U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Sizning ismingiz.
Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.
Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.
Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi.
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
O’ng qo’lning tirsagi.
Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa.
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
xarita
Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin, lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?
pat
Bu harf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
O harfi
Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?
Soat strelkasi 2 da turganda.
Yomg’ir vaqtida qarg’a qanday daraxtga qo’nadi?
Nam bo’lgan daraxtga.
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
Filning bolasi.
Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Begonaning noki.
Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?
5 ta
Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.
Yerdan turib, to’qqiz qavatli uydan balandroq sakrash mumkinmi?
Albatta mumkin, to’qqiz qavatli uylar sakrashni bilmaydi.