Marketing nima?
Marketing — bu ishlab chiqaruvchidan mijozgacha mahsulotning yetib borish jarayoni va mijoz ehtiyojlarini aniqlash, qondirish va shu orqali foyda olishga qaratilgan faoliyatlar tizimi.
Marketing vositachilari kimlar va ularning vazifasi nima?
Ular distribyutorlar, ulgurji va chakana sotuvchilar, logistika kompaniyalari. Vazifasi — mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazish.
Marketing kontsepsiyasi nima?
Bu kontsepsiya kompaniya muvaffaqiyatini mijoz ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirish orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi.
Segmentatsiya jarayonida “maqsadli segment” deganda nimani tushuniladi?
Kompaniya o‘z mahsulotini sotishni rejalashtirgan aniq iste’molchilar guruhi.
Men hamma joyda ko‘rinaman, lekin hech kim meni ishlatmasa, hech kim meni sezmaydi.
Logo
Marketingning 4P modeli nimalardan iborat?
Product — mahsulot
Price — narx
Place — taqsimot (sotish kanallari)
Promotion — targ‘ibot (reklama va kommunikatsiya)
Raqobatchilar marketing strategiyasiga qanday ta’sir qiladi?
Kompaniyalar narx, sifat, reklama va innovatsiyalarni raqobatchilar harakatiga qarab shakllantiradi.
Bu kontsepsiya kompaniya muvaffaqiyatini yuqori sifatli va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi.
Tovar kontsepsiyasi
Bozor segmentatsiyasi qaysi asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi?
Demografik (yosh, jinsi, daromad)
Geografik (mintaqa, shahar/qishloq)
Psixografik (qiziqishlar, qadriyatlar, turmush tarzi)
Xulq-atvor (mahsulotni ishlatish darajasi, sodiqlik, xarid qilish sabablari)
Men juda qiziqman, ba’zan odamlarni aldab qo‘yaman, lekin ular meni sevadi.
Reklama kampaniyasi
Brend va mahsulot o‘rtasidagi farq nima?
Mahsulot — bu jismoniy yoki xizmat ko‘rinishidagi taklif.
Brend — bu mahsulotga nisbatan iste’molchining ongida shakllangan imij, hissiyot va ishonch yig‘indisi.
Ishlab chiqaruvchilar marketing tizimida qanday rol o‘ynaydi?
Mahsulot ishlab chiqaradi va uning marketing strategiyasini belgilaydi.
Ishlab chiqarish kontsepsiyasi qaysi sharoitlarda samarali bo‘ladi?
Bozorda talab yuqori va raqobat kam bo‘lgan hollarda, mahsulotni tez va arzon ishlab chiqarish orqali kompaniya bozor ulushini oshirishi mumkin.
Psixografik segmentatsiya nimani o‘lchaydi?
Iste’molchilarning qiziqishlari, qadriyatlari, turmush tarzi, shaxsiy xulq-atvori va motivatsiyasini.
Men juda qimmatman, lekin hamma meni sotib olishni xohlaydi.
Brend mahsuloti
Nima uchun mijoz qiymati (Customer Value) marketingning markaziy tushunchasi hisoblanadi?
Chunki mijoz mahsulotni uning narxi uchun emas, balki oladigan foydasi uchun sotib oladi. Yuqori mijoz qiymatini yaratgan kompaniyalar raqobatda ustunlikka ega bo‘ladi va uzoq muddatli foyda oladi.
Distributorlar va ulgurji sotuvchilar o‘rtasidagi farq nima?
Distributorlar ko‘pincha mahsulotni ishlab chiqaruvchidan ulgurji sotuvchilarga yetkazadi; ulgurji sotuvchilar esa chakana sotuvchilarga mahsulotni yetkazadi.
Sotuv kontsepsiyasi mijoz ehtiyojlarini har doim qondiradimi?
Yo‘q, ba’zan kompaniyalar faqat sotuv hajmiga e’tibor beradi va iste’molchi ehtiyojlarini yetarlicha hisobga olmaydi.
Segmentni tanlashda kompaniya qaysi mezonlarga e’tibor beradi?
Segmentning o‘sish salohiyati va hajmi, Xarid qobiliyati va sodiqlik darajasi, Raqobat darajasi, Kompaniyaning resurs va imkoniyatlari
Mening ish joyim bozor, mening qurolim strategiya, lekin men hech qachon charchamayman. Kimman men?
Marketing guru)))
B2B va B2C marketing o‘rtasidagi asosiy farq nima?
B2C — mahsulotlar yakuniy iste’molchiga sotiladi.
B2B — mahsulotlar boshqa bizneslarga sotiladi, qarorlar mantiqiy va uzoq jarayonda qabul qilinadi.
Marketing ekotizimidagi davlat va jamiyatning ishtiroki kompaniya faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
Ular regulyatsiya, soliqlar, normativ talablar va ijtimoiy kutishlar orqali kompaniya qarorlariga, brend obro‘siga va uzoq muddatli barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Sotuv kontsepsiyasi va marketing kontsepsiyasi o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Sotuv kontsepsiyasi muvaffaqiyatni mahsulotni faol sotishga bog‘laydi va mijozni sotib olishga ishontirishga urg‘u beradi, marketing kontsepsiyasi esa muvaffaqiyatni mijoz ehtiyojlarini aniqlash va qondirish orqali erishishni ta’kidlaydi.
Bozorni segmentatsiya qilgandan keyin kompaniya qanday strategiyalarni tanlashi mumkin?
Maqsadli marketing strategiyasi (target marketing) — ma’lum segmentga moslashtirilgan mahsulot va marketing faoliyati.
Differentsiatsiyalashgan strategiya — har segment uchun alohida mahsulot va takliflar yaratish.
Agar siz segmentatsiya qilmasangiz, mijoz nima qiladi?
U sizni unutadi va raqobatchiga boradi 😅