Makroiqtisodiyot nimalarni o‘rganadi?
👉 Iqtisodiyotning umumiy ko‘rsatkichlar
Iqtisodiyotning umumiy ko‘rsatkichlarini — YaIM, inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy o‘sish va davlat siyosatini.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) nima?
👉 Muayyan davrda mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymati.
Ishsizlikning asosiy turlari nimalar?
👉 Friksion, tarkibiy (strukturaviy), siklik va mavsumiy ishsizlik.
Nominal va real YaIM o‘rtasidagi farq nimada?
👉 Nominal YaIM amaldagi narxlarda, real YaIM esa inflyatsiyani hisobga olgan holda hisoblanadi.
Inflyatsiya nima?
👉 Narxlar umumiy darajasining o‘sishi va pulning xarid qobiliyatining pasayishi.
Inflyatsiyaga qarshi davlat siyosati qanday amalga oshiriladi?
Pul-kredit (foiz stavkasi, pul massasi) va fiskal siyosat (soliqlar, davlat xarajatlari) orqali.
Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
👉 Ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholiga nisbati foizda.
Chegaraviy iste’mol moyilligi (MPC) va chegaraviy jamg‘arish moyilligi (MPS) qanday bog‘langan?
👉 MPC + MPS = 1.
Makroiqtisodiy muvozanat deganda nima tushuniladi?
👉 Umumiy ishlab chiqarish hajmi (taklif) umumiy talab (AD) bilan teng bo‘lgan holat.
Keyns modelida asosiy muvozanat tenglamasi qanday?
👉 Y = C + I + G + NX.
Davlat byudjeti nima?
👉 Davlatning daromadlari va xarajatlarini ifodalovchi moliyaviy reja.
Pulga talabni kimlar belgilaydi?
👉 Uy xo‘jaliklari va firmalar — tranzaksion, ehtiyot va spekulyativ maqsadlarda.
YaIM va YaMM o‘rtasidagi farq nimada?
👉 YaIM – mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulot; YaMM – mamlakat fuqarolari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (chet elda bo‘lsa ham).
To‘liq bandlik holati nimani anglatadi?
👉 Faqat friksion va tarkibiy ishsizlik mavjud bo‘lgan holat.
Inflyatsiyaning turlari nimalar?
👉 Mo‘tadil, shiddatli (galopiruyushchiy) va giperinflyatsiya.
1 BALL
BONUS
Milliy daromad qanday aniqlanadi?
👉 YaIM dan amortizatsiya va bilvosita soliqlar ayirilganda milliy daromad olinadi.
Multiplikator formulasi qanday?
👉 k = 1 / (1 - MPC).
Byudjet taqchilligi nima?
👉 Davlat xarajatlarining daromadlardan ortiq bo‘lishi.
Fiskal siyosat nima?
👉 Davlat soliqlar va xarajatlar orqali iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatish siyosati.
Pulning asosiy funksiyalari nimalar?
👉 Qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va xalqaro hisob birligi.
Jamg‘arish (S)
Iste’moldan ortib qolgan daromadning saqlab qo‘yilgan qismi.
Giperinflyatsiya
Juda yuqori — oyiga 50% dan ortiq inflyatsiya darajasi.
Friksion ishsizlik
Ish o‘zgartirish, joy almashtirish jarayonida yuzaga keladigan qisqa muddatli ishsizlik.
Keyns modeli
Yalpi talab va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatni tushuntiruvchi makroiqtisodiy model.