Kompaniyaning uzoq muddatli mavjudlik sababi va asosiy maqsadi nima deb ataladi?
Missiya
Ichki kuchli va kuchsiz tomonlar, tashqi imkoniyat va xavflarni tahlil qiluvchi model.
SWOT
Klassik marketing-miksning 4 ta elementi nimalardan iborat?
Product, Price, Place, Promotion
STP qisqartmasining to‘liq ma'nosi nima?
Segmentation, Targeting, Positioning
SMART maqsad qo‘yishdagi "M" harfi nimani anglatadi?
Measurable – O‘lchovli
PESTEL tahlilidagi "P" va "E" harflari qaysi omillarni anglatadi?
Siyosiy (Political) va Iqtisodiy (Economic)
"Penetration pricing" (Bozorga suqulib kirish) strategiyasidan qanday maqsadda foydalaniladi?
Past narx orqali tezda katta bozor ulushini egallash uchun
Iste'molchilarni yoshi, jinsi va daromadi bo‘yicha guruhlash qaysi turdagi segmentatsiyaga kiradi?
Demografik segmentatsiya
Strategik rejalashtirishning eng birinchi bosqichi nima?
Missiya va maqsadlarni belgilash
Mahsulot portfelini "Yulduzlar" va "Sog‘in sigirlar"ga ajratuvchi matritsa nomi.
BCG matritsasi
Xizmat ko‘rsatish sohasida 4P modeliga qo‘shiladigan qo‘shimcha 3 ta "P"ni ayting.
People, Process, Physical evidence
Kompaniya o‘zi xizmat ko‘rsatishni tanlab olgan segment qanday ataladi?
Maqsadli auditoriya yoki Target market
Kompaniyaning bozordagi "o‘z o‘rnini topishi" va raqobatchilardan farqlanish jarayoni.
Pozitsiyalash / Positioning
Porter modeliga ko‘ra, sohadagi raqobat darajasini belgilovchi necha xil "kuch" mavjud?
5 ta kuch
"Price Skimming" (Qaymoqni suzib olish) narxlash strategiyasi nima?
Mahsulotni yuqori narx bilan bozorga chiqarish
Iste'molchilarning hayot tarzi, qadriyatlari va qiziqishlari bo‘yicha segmentlash qanday ataladi?
Psixografik segmentatsiya
Strategik va taktik rejalashtirish o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Strategik – uzoq muddatli (3-5 yil), taktik – qisqa muddatli (1 yilgacha)
Ansoff matritsasida yangi bozorga yangi mahsulot bilan kirish strategiyasi qanday ataladi?
Diversifikatsiya
Mahsulotni yakuniy iste'molchiga yetkazish kanallari qaysi "P" ga tegishli?
Place - Taqsimot/Joy
"Differensiallashgan marketing" nima?
Har bir segment uchun alohida marketing taklifini ishlab chiqish