Nazariya deganda nimani tushunasiz?
G'oya, fikr va bilimlarning tafakkur vositasida tizimli ifodalash.
Davlat va huquq nazariyasi nmalarni o'rganadi?
Davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyati va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini o'rganadi.Ta'rif nma haqida?
Davlat va huquq nazariyasi predmeti.
Har bir tarixiy davrda davlat va huquq tushunchasi qanday bo'lgan?
Har bir tarixiy davrda o'ziga xos ravishda tushunchalar paydo bo'lgan.
Nazariya qanday yo'l bilan shakllanadi?
Nazariya- voqea va hodisalarning jiddiy aloqalari hamda qonuniyatlarini ilmiy tahlil qilish va tafakkur qilish natijasida shakllanadi. U g'oya, fikr va bilimlarning tizimli ifodalanishidir.
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng davlat va huquq munosabatlarida qanday o'zgarishlar yuz berdi?
Yangicha qarash va yangicha yondashuv paydo bo'ldi.
Davlat va huquq nazariyasining yuridik fan sifatida nechta asosiy hususiyatga ega?
4 ta
Huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili nima?
Qonun ustvorligi.
Davlat va huquq nazariyasi nima uchun yuridik fanlar tizimida fundamental mavqe va nufuzga ega?
Chunku u, bir tomondan, ijtimoiy yo'nalish va mazmunga, ikkinchi tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini, ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish hususiyatiga ega.
Fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti sifatida nimalar e'tirof etiladi?
Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va huquqga hurmati.