Konsensus nima?
Tarmoq ishtirokchilarining kelishuvi
PoW mexanizmida asosiy ishtirokchi kim?
Miner
PoS tizimida kim bloklarni tasdiqlaydi?
Validator
51% hujum nima?
Tarmoqdagi ko‘pchilik nazorat kuchiga ega bo‘lishi
Blokcheyn raqamli iqtisodiyotda qanday imkoniyat yaratadi?
Shaffof va tekshiriladigan operatsiyalar
Blokcheynda konsensus nima uchun kerak?
Tranzaksiyalar holatini tasdiqlash uchun
Mining jarayonida qanday resurs ko‘p sarflanadi?
Elektr energiyasi va hisoblash quvvati
Staking nima?
Kriptoaktivlarni tarmoqda qatnashish uchun bloklash
Sybil hujumi nima?
Bitta ishtirokchining ko‘plab soxta identifikatorlardan foydalanishi
Smart-kontrakt nima?
Shartlari kod orqali avtomatik bajariladigan dastur
Markazlashmagan tarmoq deganda nima tushuniladi?
Boshqaruv yagona markazga bog‘liq bo‘lmagan tarmoq
Bitcoin PoW mexanizmini qachondan qo‘llay boshlagan?
2009-yildan
Ethereum PoS mexanizmiga qachon o‘tgan?
2022-yil 15-sentabr
Slashing nima?
Qoidabuzar validatorning staking aktivining bir qismini jazolash sifatida yo‘qotishi
Konsensus mexanizmi moliyaviy operatsiyalarda nimani ta'minlaydi?
Tranzaksiyalar bo‘yicha umumiy kelishuv
Miner va validator o‘rtasidagi farq nima?
Miner PoW hisoblashida qatnashadi, validator PoS orqali bloklarni tasdiqlaydi
PoW mexanizmining iqtisodiy kamchiligi nimada?
Yuqori elektr va texnik xarajatlar
PoS mexanizmining PoW ga nisbatan asosiy afzalligi nima?
Energiya sarfining ancha kamligi
Double Spending nima?
Bir aktivni ikki marta sarflashga urinish
PoS mexanizmi energiya xarajatlarini qanday kamaytiradi?
Murakkab mining hisoblashlariga ehtiyojni yo‘qotadi
Konsensus va tranzaksiyani tasdiqlash o‘rtasidagi bog‘liqlik nima?
Konsensus tarmoqning qaysi holatni haqiqiy deb qabul qilishini belgilaydi
PoW mexanizmida ikki miner bir vaqtning o‘zida yangi blok topganida tarmoqda qanday holat yuzaga kelishi mumkin?
Vaqtinchalik ikkita raqobatdosh blok zanjiri paydo bo‘lishi mumkin.
PoS mexanizmida validator o‘z vazifasini bajarmasa yoki tarmoq qoidalarini buzsa, qanday iqtisodiy oqibat yuz berishi mumkin?
Staking qilingan aktivining bir qismi slashing orqali jazolanishi mumkin.
Konsensus mexanizmida iqtisodiy rag‘bat nima uchun kerak?
Ishtirokchilarni halol ishlashga undash uchun
Ethereum blokcheyni Proof of Stake konsensus mexanizmiga qaysi yilda o‘tdi?
2022-yil (15-sentabr).