Kuvayt aholining asosiy dini qaysi?
Islom dini
Kuvayt erkaklar kiyadigan an’anaviy kiyim nima deb ataladi
Dishdasha
Kuvaytning eng mashhur zamonaviy me’moriy ramzlaridan biri nima?
Kuvayt minoralari
Quvayt O‘zbekiston mustaqilligini qachon tan olgan?
Quvayt Davlati O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar shakllanishiga zamin yaratgan.
2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi vazirlar darajasidagi yig‘ilishi qaysi shaharda bo‘lib o‘tdi?
Toshkent
Kuvaytda musulmonlar uchun Ramazon oyining ahamiyati nimada va bu oy davomida qanday asosiy ibodat bajariladi?
Ramazon — ro‘za, ibodat, sabr, saxovat va ma’naviy poklanish oyidir. Asosiy ibodatlardan biri tongdan quyosh botguncha ro‘za tutishdir.
Kuvaytda mehmonlar yegilib suhbatlashadigan an’anaviy majlis nima deb ataladi?
Dishaniya
Kuvaytning qadimiy tarix va arxeologiya bilan mashhur oroli qaysi?
Failaka oroli
O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasida diplomatik munosabatlar qachon o‘rnatilgan?
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 8-iyulda o‘rnatilgan. Bu sana O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining diplomatik munosabatlar ro‘yxatida ham ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi ikki davlat uchun qanday yangi imkoniyatlarni yaratdi?
Rasmiy siyosiy muloqot, diplomatik vakolatxonalar faoliyati, savdo, investitsiya, madaniy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari.
Kuvaytda musulmonlarning qaysi ikki asosiy yonalishi mavjud?
Sunniy, shia
Kuvaytning mashhur milliy taomi kopincha gosht yoki baliq bilan tayyorlanadi nomi nima?
Machboos
Kuvaytning islom san’ati, qo‘lyozmalar va tarixiy buyumlar kolleksiyasi bilan tanilgan muzeyi qaysi?
Tarek Rajab muzeyi
Ikki davlatning elchixonalari qachondan faoliyat yurita boshlagan?
Quvaytning O‘zbekistondagi elchixonasi 2001-yildan faoliyat yuritadi.O‘zbekistonning Quvaytdagi diplomatik vakolatxonasi 2004-yilda tashkil etilgan.
Kuvaytning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekistonning Kuvaytdagi diplomatik vakolatxonasi tashkil etilishi ikki tomonlama aloqalarning qaysi jihatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan?
Rasmiy muzokaralar, davlatlararo aloqalar, fuqarolar va diplomatik manfaatlarni himoya qilish, savdo va investitsiya aloqalari, rasmiy tashriflar hamda hamkorlik loyihalarini rivojlantirish.
Islomning Kuvayt jamiyatiga ta’siri qaysi uch sohada yaqqol korinadi?
Urf -odatlar, oilaviy qadriyatlar va ijtimoiy hayotda
Kuvaytning an’anaviy to‘qimachilik san’ati, jun va tolalarni qo‘lda to‘qish usuli nima deb ataladi?
Al- sadu
Kuvaytning tarixiy davlat inshootlaridan biri bo‘lgan, arab me’morchiligi bilan ajralib turadigan saroy nomi nima?
Seif saroyi
O‘zbekiston va Quvayt munosabatlarining rivojlanishida muhim bo‘lgan oliy darajadagi tashriflar qaysilar?
2004-yilda Quvaytga, 2008-yilda esa O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lgan.
1994-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi O‘zbekistonning tashqi siyosatida Arab davlatlari bilan aloqalarni kengaytirish uchun qanday ahamiyat kasb etgan?
Arab davlatlari bilan siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo, investitsiya, xalqaro hamkorlik va diplomatik aloqalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish.
Kuvayt Konstitutsiyasida Islom davlat dini deb belgilangan bo‘lsa-da, qonunchilik, diniy qadriyatlar va zamonaviy davlat boshqaruvi o‘rtasidagi munosabat qanday ifodalanadi?
Konstitutsiyaning 2-moddasida Islom davlat dini va shariat qonunchilikning asosiy manbasi deb belgilangan. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi boshqa konstitutsiyaviy moddalar, institutlar va qonunlar orqali ham tartibga solinadi. Bu diniy asoslar va zamonaviy konstitutsiyaviy boshqaruvning birgalikda ishlashini anglatadi.
Neftdan oldingi davrda Kuvayt iqtisodiyoti va madaniyatining shakllanishiga katta ta’sir qilgan ikki asosiy faoliyatni ayting.
Dengiz savdosi va marvarid ovlash
Kuvayt tarixida dengiz savdosi va marvarid ovlash nima sababdan muhim bo‘lgan?
Neft davridan oldin ular aholi daromadi, savdo aloqalari va iqtisodiyotning muhim manbalari bo‘lgan.
O‘zbekiston va Quvayt xalqaro tashkilotlar doirasida ham hamkorlik qiladimi?
Ha. Ikki mamlakat xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham o‘zaro hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng, ikki davlat hamkorligini rivojlantirish uchun qaysi sohalar muhim bo‘lgan?
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, siyosiy muloqot va madaniy aloqalar.