Korreksion faoliyat nima?
Korreksion faoliyat — bu bolalardagi rivojlanish, nutq, xulq yoki o‘qishdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik hamda psixologik faoliyatdir.
Korreksion faoliyatning asosiy maqsadi nima?
Asosiy maqsad — bolaning mavjud kamchiliklarini tuzatish, rivojlantirish va jamiyatga moslashtirishdir.
Korreksion faoliyat kimlar bilan olib boriladi?
U asosan alohida yordamga muhtoj bolalar, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladi.
Korreksion faoliyatning vazifalari nimalardan iborat?
Kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish, bolaning qobiliyatini rivojlantirish va ijtimoiy moslashuvini ta’minlashdan iborat.
Korreksion faoliyatda qanday metodlardan foydalaniladi?
Suhbat, kuzatish, mashq, o‘yin, psixologik trening va maxsus pedagogik metodlardan foydalaniladi
Korreksion faoliyatning mazmun-mohiyati nimada?
Uning mazmun-mohiyati bolaning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish va uning imkoniyatlarini to‘liq rivojlantirishga qaratilganidadir.
Korreksion ishlarni kimlar amalga oshiradi?
Defektolog, logoped, psixolog, pedagog va tarbiyachilar amalga oshiradi.
Korreksion faoliyatning natijasi qanday bo‘ladi?
Natijada bolaning bilim olish qobiliyati, nutqi, xulqi va ijtimoiy faolligi yaxshilanadi.
Korreksion faoliyat nima uchun muhim hisoblanadi?
Chunki u bolalarning to‘laqonli rivojlanishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.