Marketing tadqiqotlari nima qiladi?
Bozor va mijozlar haqida ma’lumot to‘playdi.
Tadqiqot boshlanishidan oldin aniqlanishi kerak bo‘lgan narsa nima?
Tadqiqot maqsadi.
Avvaldan to‘plangan ma’lumotlar, masalan, internetdan olingan ma’lumotlar nima deb ataladi?
Ikkilamchi ma’lumot (secondary data).
Marketing tadqiqotlari kimlar uchun foydalidir?
Biznes va kompaniyalar.
Mijozlardan tez va ko‘p ma’lumot olish uchun ishlatiladigan vosita nima?
So‘rovnoma (survey)
Mahsulot yoki xizmat haqida odamlar fikrini bilish usuli nima?
So‘rovnoma (survey).
Ma’lumot yig‘ishdan oldin tuziladigan reja nima deb ataladi?
Tadqiqot dizayni (research design).
Yangi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozlardan olish usuli nima?
Asl ma’lumot (primary data).
Mijozlarning qaysi mahsulotni yaxshi ko‘rishini aniqlash usuli?
So‘rovnoma yoki intervyu.
Mijozlarning fikrini to‘plash uchun suhbat va guruh muhokamasi qanday nomlanadi?
Intervyu yoki fokus guruh
Marketing tadqiqotlarida foydalaniladigan ikkita asosiy ma’lumot turi?
Asl ma’lumot (primary data) va ikkilamchi ma’lumot (secondary data).
Kompaniyalar yangi mahsulot chiqarishdan oldin mijozlarning nima qilishini bilib olishadi?
Ularning ehtiyojlari va xohishlarini o‘rganish
Mijozlarning fikrini tushunish uchun intervyu yoki guruh muhokamasi qanday ma’lumot beradi?
Kvalitativ ma’lumot. (Qualitative)
Mijozlarning ehtiyojlarini va xohishlarini tushunish nima deb ataladi?
Bozor tadqiqoti (market research).
Ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiladigan dastur yoki vosita nima?
Excel yoki statistik dastur.
Tadqiqot natijalarini yaxshiroq tushunish uchun ishlatiladigan grafik va diagrammalar nima?
Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish.
Ma’lumotlarni tahlil qilib, natijalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni nima?
Tadqiqot xulosasi
Savollar va so‘rovlar orqali yig‘ilgan ma’lumot qanday ma’lumot turiga kiradi?
Kvantitativ ma’lumot. (Quantitative)
Marketing tadqiqotlari natijasida kompaniyalar nimani yaxshilashi mumkin?
Mahsulot, xizmat va reklama strategiyasini.
Mijozlarning xatti-harakatini kuzatib, ularni o‘rganish usuli qanday ataladi?
Kuzatuv (observation)
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi nima?
Bozorni tushunish va qaror qabul qilishni osonlashtirish.
Tadqiqot jarayonida ma’lumot to‘plashdan oldin kimlar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi?
Mutaxassislar yoki menejerlar.
Asl va ikkilamchi ma’lumotlarni solishtirishda qaysi jihat muhim?
To‘g‘rilik va dolzarblik.
Mijozlar fikrini to‘plash va tahlil qilish orqali kompaniya nimani oshiradi?
Sotuv va mijozlar qoniqishi.
Yangi mahsulot yoki reklama samaradorligini sinab ko‘rish jarayoni nima deb ataladi?
Sinov (test marketing)