Majhul roviylar
Mubham roviylar
Muhmal roviylar
Shoz rivoyatlar
Illatli hadislar
100

Xatib Bag'dodiy aynan qanday kishini "majhul roviy" deb tariflaganlar.

Hadis talabida mashhur boʻlmagan yoki muhaddislar “ilm ar-rijol” kitoblarida qayd etmagan va rivoyatlari faqat bir roviy tomonidan naql qilingan kishini

100

Muhaddisklar qanday holatda mubham roviylar rivoyati qabul qilinishini aytganlar?

“mubham” roviy sahobiylardan boʻlsa hamda sanadda bunga dalolat qiluvchi “sahobalardan boʻlgan bir kishidan”, “Nabiy (s.a.v.)ni eshitgan bir kishidan” kabi qayd mavjud boʻlsa, bunday rivoyatlar qabul qilinaverishini taʼkidlaganlar.

100

Muhmal roviylar deb kimga aytiladi?

Roviy hadis isnodida oʻz shayxining ismini zikr qilsa-da, uning nasabini qayd qilmaydi

100

"Shoz" so'zining lug'aviy va istilohiy manosi nima?

“yolgʻiz”, “jamoadan ajralib qolgan”

Istilohda “siqa” roviyning rivoyatda oʻzidan koʻra ishonchliroq boʻlgan kishiga xilof qilishiga nisbatan ishlatiladi.

100

Muhaddislar "illat" hadis atamasini nimaga nisbatan qo'lllaydilar?


Zohirida sahih koʻringan hamda sanad yoki matnida ushbu sahihlikka putur yetkazadigan yashirin sabab boʻlgan rivoyatlarga

200

"Majhul al-ayn"roviyning rivoyati qaysi holatlarda qabul qilinishi aytilgan? 

1. U roviyni undan hadis rivoyat qilmagan boshqa bir kishi ishonchli, deb baholagan boʻlsa 

2. U roviydan rivoyat qilgan kishi “jarh va taʼdil” olimlaridan hisoblansa, “majhul”ligiga qaramay, uning rivoyatlari qabul qilinadi. 

3.naql qiluvchi kishi faqatgina ishonchli roviylardan rivoyat qilishi bilan tanilgan boʻlsa ham 

200

Agar tobeinning ayni isnoddagi “mubham” sahobiydan hadis eshitgani toʻgʻrisidagi ishonchli qayd mavjud boʻlsa, unsda sanad nima bo'ladi

Muttasil

200

"Muhmal" ning lug'aviy ma'nosi nima?

“e’tiborsiz qoldirilgan, to‘liq aniqlanmagan,"

200

“shoz”ni “siqa” roviyning boshqa shu kabi roviylar tomonidan rivoyat qilinmagan hadisiga nisbatan qoʼllagan shaxs kim ?

Hokim Naysoburiy

200

Hadisda illat mavjudligining belgilari qanday?

-roviyning hadis rivoyatida yolgʻizlanib qolishi.

-muxolafa, yaʼni roviyning rivoyatda boshqa roviylarga ixtilof qilishi 


300

"Majhul al-ayn" , "Majhul al-hol" , "Majhul al-adolati botina " deb kimlarga aytilgan?

Undan faqat bir roviy hadis naql qilgan hamda biror muhaddis-roviy ishonchli deb baholamagan kishi "majhul al ayn"

Ikki yoki undan koʻp roviy tomonidan rivoyatlari naql qilingan, ammo ishonchli ekani qayd qilinmagan roviyni "Majhul al-hol" 

Zohirda adolatli boʻlib koʻringan, ammo botinda ham shunday ekani tasdiqlanmagan roviy "Majhul al-adolati botina "

300

Mubham roviylar deb kimlarga aytiladi

hadis isnodida roviyning ismi zikr qilinmay “bir kishi aytib berdi”, “bir kishidan”, “falonchidan” tarzida naql qilinganda

300

Muhaddislar "Zoida"i muhmal bolganda u kim deb hisoblashadi

Zoida ibn Qudoma

300

“Muhammad (s.a.v.) davrida bir odam vafot etib, oʻzidan voris qoldirmadi…” deyilgan hadisda Ibn Uyayna va Hammod ibn Zaydningrivoyatidagi farq nimada edi va ularga qanday xulosa berilgan?

Hammod Ibn Zayd isnodida Ibn Abbos yoq

Abu Hotim Roziy xulosasi: Ibn Uyaynaning rivoyati “mahfuz” ,Hammod ibn Zaydning rivoyati "shoz"

300

Hadis illatlari bo'yicha yozilgan asarlardan sanang, bilganizcha)

Imom Ali ibn Madiniyning “al-Ilal”

Ahmad ibn Hanbalning “al-Ilal va maʼrifa ar-rijol”; - Imom Termiziyning “al-Ilal al-mufrad” 

Ibn Abu Hotim Roziyning “Ilal al-hadis” Doraqutniyning “al-Ilal al-vorida fi al-ahodis an-nabaviyya”

Ibn Hajar Asqaloniyning “az-Zuhd al-matlul fi al-xabar al-maʼlul”

400

Majhul roviy toʻgʻrisidagi qoidalarni tatbiq qilib, rivoyatlari faqat bir kishi tomonidan naql qilingan roviylarni oʻrganadigan ilm sohasi nima deyilai?

Vuhdon  

400

Mubhamlikning sabablarini keltiring

  1. Roviy o‘zi uni eslatishni istamagan (masalan, sir saqlash yoki hayoli sabab bilan).

  2. Hadisni rivoyat qiluvchi shaxs uni tanimagan.

  3. Qisqartirish maqsadida isnodda ismni keltirmagan.

  4. Qasddan mubham qilingan – ya’ni tanqid yoki malomatdan himoya qilish uchun.

400

“Tahzib al-kamol” asari kimga tegishli va qaysi masalani yoritib bergan?

Mizziyga tegishli

Roviylardan biri ishonchli, ikkinchisi zaif boʻlsa, unda isnoddagi roviy ulardan qaysi biri ekanini aniqlash

400

Hokim Naysoburiy tomonidan Sufyoni Savriyning Abu Zubayr vositasida Jobir ibn Abdullohdan Rasululloh (s.a.v.)ning peshin namozidagi holati borasidagi rivoyat naql qilingan.
Bu yerda matn va sanaddagi shozlik nimada?

Isnoddagi “shozlik” Sufyon Savriydan boshqa biror kishi hadisni Abu Zubayrdan naql qilmagani , matndagi “shozlik” mazkur holatning peshin yoki boshqa namoz vaqtida ekanini toʻgʻrisidagi qaydni biror kishi rivoyat qilmagani hisoblanadi.

400

Isnoddagi illat qanday bo'lishi mumkin

Roviylar zanjirida yashirin nuqson: uchrashmagan roviylar, noto‘g‘ri tartib, tushib qolgan roviy, aralash isnod...

500

Nima sababdan Abu Hanifa "mastur" roviy rivoyatini qabul qilganlar lekin uning ikki shogirdi Imomayn rad etgani qayd qilingan.

Abu Hanifa zamonida roviylar dastlabki uch asr vakillari boʻlsa,   “Imomayn” davridagi roviylar mazkur tabaqaga kirmaganlar. “majhul” dastlabki uch asr roviylariga, “mastur” esa keyingi davr roviylariga qoʻllanadi yana Hanafiy ulamolari bu ikki iborani bir xil qollaydilar


500

“Sahobiyning majhulligi qoʻpol xato emas, chunki ularning barchasi adolatlidir” ushbu gap kimga tegishli

Ibn Saloh

500

Kimdan rivoyat qilganda Amr ismi “muhmal” boʻlganda u ibn Murra bo'ladi

Shu'badan

500

Munkar va Shoz atamalri o'rtasidagi farq?

“Munkar” zaif roviyning ishonchli roviyga xilofi boʻlsa, “shoz” ishonchli roviyning oʻzidan ishonchliroq roviyga muxolif rivoyati

500

Illatli hadisni aniqlash usullari qanday 

1.Isnodlarni taqqoslash

2.Roviylarning uchrashuv tarixini tekshirish

3.Roviylarning rivoyat odatlarini bilish:
Masalan, falon roviy odatda bu hadisni falon ustozdan emas, boshqa ustozdan rivoyat qilgan — demak, xato. 

4.Zid hadislarni solishtirish.

M
e
n
u