Evakuatsiya nima?
Havfli hududdan havfsiz hududga o'tish
Ish joyida baxtsiz hodisa sodir bo'lganda ishchining birinchi navbatdagi vazifasi nima?
Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko'rsatish, bu haqda darhol rahbarini xabardor qilish va xavfli vaziyatni bartaraf etish
O`t ochirish vositalari necha turda bo`ladi?
Jami bo`lib 4 turda bo`ladi
Xodimning ish vaqti haftada necha soat etib belgilangan?
Qurilish maydonchasida yoki ishlab chiqarish korxonasida boshni tepadan tushadigan buyumlar va zarbalardan himoya qilish uchun qaysi vosita kiyiladi?
Himoya kaskasi (shlem).
Zilzila vaqtida bino ichida bo`lsangiz, evakuatsiyani qachon boshlash kerak?
Yer silkinishi toxtagach, xavfsiz yo`nalish bo`yicha harakatlanish.
Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik belgilari ranglariga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi?
Xavfsizlik belgilari taqiqlovchi, buyuruvchi, ogohlantiruvchi va ko'rsatuvchi turlarga bo'linadi.
Kukunli (poroshkoviy) o't o'chirgichlar qanday turdagi yong'inlarni o'chirish uchun ishlatiladi?
Barcha turdagi — qattiq, suyuq, gazsimon moddalar hamda kuchlanish ostidagi elektr uskunalarini o'chirishda.
O'zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishning umumiy tartibini belgilovchi asosiy qonun hujjati qaysi?
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
Ishlab chiqarish korxonalari yoki laboratoriyalarda ishlayotganda xodim kiyishi shart bo'lgan maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari (SHHV) nima uchun zarur?
Xodimni ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillardan (mexanik shikastlanish, kimyoviy moddalar, chang va hokazo) himoya qilish uchun.
Evakuatsiya rejasida nimalar ko`rsatilishi kerak?
Evakuatsiya yo`nalishi va chiqish eshiklari.
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi xodimni ishlarni bajarish vaqtida xavfsizlik texnikasi bo'yicha yo'riqnomadan (instruqtajdan) qachon o'tkazishi shart?
Xodim ishga qabul qilinganda (kirish yo'riqnomasi), ish joyining o'zida (birlamchi), shuningdek davriy ravishda (takroriy — odatda har 6 oyda bir marta), xavfli ishlarni bajarishdan oldin (maqsadli) va texnologik jarayonlar o'zgarganda (navbatdan tashqari).
Elektr jihozlari yong`inida qanday turdagi o`t ochirish vositasidan foydalaniladi?
Karbonat angidritli (CO2) o`t ochirish vositasidan.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko'ra, xodimlarga mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq keladigan ish o'rinlarini ta'minlash kimning majburiyati hisoblanadi?
Ish beruvchining (korxona rahbari/ish beruvchi mas'ul).
Kimyoviy laboratoriyalarda kislota va eritmalar bilan ishlaganda tana va kiyimni saqlash uchun nima kiyiladi?
Laboratoriya xalati va kimyoviy fartuk.
Zilzila paytida binodan chiqishda liftlardan foydalanish nima uchun taqiqlanadi?
Elektr ta'minoti uzilib qolishi yoki zilzila tufayli shaxta deformatsiyalanib, lift ichida qolib ketish xavfi yuqori bo'lgani uchun.
Elektr toki urgan odamni qutqarishdagi ilk qadam qanday bajariladi?
Darhol elektr zanjirini o'chirish (rubilnikni uzish) yoki quruq yog'och yordamida simni uzoqlashtirish.
Tok urgan jabrlanuvchiga yordam berish vaqtida qutqaruvchining o'zi ham tok ostida qolmasligi uchun oyog'i ostiga nima qo'yishi shart va nima uchun?
Quruq taxta, rezina gilamcha yoki qalin plastmassa kabi dielektrik (tok o'tkazmaydigan) to'shama, chunki yer orqali elektr zanjiri yopilib, qutqaruvchini ham tok urish xavfi bor.
Ish beruvchi va xodimlar o'rtasida mehnat muhofazasi bo'yicha o'zaro majburiyatlar va shartlarni belgilovchi korxona ichki hujjati nima deyiladi?
Jamoa shartnomasi (Kollektiv shartnoma).
Chang, tutun yoki zararli moddalar bor havoda nafas olish yo'llarini himoya qiluvchi Respirator va Protivogazning bir-biridan asosiy farqi nimada?
Respirator faqat chang va yengil aerozollardan himoya qiladi; Protivogaz esa maxsus filtri yordamida havoni zaharli gazlar va bug'lardan ham to'liq tozalaydi.
Bino ichida tutun ko'payib ketganda xonadan qanday usulda chiqib ketish kerak?
Yuzni nam sochiq/doka bilan yopib, enkayib yoki emaklab (chunki tutun yuqoriga ko'tariladi).
Korxonada og'ir tan jarohati bilan bog'liq baxtsiz hodisa sodir bo'lganda, bu haqda maxsus komissiya tuzib tekshirishni boshlash uchun ish beruvchi hodisa haqida qancha muddatda tegishli organlarga xabar berishi shart?
Zudlik bilan, ya'ni 24 soat ichida xabar berilishi shart.
Yonayotgan maydonni o't o'chirgich bilan o'chirayotganda oqimni (struyani) olovning qaysi qismiga yo'naltirish kerak?
to'g'ridan-to'g'ri yonayotgan manbaning tubiga (asosiga).
Konstitutsiyaning 42-moddasiga muvofiq, ish xodimga qanday mehnat sharoitlari va ish haqi kafolatini beradi?
Xavfsizlik va gigeniya talablariga javob beradigan xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash hamda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan haq olish huquqini kafolatlaydi.
Elektr payvandchining maxsus kiyimi (spesovka) nima uchun faqat brezent, charm yoki maxsus shisha-tolali matodan tayyorlanadi?
Chunki sintetik matolar issiqlikda erib badanga yopishadi, ushbu matolar esa yonmaydi, erimaydi va uchqunga chidamli.