Leksikologiyaning obyekti nima?
tilning lug‘at boyligi
Tilning lug‘at boyligi tilshunoslikda qanday nomlanadi?
Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi.
Lesika tarkibiga nimalar kiradi?
1. So'zlar.
2. Frazemalar.
Leksikologiyaning pradmetini ayting
Lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy хususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish.
Leksikologiyaning maqsadi nima?
Leksikologiyaning obyekti va predmeti haqida mustahkam bilimni shakllantirish
Leksikologiyaning turlari nechta?
5 ta
Umumiy leksikologiya nimani o'rganadi?
Barcha tillarning lug‘at boyliklaridagi umumiy holatlar, bu tizimlarning taraqqiyotini belgilovchi umumiy qonuniyatlar ko‘riladi.
Хususiy leksikologiya
Muayyan bir tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi: o‘zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi.
Xususiy leksikologiyaning turlarini ayting
1. Tarixiy
2. Tavsifiy
Leksikologiya qaysi fanlar bilan aloqador?
Semasiologiya. Etimologiya. Onomasiologiya. Frazeologiya.Fonetika-fonologiya. Grammatika. Dialektologiya. Uslubshunoslik. BMLT. Sotsiolingvistika. Nutq madaniyati.
Leksemaning mazmun jihati nimdan tashkil topadi?
Leksemaning mazmun jihati ancha murakkab bo'lib, uning asosini leksik ma’no tashkil qiladi.
Leksik ma'no nima?
Leksemaning voqelikka nisbat beriladigan lug`aviy mazmuniga leksik ma`no deyiladi
Leksik ma’no qanday ma'no?
Leksik ma’no leksemaning lisoniy ma’nosidir.
Fonetik so‘z nima?
So'zning tashqi ko'rinishi nomemasi
Denotat, referent nima?
Fonetik so‘z tomonidan nomlangan voqelik (predmet, hodisa, tushuncha)
Leksemaning mazmun jihati (semantik tarkibi)da qanday hodisa farqlanadi:
1.Leksik ma’no. 2. Baho semalari
Signifikat nima?
Fonetik so‘z tomonidan ifodalangan ma’no
Uzual ma’no nima?
Uzual ma'no leksemaning mazmun mundarijasida bor bo’lgan leksik ma’nodir.
Okkazional ma’no nima?
Leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo’lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nodir.
To'rt leksemasining bosh na ko'chma ma'nosini izohlang
Uch bilan besh oralig`idagi miqdor ma’nosini
qosh so'zining bosh va ko'chma ma'nosini ayting
Kishi tana a’zolaridan birining nomi. Qovoq ustini qoplab turadigan zich o'siq tuklar.
kun so'zining bosh va ko'chma ma'nosini ayting
Sutkаning quyosh chiqqаndаn quyosh bоtgunchа bo’lgаn qismi
Ko’tаrmоq leksemasining bosh va konnotativ ma'nosini ayting
1) yеrdаn yoki yotgаn jоyidаn yuqоri tоmоn uzib оlmоq (tоshni ko’tаrmоq);
2) yеrdаn uzilgаn hоldа o’zidа (qo’lidа) tutmоq (pоrtfеl ko’tаrmоq, bоlа ko’tаrmоq);
3)yuqоri (bаlаnd) hоlаtgа оlmоq (bоshini ko’tаrmоq, qo’lini ko’tаrmоq);
4) dаrаjаsini, kuchini оshirmоq (оvоzini ko’tаrmоq);
5) chidаmоq, bаrdоsh bеrmоq (g’аm-tаshvishni ko’tаrmоq, оpеrаtsiyani ko’tаrmоq) vа bоshqаlаr.
Kuz leksemasining bosh va ko'chma ma'nosini izohlang
Yoz bilan qish fasli o'rtasidagi fasl ma’nosini
Ko'z leksemasining bosh va ko'chma ma'nolarini izohlang
Ko'z - Bosh ma’nosi - qarash, ko’rish a’zosi
Ko'chma ma'nosi - Tizzaning ko’zi, Коленная чашечка
Taxtaning ko’zi, Сучок в доске
Buloqning ko’zi, Место, откуда бьёт родник
Ignaning ko’zi, Ушко иглы
Uzukning ko’zi, Камень в кольце
derazaning ko’zi, Отдельное стекло окна