A
B
C
D
E
100

Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?

Asal oyi

100

Dadaxon Hasanovning Xalq dardini o'ylamaydigan amaldorlar haqida yozgan misrasini tinglang. 

U dushman deb aytadi yurtga umri fidoni. U mansabni taniydi tanimaydi uni. Mantiqan o'ylab uni topib bering. 



Xudoni

100

Nemis geologi Remerdan ma’ruza payti talaba so‘radi:


- Janob professor, mabodo mana shu biz o‘tirgan yerdan Yerning diametri bo‘ylab lahm qazisam, qayerdan chiqaman?


- Siz to‘ppa- to‘g‘ri U yerdan chiqasiz! –deya javob qiladi professor olim.


Savol: Olim U YER deganda qaysi muassasani nazarda tutgan?

Jinnixona

100

Nimaning 5 ta barmog’i bor, tirnoqlari yo’q?

Qo’lqop

100

U insonning miyasi qo‘llariga nisbatan tezroq ekanligining isbotidir. U bo‘yicha statistika o‘tkazishganida shifokorlar eng yuqori o‘rinni band etishgan.


Savol: Uni ikki so‘z bilan yozib bering.

Xunuk yozaduganlar


200

Bu 2 prezidentlarni renkarnatsiya bo'lgan degan fikrlar mavjud bu prezidentlarni prezident bo'lgan yillariga qarang 1861 1961 va bularning ikkalasi ham Juma kuni vafot etgan 2 si jamoat orasida vafot etgan. Diqqat savol bular kimlar? 

Abrahim Lincoln John Kenedy 

200

Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, Rоssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: U nima

1 bayroq

*davlat bayrog’idagi ranglar soni

200

Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?

Qorqiz

200

Ulardan biri sizni to‘xtashga undaydi, biri esa bir to‘xtab, yana davom etishingizni uqtiradi. Boshqa biri sizdan izoh talab qilsa, yana boshqasi sizdan javob kutadi.


Savol: Ularni ikki so‘z bilan yozib bering.

Tinish belgilari

200

Odam hayotida eng ko‘p ishlatadigan, ammo hech qachon ko‘ra olmaydigan narsa nima?

Miya

300

U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?

Familiya

300

Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?

Shim kiyib yurish

300

Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?

Qabriston

300

u ikki aka uka bir joyda tug’ilgan. Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi 4 yil yashagan, ukasi akasidan 2 yil ko’proq yashagan. Bu g’alati mashhur aka ukalar nimalar?

I va II jahon urushi

300

Qadim Spartada Onalar urushga ketayotgan o'g'illariga yoki X bilan qayt Yoki Xda qayt deb aytishgan ekan sparta davlatchilik an'analaridan kelib chiqib Xni topib bering

Qalqon

400

Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?

Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar.

400

L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?

To'y

400

Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi, so’ng ovozi eshitiladi, so’ng shamolini his qilasiz, ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?

Metroning bekatga kirib kelishi.

400

U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?

Pingvin

400

Sarkarda Iskandar Zulqarnaynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol: saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi?

Ular chapaqay edi.

500

Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida hech qayerda sotilmaydigan suyuqlikni idishiga solib quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?

Ko’zyosh

500

Suaxili tilini bilmaysiz, lekin u tildagi bir so’zni mashhur multfilmdan ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. Bu so’zning ma’nosi havotirsiz yaxshi yashash degani. Bu qaysi so’z?

Akuna matata

500

Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham qo’yilgan: Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor, Begli, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar nima narsaga qo’yilgan?

Buloqlarga

500

Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi?

Homiladorayollarda

500

Alija izetbekovich yosh musulmonlar harakati bilan aloqador siyosatchi sifatida bir necha bor taqib uchragan va u o'z nutqida shunday deydi mayli tog'larga xohlagancha xochlaringizni o'rnating lekin baribir har safar osmonga boqganingizda uni ko'rasiz degan? Savol uni 2 bir xil undosh ishlatib yozib bering

Hilol 

M
e
n
u