Xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiya
Iqtisodiyot va resurslar
Geosiyosiy Raqobat (Tashqi kuchlar)
Qiziqarli ma'lumotlar
Zakovat savollari
100

Ehsonni davom etiramiz

Keyingisi siz bo'lishiz mumkin!

Bonus

100

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 20 ta davlat (G20) qatoriga Lotin Amerikasidan qaysi uch davlat kiradi?

Braziliya, Meksika, Argentina

100

Janubiy Amerika qirg‘oqlariga yaqin joylashgan, 1982-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida qonli urushga sabab bo‘lgan, hozirda ham London nazorati ostida qolayotgan va NATOning Janubiy Atlantikadagi eng yirik harbiy bazasi (Mount Pleasant) joylashgan hudud qanday nomlanadi?

Folklend orollari

100

Lotin Amerikasi tarifi (BONUS savol)

...

100

Issiq kunlarda salqingina 

Bonus 

200

2011-yilda tashkil etilgan, tarkibiga AQSH va Kanadani kiritmagan barcha Amerika davlatlarini birlashtiruvchi tashkilot qanday nomlanadi?

CELAC (Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyati)

200

Suv bormi kimdadir?

Bonus

200

2024-yilda BRICS tashkilotiga a'zo bo'lish taklifini rad etgan Lotin Amerikasi davlati?

Argentina

200

Dunyodagi eng balandda joylashgan poytaxt shahar (La-Pas) aynan shu davlatda. Qiziqarli tomoni shundaki, bu davlat Janubiy Amerikadagi dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan ikki davlatdan biri bo‘lsa-da, uning ramziy ma’noda o‘zining Harbiy-dengiz floti (Armada) va dengizchilari bor. Ular har yili "Dengiz kuni"ni bayram qilib, yo‘qotilgan qirg‘oqlarini qaytarishni orzu qilishadi. Bu qaysi davlat?

Boliviya

200

Otto fon Bismark, Margerit Tetcher, fidel kastro. Yuqoridagi nomlarni "26 " birlashtirib turadi. Bismarkning " 26 " laqabini olishi uning o'ta qattiqqoʻlligi, Margaret Tetcher intizomliligi, Fidel kastro esa ko'plab suiqasdlardan tirik chiqqani sabab bo'lgan. Aytingchi biz yuqorida 26 sonini qaysi so'z bilan almashtirdik?

Temir

Izoh Otto fon Bismark "Temir kansler", Margerit Tetcher " Temir Xonim" , Fidel kastro esa "Tarix temiri" Laqabini olgan Davriy sistemasining 26 chi elementi ham temir hisoblanadi.

300

Venesuela tashabbusi bilan shakllangan, AQSH gegemonligiga qarshi qaratilgan "Bolivar ittifoqi"ning qisqartma nomi?

ALBA

300

2000-yilda o'z milliy valyutasidan voz kechib, AQSH dollarini rasmiy to'lov vositasi sifatida qabul qilgan ilk Janubiy Amerika davlati?

Ekvador

300

Amerikasining qaysi uch davlati global litiy zaxiralarining 50% dan ortig'iga egalik qiladi va "Litiy uchburchagi" deb ataladi?

Argentina, Boliviya, Chili

300

Lotin Amerikasining bu davlati jahon siyosatida o‘zining "Armiyasiz mamlakat" maqomi bilan mashhur. 1948-yilda ular barcha harbiy xarajatlarni to‘xtatib, o‘sha mablag‘ni ta’lim va ekologiyaga yo‘naltirishgan. Bugungi kunda bu davlat mintaqadagi eng tinch va "yashil" mamlakat hisoblanib, u yerda ko‘plab xalqaro tinchlik tashkilotlari joylashgan. Bu qaysi davlat?

Kosta-Rika

300

Kuba davlatining doʻkonlar peshtaxtalarida rasmiy ravishda Uni topa olmaysiz. U Ozodlik orolida 1962-yildan beri sotilmaydi. U, dastlab, alkogolni o‘rnini bosuvchi va dori sifatida ishlab chiqarilgan. Uning 0, olcha, vanil nomli turlari ham bor. Savol: IKS o‘rnidagi mahsulotni yozib bering

Coca Cola

400

Meksika o'z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun AQSH va Kanada bilan birgalikda tuzgan dunyodagi eng yirik Erkin savdo hududi (shartnomasi) qanday nomlanadi? (Hamma uni "Shimoliy Amerika ittifoqi" deb ham biladi).

USMCA (eski nomi NAFTA)


400

Dunyodagi har qanday Fast-food (masalan, McDonald's) tarmog‘iga kirsangiz, u yerdagi qovurilgan kartoshka yoki burgerlar uchun ishlatiladigan O‘simlik yog‘i (Soya yog‘i) ning eng katta qismi aynan shu davlatdan keladi. Bu davlat dunyoda Soya eksporti bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘lib, uning "Soya dalalari" shunchalik ulkan. Bu qaysi Lotin Amerikasi giganti?

Braziliya 

400

Rossiya va Eron bilan harbiy-siyosiy yaqinligi tufayli AQSH tomonidan "Yovuzlik uchligi" (Troika of Tyranny) deb ataluvchi davlatlar guruhi?

Kuba, Venesuela, Nikaragua

400

Bu prezident nafaqat mamlakatni boshqaradi, balki dunyoda birinchi bo'lib Bitkoinni davlatning rasmiy valyutasi deb e'lon qildi va o'zini Twitter (X) sahifasida "Dunyodagi eng zo'r diktator" deb hazillashib atadi. U kim (qaysi davlat prezidenti)?

Nayib Bukele (Salvador prezidenti)

400

Bu odam o'ldirilgach uning shaxsiy hayvonot bog'idagi qarovsiz qolgan 4 ta begemot qochib ketadi. Tarixdan Lotin Amerikasi yerlarida hech qachon yashamagan begemotlar hozirda 90 taga yaqinlashgan. Meros qolgan bu hayvonlarga "kokain begemotlari" nomi berilgan. Savol ushbu hayvonlar kimga tegishli boʻlgan

Pablo Escobar

500

Dunyodagi eng yirik savdo yo‘li bo‘lgan Panama kanali AQSH nazoratidan chiqqach, Xitoy va Rossiya ko‘magida unga raqobatchi sifatida "Ikkinchi transokean kanali" loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyiha nafaqat iqtisodiy, balki AQSHning mintaqadagi harbiy ustunligiga zarba beruvchi eng yirik integratsion loyiha deb ataldi. Bu ulkan kanal qaysi davlat hududidan o‘tishi rejalashtirilgan edi?

Nikaragua

500

Dunyo bozorida yuqori texnologiyalar (raketa dvigatellari, MRI apparatlari va poyezd relslari) uchun o'ta muhim bo'lgan va "Moviy oltin" deb ataluvchi Niobiy metallining qariyb 90% ulushi faqat bitta Lotin Amerikasi davlati hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu strategik resurs ustidan dunyoda mutlaq monopoliyaga ega davlat qaysi?

Braziliya 

500

Janubiy Amerikaning bu hududi qit’adagi yagona mustamlakachilik asorati hisoblanib, u bir vaqtning o‘zida ham Fransiya departamenti, ham Yevropa Ittifoqining bir qismi sanaladi. Aynan shu yerda Yevropaning asosiy kosmodromi (Kourou) joylashgan bo‘lib, u yerdan Rossiyaning "Soyuz" raketalari ham uzoq vaqt davomida uchirilgan. Bu "Yevropaning Janubiy Amerikadagi darvozasi" deb ataluvchi hudud qanday nomlanadi?

Fransiya Gvianasi 

500

2023-yilda Braziliya prezidenti Lula da Silva va Argentina hukumati mintaqaviy integratsiyani mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish uchun "SUR" (ispanchada "Janub") deb nomlangan loyihani taqdim etishdi. Agar bu loyiha to‘liq amalga oshsa, Lotin Amerikasi AQSH dollariga qaramlikdan qutiladi va Yevropa Ittifoqidagidek  nimaga ega bo‘ladi?

Yagona mintaqaviy valyuta (Yoki Lotin Amerikasi umumiy pul birligi)

500

Lotin Amerikasining baʼzi mamlakatlari ertaklarida “El Ratón de los Dientes” [el raton de los DENTES] nomli qahramon uchraydi. Bu qahramon Uning anologi hisoblanadi. Bir nechta stomatologiya muassasalari nomida ham Uni koʻrish mumkin. Savol: Uni ikki soʻzda aytib bering.

Tish farishtasi

M
e
n
u