Mediatsiya nima?
Kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli
Mediativ kelishuv qanday shaklda tuziladi?
Yozma shaklda
Geografik ko‘rsatkich tushunchasini bering
Tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Geografik ko‘rsatkichni muhofaza qilish muddati qancha?
Geografik ko‘rsatkich Qonun talablariga javob beradigan tovarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lgan butun vaqt davomida muhofaza qilinadi.
Talabnomaning davlat ekspertizasi qaysi bosqichlardan iborat?
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi va Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi
Mediatsiyaning asosiy prinsiplari qaysilar?
Maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi
Geografik ko‘rsatkich uchun guvohnomaning amal qilish muddati?
Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan e’tiboran o‘n yil davomida amal qiladi.
Professional mediatorga doir qanday talablar mavjud?
Mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan
Oppog'oyning nechta gnom-do'stlari bo'lgan?
7
Mediatsiya tartib-taomili qaysi vaqtdan boshlanadi?
Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Vazirlik geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazishni nima asosida va qancha muddat davomida amalga oshiradi?
Davlat ekspertizasi natijalari asosida patent boji to‘langanligi haqidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida
Mediatsiya taraflarining huquq nimalardan iborat?
mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga;
mediatordan voz kechishga;
mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishga
Alouddin va Jasmin haqidagi multfilmda bosh antagonistning ismi nima edi?
Jafar
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi va Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi muddatlari
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, mazkur qaror qabul qilinganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
Nimalarning asosida geografik ko‘rsatkichning ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilinadi?
Tovarni reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan ishlab chiqarishning imkoniyati yo‘qligi munosabati bilan;
Chet el yuridik yoki jismoniy shaxslari tovar kelib chiqqan mamlakatda mazkur geografik ko‘rsatkichga doir huquqini yo‘qotganligi munosabati bilan
Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda nimalar to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi mumkin?
nizo predmeti,
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi,
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari,
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari qanday?
O‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda tugallanishi,
o‘ttiz kungacha uzaytirilishi,
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati ko‘pi bilan o‘n besh kun
Kim mediator bo'la olmaydi?
davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs,
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirilayotgan shaxs.
Alouddin Jindan birinchi istag sifatida nimani so‘radi?
Shahzoda bo'lishni
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvda qanday ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lish kerak?
taraflar haqidagi;
nizo predmeti to‘g‘risidagi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi;
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana to‘g‘risidagi;
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi ma’lumotlar
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilarga 3 ta misol keltiring.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy iste’molga kiritilgan,
ayni bir turdagi tovarga nisbatan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgi;
nisbatan ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan belgi,
o‘simlik navining yoki hayvon zotining nomini ifodalovchi belgi,
tovar yoki uni tayyorlovchi xususida iste’molchini chalg‘itadigan belgi;
Mediatsiya qaysi holatlar munosabati bilan tugatiladi?
taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganligi;
nizo xususida o‘zaro maqbul bo‘lgan qarorga erishish imkoniyati yo‘qligi;
mavjud ixtiloflar bo‘yicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish to‘g‘risida taraflarning kelishuvi tuzilganligi (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida yozma kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda);
biror-bir tarafning mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishni ma’lum qilganligi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari o‘tganligi.
Iroqlik, Xitoylik, mahalliy Amerikalik va Okeaniyalik Disney malikalarini ayting
Jasmin, Mulan, Pakahontas, Moana
Mediatsiyani qo‘llash shartlari nimalardan iborat?
Mediatsiya suddan tashqari tartibda,
nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida,
sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar,
shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida
nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi