An'ana soʻzining ma'nosi?
Jamiyat hayotining turli sohalari va kishilar oʻrtasidagi moddiy va ma'naviy aloqalarini avloddan avlodga oʻtishidir.
Qadriyat soʻzining ma'nosi?
Qadr soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadrlash degan maʼnoni anglatadi.
1990-yil 2-iyunda qanday farmon eʼlon qilindi?
Musulmonlarning Saudia Arabistoniga Haj qilish toʻgʻrisidagi.
1360-1361-yillarda Tug'luq Temur Movounnahrga yurishidan 20 yil oʻtgach, Amir Temur qayerlarni bosib oladi?
Hirot, Seiston, Mozandaron egallanadi.(1381-yil)
Nechinchi yili Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari boʻyicha qoʻmita tashkil etildi?
1992-yili
1992-yil 27-martda Oʻzbekiston birinchi prezidenti qanday farmon eʼlon qilgan?
Ro'za va Qurbon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risidagi.
Oʻzbekistonda ilk bor Qurʼoni Karim kim tomonidan tarjima qilingan va necha nusxada chop etilgan?
1992-yili Alouddin Mansur tomonidan tarjima qilindi. 3 marotaba jami 3000 nusxada chop etildi.
Ilyosxo'ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga yurish qiladi, bundan nechi yil oʻtgach, Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi?
7 yil.(1372-yil)
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan nechanchi yili Qur'on tarjimasi qayerda chop etildi?
2004-yili, Toshkent Islom universitetida.
Bugun Respublikamizda nechta diniy konfessiyaga mansub, nechta diniy tashkilot mavjud?
16 ta diniy konfessiya, 2238 ta diniy tashkilot.
SSSR davrida nechta masjid va nechta madrasa boʻlgan?
89 ta masjid, 2ta madrasa.
1370-yil 10-aprel Balx Amir Temurga taslim bo'ladi va bundan 18 yil oʻtgandan keyin qayerni uzil kesil boʻysundiradi?
Xorazm.(1388-yil)
1991-1992-1993-yil qaysi bobakalonlarimizning xalqaro miqyosda yubileylari keng nishonlandi?
1991-yil, Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi.
1992-yil, Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi.
1993-yil, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi.
1994-1996-1997-yillarda qaysi bobakalonlarimizning yubileylari nishonlandi?
1994-yil, Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi.
1996-yil, Amir Temur tavalludining 660 yilligi.
1997-yil, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning 100 yilligi.
1998-1999-2000-yil qaysi bobakalonlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi?
1998-yil, Ahmad al-Farg'oniyning 1200 yilligi.
1999-yil, Alpomish dostonining 1000 yilligi.
2000-yil, Burxoniddin Margʻiloniy tavaluddining 910 yilligi.
1892-yilning mart oyidan Afgʻonistonda vabo kasalligi tarqaladi va bundan nechi yil oldin Turkiston oʻlkasini idora qilish toʻgʻrisidagi nizomga koʻra oʻlkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo'yiladi?
6 yil oldin.(1886-yil)
Nechanchi yili Avestoning yaratilganligining 2700 yilligi nishonlangan?
2001-yili.
Kamoliddin Behzod tavaluddining 545 yilligi qachon nishonlangan?
2000-yil.
Prezidentning qaysi qaroriga asosan 2017-yil 6-noyabr kuni Sharof Rashidov tugʻilgan kuni munosabati bilan Jizzaxda tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi?
Prezidentning 2017-yil 27-martdagi Atoqli davlat arbobi va yozuvchisi Sharof Rashidov tavaluddining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi qarori asosida.
XIX asr oʻrtalarida Buxoro amirligida, Xiva va Qoʻqon xonligida nechta beklik boʻlgan va ularning aholi soni necha nafardan iborat boʻlgan?
Buxoro amirligida 40ta beklik, 2mln aholi.
Xiva xonligida 18ta beklik, 2ta noiblik va 800ming aholi.
Qoʻqon xonligida 15ta beklik, 3mln aholi.