Birinchi quvur hovuzni 3 soatda to‘ldiradi, ikkinchisi esa 5 soatda. Ikkala quvur birgalikda hovuzni qancha vaqtda to‘ldiradi?
15/8
Talabaning stipendiyasi 400 so'm. Agar uning stipendiyasi 25% ortsa, u qancha stipendiya oladi?
500
Xaritada ikki shahar orasidagi masofa 4,5 sm ga teng. Xaritadagi masshtab 1 : 200,000 bo'lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofa necha km bo'ladi?
9
Poezdda 936 yo'lovchi bor edi. Agar erkaklar bolalardan 7 marta, ayollar esa 5 marta ko'p bo'lsa, poezdda qancha ayol bo'lgan?
360
Agar avtomobil tekis harakatda 3 soatda 324 km yo'l bossa, 20 sekundda necha metr masofani bosib o'tadi?
600
Biror topshiriqni usta 20 kunda, shogird 30 kunda bajaradi. Ular birgalikda ishlasa, bu topshiriqni necha kunda bajarishadi?
12
1 kg yangi uzilgan nokdan 16% quritilgan nok olinadi. 48 kg quritilgan nok olish uchun qancha kg yangi uzilgan nok kerak?
300
100 kishidan iborat turistlar guruhida 70 kishi ingliz tilini, 45 kishi nemis tilini va 23 kishi ikkala tilni biladi. Ikkala tilni bilmaydigan turistlar necha foizni tashkil etadi?
8
Traktorchilar maydonni uch kunda haydab bo'lishdi. Birinchi kuni ular maydonning 3/7 qismini, ikkinchi kuni butun yer maydonining 40\% ini, uchinchi kuni qolgan 72 ga maydonni haydashgan bo'lsa, maydonning yuzi necha gektar?
420
Yo'lovchi va yuk poezdi bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 275 km. Yuk poezdining tezligi 50 km/soat. Yo'lovchi poezdi tezligi yuk poezdinikidan 20% ortiq. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?
2.5
Usta muayyan ishni 12 kunda, uning shogirdi esa 30 kunda bajaradi. Agar 3 ta usta va 5 ta shogird birga ishlasalar, o'sha ishni necha kunda bajarishadi?
2.4
Ishchining maoshi dastlab 25% ga, so'ngra yana 25% ga oshirilgan bo'lsa, uning maoshi necha foizga oshgan?
56.25
Shaxmat turnirida ishtirok etayotganlarning har biri qolgan o'yinchilar bilan ikki partiyadan shaxmat o'ynadi. Agar turnirda hammasi bo'lib 462 partiya o'ynalgan bo'lsa, turnir ishtirokchilari necha kishi bo'lgan?
22
Ikki sonning yig'indisi 18 ga, ko'paytmasi esa 61 ga teng. Shu sonlar kvadratlari ayirmasining modulini toping.
72 ildizda 5
Paroxod daryo oqimi bo'ylab 48 km va oqimga qarshi shuncha masofani 5 soatda bosib o'tdi. Agar daryo oqimining tezligi 4 km/soat bo'lsa, paroxodning turg'un suvdagi tezligini toping.
20
Muayyan ishni bajarishga birinchi ishchi 3 soat, ikkinchisi 6 soat sarflaydi. Birinchi ishchi 1 soat ishlaganidan keyin, unga ikkinchi ishchi qo'shildi. Ikkala ishchi birgalikda qolgan ishni necha soatda tugatishadi?
1 soat 20 min
Sayyoh muayyan masofaning 70% ini poezda, 29,8% ini paroxodda bosib o'tgandan keyin, yo'l oxirigacha yana 200 m qoldi. Sayyoh poezda necha km yo'l bosgan?
70
48 ta chet tili o'qituvchisidan 30 tasi ingliz tili, 29 tasi nemis tili o'qituvchilari. Shu o'qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi?
37
Agar maydonning har gektaridan 35 st dan bug'doy hosili olinsa, planni bajarish uchun 20 t yetmaydi, agar har gektardan 42 st dan hosil olinsa, plan 50 t oshirib bajariladi. Maydonning yuzi necha gektarga teng?
100
Kishi harakatsiz eskalatorda 4 minutda, harakatlanayotgan eskalatorda esa 48 sekundda yuqoriga ko'tariladi. Shu kishi harakatdagi eskalatorda to'xtab turgan holda necha minutda yuqoriga ko'tariladi?
1
Hovuzga uchta quvur o'tkazilgan. 1 va 2-quvurlar birgalikda 12 soatda, 1 va 3-quvurlar 15 soatda, 2 va 3-quvurlar 20 soatda to'ldiradi. Uchala quvur birgalikda ochilsa, hovuz necha soatda to'ladi?
10
Ishchining mehnat unumdorligi 20% ortsa, uning ish normasini bajarishga ketadigan vaqti necha foizga qisqaradi?
16 butun 2/3
Yilning qaysidir oyida uchta shanba kuni oyning juft kunlariga to'g'ri kelgan. Shu oyning 25-kuni haftaning qaysi kuniga mos keladi?
Dushanba
Natural sonlardan iborat ketma-ketlikning ikkinchi hadidan boshlab har bir hadi o'zidan oldingi hadning kvadratidan 5 ning ayrilganiga teng. Agar shu ketma-ketlikning uchinchi hadi 116 ga teng bo'lsa, uning birinchi hadi nechaga teng?
4
Avtomobil butun yo'lning 3/7 qismini 1 soatda, qolgan qismini 1.5 soatda bosib o'tdi. Uning birinchi tezligi ikkinchi tezligidan necha marta katta?
9/8