Ma'muriy jazoning asosiy maqsadi nima?
Jazoni jismonan qiynash emas, balki shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash
Ma'muriy jazo choralarining eng keng tarqalgan turi qaysi?
Jarima
Jarima miqdori qaysi ko'rsatkichdan kelib chiqib belgilanadi?
BHM
Ma'muriy qamoq muddati odatda necha sutkani tashkil qiladi?
3-15sutka
Transport vositasini boshqarish huquqidan kimlar nogironlik sababli mahrum qilinmaydi?
Faqat transport vositasidan foydalanish hayotiy zarur bo'lgan shaxslar, mastlik holati bundan mustasno
Ma'muriy javobgarlikka tortish yoshi qonunda necha yosh etib belgilangan?
16
Faqat asosiy jazo sifatida qo'llaniladigan 3 ta jazo turini ayting
Ma'muriy qamoq, jarima, haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etish
"Musodara qilish" nima?
Huquqbuzarlik quroli bo'lgan ashyoni haq to'lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o'tkazish
Maxsus huquqdan (haydovchilik, ovchilik) mahrum qilishning eng uzoq muddati qancha?
3 yilgacha
Chet el fuqarosi O'zbekistondan chiqarib yuborilgach, necha yilgacha mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin?
1-3 yil
Shaxs g'ayrihuquqiy harakat sodir etgan bo'lsa-da, qaysi holatda u ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas?
Agar u aqldan ozgan yoki ruhiy kasal bo'lsa, ya'ni aqli norasolik holatida bo'lsa
Ham asosiy, ham qo'shimcha jazo sifatida qo'llanilishi mumkin bo'lgan choralar qaysilar?
(Ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish, ashyoni musodara qilish, maxsus huquqdan mahrum qilish
Ashyoni haqini to'lash sharti bilan olib qo'yishning musodaradan farqi nimada?
Ashyo sotilib, uning puli sobiq egasiga xarajatlarni chegirib tashlagan holda qaytarib beriladi
Haq to'lanadigan jamoat ishlarining muddati qancha etib belgilangan?
(8 soatdan 240 soatgacha
Huquqbuzarlik sodir etilganda "zaruriy mudofaa" deganda nima tushuniladi?
Davlat, jamiyat yoki shaxs huquqlariga qilinayotgan tajovuzdan himoyalanish vaqtida tajovuzchiga zarar yetkazish
Yarashuv instituti qanday holatda qo'llanilmaydi?
Agar huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilgan bo'lsa
Ma'muriy ogohlantirish qanday shaklda qo'llaniladi va u nima?
Yozma yoki elektron ravishda; shaxsga qonunbuzarlik uchun rasmiy tanbeh berish
Kimlarga nisbatan ov qurollari va o'q-dorilarini musodara qilish jazosi qo'llanilishi mumkin emas
Ovchilik asosiy tirikchilik manbai bo'lgan shaxslarga
Ma'muriy qamoq jazosi kimlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas?
Homilador ayollar, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar, 1- va 2-guruh nogironlari
Mansabdor shaxslar uchun jarimaning eng yuqori miqdori qancha?
bhm 10 barobaridan
Oxirgi zarurat" tushunchasini izohlang.
Davlat yoki jamoat tartibiga tahdid soluvchi xavfni kattaroq zararning oldini olish uchun kamroq zarar yetkazib bartaraf etish
Jazo turlari ro'yxatida 8-o'rinda turadigan, faqat chet el fuqarolariga qo'llaniladigan jazo qaysi?
O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish
Jarimaning eng kam miqdori fuqarolar uchun qancha etib belgilangan?
BHMning ellikdan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak
Haq to'lanadigan jamoat ishlaridan bo'yin tovlagan shaxsga qanday chora ko'riladi?
Har 4 soatlik ish 1 kunlik ma'muriy qamoqqa yoki BHMning bir baravari miqdoridagi jarimaga almashtiriladi
Ma'muriy chiqarib yuborish jazosi qaysi organ tomonidan qo'llaniladi?
(Jinoyat ishlari bo'yicha tuman yoki shahar sudi tomonidan)