Birinchi Renessans Markaziy Osiyoda qaysi asrlarda yuz bergan?
IX–XII asrlarda.
Musulmon dunyosida «Hadis ilmining sultoni» deb e’tirof etilgan alloma kim?
Imom Buxoriy
O’zbekistonda Badiiy akademiya qaysi yilda tashkil etilgan?
1997-yilda
Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda qancha millat va elat vakillari yashagan?
120dan ortiq millat va elat vakillari
2007-yilda Toshkentga qanday xalqaro maqom berilgan?
Islom madaniyati poytaxti
Ikkinchi Renessans qaysi tarixiy davr bilan bog‘liq?
XIV–XV asrlar, Amir Temur va temuriylar davrida.
2017-yil 27-martda kimning 100yilligi nishonlangan?
Sharof Rashidov
2000-yilda san’at sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday mukofot ta’sis etilgan?
“Nihol” mukofoti
Respublika Millatlararo madaniyat markazi qachon Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirilgan?
1992-yil, yanvarda
Qaysi shaharlar Xuroson va Movarounnahrning madaniy yuksalishida muhim o‘rin tutgan?
Samarqand, Buxoro, Marv va Urganch
Birinchi va Ikkinchi Renessansning umumiy jihati nimada?
Har ikki davrda ilm-fan va madaniyat yuksalgan.
“Fozil inson” ta’limotiga kim asos solgan?
Forobiy
“O’zbekkino” milliy agentligi qachon tashkil etildi?
2004-yil
Darslikda O‘zbekistonda nechta diniy konfessiya ro‘yxatga olingani ko‘rsatilgan?
17ta
Yevropada “Alfraganus” nomi bilan tanilgan, astronomiyaga oid asarlari G‘arbda ham o‘rganilgan olim kim?
Al-Farg’oniy
Temuriylar davri me’morchiligining uchta mashhur namunasini ayting.
Jome masjidi, Shohizinda va Go‘ri Amir.
“Ma’mun akademiyasi”da ijodiy faoliyat olib borgan 4ta olimni sanang.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Sahl Masihiy, Al-Xo’jandiy, Abu Mansur as-Saolibiy.
Mustaqillik yillarida bir necha karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’lgan yagona sportchi kim?
Artur Taymazov
“Millatlararo totuvlik O’zbekistonning dushmanlari ko’ra olmaydigan eng katta boyligidir”, so’zlari kimga tegishli?
Islom Karimovga
Naqshbandiya tariqatining asoschisi kim?
Abduxoliq G’ijduvoniy
Bugungi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish qaysi yo‘nalishlarga tayanadi?
Ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar.
XIV-XVI asrlard o’zbek davlatining harakat dasturi va amaliyotiga aylangan g’oya, iqtibosni ayting.
“Kuch-adolatda”
Sovet davrida yurtimizda shaxmat bo’yicha nechta grossmeyster tayyorlangan?
1 ta
Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar nima deb ataladi?
Prozelitizm
1994-yil — …….(1) yili, 1996-yil — ……(2) yili deb e’lon qilingan. Nuqtalar o’rniga so’z qo’ying.
1-Ulug’bek;
2-Amir Temur