Marketing asoslari
Bozor va Iste'molchilar
Marketing jarayoni
Logika va Brendlar
100

"Marketing" so'zi inglizcha "market" so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida qanday ma'noni anglatadi?

Bozor / Bozorda ishlash.

100

Mahsulotni sotib oluvchi va undan foydalanuvchi shaxs nima deyiladi?

Iste'molchi (yoki mijoz).

100

Marketing jarayonining eng birinchi bosqichi nima?

Bozor va iste'molchilar ehtiyojlarini o'rganish.

100

Tovar belgisi, ramzi yoki nomi nima deb ataladi?

Brend (Logotip).

200

Marketingning asosiy maqsadi nima: faqat foyda olishmi yoki iste'molchi ehtiyojini qondirishmi?

Iste'molchi ehtiyojlarini qondirish orqali foyda olish.

200

Bozorni o'xshash ehtiyojlarga ega bo'lgan guruhlarga bo'lish jarayoni nima deyiladi?

Segmentatsiya.

200

SWOT tahlildagi "S" (Strengths) harfi nimani anglatadi?

Korxonaning kuchli tomonlari.

200

Mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha yetib borish yo'li nima deyiladi?

Marketing kanali (yoki taqsimot kanali).

300

Insonning biror narsaga muhtojlik sezish holati nima deyiladi? (Masalan: ochlik, chanqoqlik).

Ehtiyoj

300

Iste'molchilarning yoshi, jinsi va oilaviy ahvoli bo'yicha bo'linishi qanday segmentatsiya turiga kiradi?

Demografik segmentatsiya.

300

Tashqi muhitdan keladigan xavf-xatarlar SWOT tahlilning qaysi bo'limida o'rganiladi?

Threats (Xavf-xatarlar).

300

Yangi mahsulot bozorga kirganda narxni juda past qilib belgilash strategiyasi qanday nomlanadi?

Bozorni egallash (Penetratsiya) strategiyasi yoki demping siyosati

400

Muayyan sotib olish qobiliyati (pul) bilan ta'minlangan ehtiyoj nima deb nomlanadi?

Talab

400

Raqobatchilardan farqli ravishda, mahsulotning xaridor ongida egallagan joyi nima deyiladi?

Pozitsiyalash (Positioning).

400

Marketing strategiyasini amalga oshirishda korxona birinchi bo'lib nima qilishi kerak?

Aniq maqsad (Mission/Goal).

400

Korxona imidjini yaxshilash maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash qanday nomlanadi?

PR (Public Relations - Jamoatchilik bilan aloqalar) 

500

Marketingda "Target Market" tushunchasining o'zbekcha muqobili nima?

Maqsadli bozor.

500

"Bozor sig'imi" deganda nima tushuniladi?

Muayyan vaqt ichida bozorda sotilishi mumkin bo'lgan tovarlarning umumiy hajmi.

500

"Just Do It" shiori qaysi mashhur sport brendiga tegishli?

Nike

500

∞ bu qaysi brendning belgisi ?

Meta (Facebook)

M
e
n
u