutsiylik falsafiy ta’limoti "din" sifatida talqin etila boshlaydi?
Konfutsiyning izdoshlari uning fikrlaridan ilhomlanib, unga muqaddas deb e’tiqod qilish darajasiga yetib borishlari natijasida
Xitoy xalqi qadimdan “Osmon xudosi”ga sig‘inib kelgani va urf–odatlarda ham samo, ya’ni osmonga alohida e’tibor berilgani bois Konfutsiy uni asosiy “Iloh” sifatida ulug‘lab, nima deb ataydi.
Tyan (“Tiyen”) deb ataydi.
Konfutsiyning qabri yonida ta’limot tarafdorlari ilmiy majlis va bahs–munozara olib borganlari sababli, keyinchalik bu joy nimaga aylanadi?
muqaddas ziyoratgoh va ibodatxonaga aylanadi.
Konfutsiy o'zi bosib o'tgan umriga nazar solib, u haqida shunday deydi: 15 yoshda ... , 30 yoshda ... , 40 yoshda ... , 50 yoshda ... , 60 yoshda ... , 70 yoshda ... ?
Men 15 yoshimda bor e'tiborimni faqat o'qishga qaratdim, 30 yoshda smustaqil fikrlaydigan bo'ldim, 40 yoshda shubha - gumonlar iskanjasidan qutuldim, 50 yoshimda Osmonning irodasini anglab yetdim, 60 yoshda haqni nohaqdan ajratishni o'rgandim, 70 yoshda qalbim amriga bo'ysundim va diniy marosimlarni bekamu - ko'st bajardim.
“Osmon xudosi” Tyan ilohi osmonda o'tirib nima vazifalarni bajaradi?
Yomon hukmdorlarni jazolaydi, yangi oilalar barpo qiladi va yaxshilarni mukofotlaydi.
Qaysi voqeadan so'ng Konfutsiyning nomi ham, ta’limoti ham butun Xitoyda ilohiylashtirilib, unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ladi?
195-yilda birinchi Xan podshohi Lyu Banning shaxsan o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab “tay–lyao” qurbonlik marosimini o‘tkazadi.
Shundan so‘ng.
Konfutsiy odamlar orasida qabih va gunoh ishlar ko‘payib ketsa, Osmonning g‘azabi kelib jazo sifatida ... yuboradi, gunoh ishlar jazosiz qolmaydi, yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo shu dunyoning o‘zida beriladi, shuning uchun yomon ishlarni darhol
to‘g‘irlash shart deb hisoblagan.
zilzila va vulqon yuboradi