Mulk huquqi deganda nimani tushunasiz?
shaxsning o'z qarori asosida o'ziga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanishi, tasarruf etishi, hamda ushbu huquqni boshqa shaxslar tomonidan buzishga urinish bo'lganda, ushbu harakatlarni bartaraf etishni talab qilish huquqini o'z ichiga oladi.
O'zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyati qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi?
1) Siyosiy partiyalar to'g'risidagi Qonun
2) Siyosiy partiyalarning davlat tomonidan moliyalashtirish to'g'risidagi Qonun
3) Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to'g'risida Konstitutsiyaviy Qonun
Jurnalistning huquqlarini himoya qilishda qaysi qonunning roli katta?
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida Qonun
Subsidiya
davlat tomonidan qaytarib olmaslik shart bilan beriladigan pul yoki natural shakldagi yordam.
Qaysi holatlarda mulk huquqi bekor bo'ladi?
1) majburiyat bajarilishi natijasida
2) mulkdor tomonidan bir tomonlama qaror qabul qilish natijasida
3) sud qarori asosida olib qo'yilishi
4) mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga ko'ra bekor bo'ladi.
fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etuvchi asosiy 4ta institutni sanab bering
1) Jamoat birlashmalari
2) Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari
3) Nodavlat notijorat tashkilotlari
4) OAV
Senzura deganda nimani tushunasiz?
To'g'ri javob berdingiz.
Preferensiya
ma'lum bir soha uchun davlat tomonidan beriladigan, aniq manzilli xarakterga ega imtiyoz.
Yerni xususiy mulk sifatida fuqaroga tegishli bo'lishi ularga qaysi huquqlarni taqdim etadi?
1) yerni sotish
2) yerni hadya qilish
3) yerni ayirboshlash
4) garovga qo'yish
5) meros qilib qoldirish
fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati vakolatini tahlil qiling
Kons 148-modda, 36-modda, 49-modda
OAV hamda jurnalist qonun hujjatlarda ta'qiqlangan ma'lumotlarni e'lom qilsa qanday mamuriy javobgarlikka olib keladi?
MJTK "tuhmat" (40) "haqorat" (41) "fuqarolarga moddiy yoki manaviy zarar yetkazuvchi ma'lumotlar tarqatish" (46)
Natsionalizatsiya qilish
Xususiy mulkni davlat mulkiga o'tkazish. Muhim bo'lgan holatlarda maxsus normativ huquqiy hujjat asosida va tovon pulini to'lagan holda
Qaysi sifatlar orqali davlatni qulay investitsiya hamda ishbilarmonlik jihatidan baholashga asos bo'ladi?
1) mamlakatda tinchlikning barqarorligi
2) iqtisodiy sohani tizimli ravishda tartibga solish
3) xolis, mustaqil sud tizimining mavjudligi
4) halol raqobat qilish imkoniyati yaratilganligi
5) tadbirkorlik faoliyatida davlatning ruxsat berish funksiyasini qisqartirish
6) adolatli soliq tizimi
7) o'z mulkini erkin tasarruf etish qobilyati
mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish maqsadida foydalanish qaysi tuzilma tomonidan amalga oshiriladi?
Mahalla yettiligi
Bloger va jurnalistlarning asosiy farqlarini tushuntirib bering
Jurnalistlarning har bir axboroti tasdiqlangan faktga asoslangan
Blogerning posti esa faktlar bilan birga mustaqil fikri va o'z pozitsiyasi boladi
Javobgarlik masalasida Jurnalist tarqatgan malumotlari togriligi uchun javob bersa, bloger oddiy shaxs sifatida javobgar boladi.
Jurnalistning faoliyati shartnoma asosida professional yondashiladi. Bloger esa shartnomasiz o'z hobbysi sifatida shaxsiy fikrlarini berib boradi.
Fuqarolik jamiyati institutlari
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va marifiy maqsadlarga erishish, xayriya faoliyatini amalga oshirish hamda boshqa ijtimoiy foydali natijalarga erishishni ta'minlovchi o'zini o'zi boshqaruvchi demokratik institutlardir.
O'zbekistonda xususiylashtirib bo'lmaydigan obyektlar va mulklarga qaysilar kiradi?
1) portlash xavfi bo'lgan va zaharli moddalarni tashishga ixtisoslashtirilgan korxonalar
2) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari
3) sanitariya epidemiologiya stansiyalari, sud tibbiy ekspertiza markazi,
4) maxsus vazifalarni bajaruvchi korxonalar ( 15361 raqamli harbiy qism, Elektromagnit markazi)
5) Prezident qarori bilan boshqa davlat mulki ham bo'lishi mumkin.
nodavlat notijorat tashkilotlarning 4ta o'ziga xos belgilarini sanab bering.
1) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi
2) daromad olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmaydi
3) olinggan daromadlarni o'z qatnashchilari o'rtasida taqsimlamaydi.
4) o'zini o'zi boshqaruvga asoslanadi.
OAV va jurnalistik faoliyatga nisbatan to'sqinlik, jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir bo'lganda javobgarlik masalasi haqida sizning pozitsiyangiz qanday? (Jurnalist va oddiy shaxs o'rtasida)
Jurnalistga nisbatan qilingan jinoyatda javobgarlik kuchaytirilgan bolishi kerak , oddiy shaxsnikiga qaraganda. Chunki butun dunyoda asosan OAV sohasi vakillari kuchli bosim va tazyiqlar ostida faoliyat olib borishga majbur bo'lyapti.
Rekvizitsiya qilish
favqulotda holatlarda mulkni vaqtincha olib qoyish. mulkni qiymati to'lanadi yoki qaytarib berish sharti bilan olinadi.