Mehnat huquqining huquq sub'ektlari kimlar?
Xodim va ish beruvchi (ularning vakillik organlari ham)
Odatda ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh qancha?
16 yosh
Mehnat kodeksiga ko'ra ish beruvchi bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy sub'ektlar kimlar?
Korxonalar (ularning tarkibiy bo'linmalari), 18 yoshga to'lgan ayrim shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar
Jamoa shartnomasi nima?
Korxonada ish beruvchi xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat
Jamoa kelishuvi nima?
Muayyan kasb, tarmoq yoki hudud hodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash bo'yicha majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi normativ hujjat
Mehnat huquqi sub'ekti bo'lish uchun qanday jismoniy talab bo'lishi kerak?
Huquqiy layoqat va muomala layoqatiga ega bo'lish
15 yoshli o'quvchini qanday shartlar bilan ishga olish mumkin?
Ota-onasidan yozma roziligi bilan, sog'lig'iga zarar yetkazmaydigan yengil ishga, o'qishdan bo'sh vaqtida
Yuridik shaxs bo'lgan ish beruvchilar mulkchilik shakliga ko'ra qanday turlarga bo'linadi ?
Davlat, nodavlat, chet el investori ishtirokidagi, yakka yoki jamoaviy mulkka asoslangan
Jamoa shartnomasini kimlar tuzadi?
Bir tomondan xodimlar (kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillar organi), ikkinchi tomondan ish beruvchi yoki uning vakillari
Jamoa kelishuvining asosiy turlari qaysilar ?
Bosh kelishuv, tarmoq kelishuvi, hududiy kelishuv
Mehnat huquqiy layoqat fuqarolik huquqiy layoqatidan qanday farq qiladi?
U tug'ilgandanoq emas, balki muayyan yoshga yetganda va mehnatga layoqatli bo'lganda paydo bo'ladi
18 yoshga to'lmagan shaxslarni qanday ishlarga qabul qilish tekshiriladi?
Noqulay mehnat sharoitlari mavjud bo'lgan ishlar (maxsus ro'yxat bo'yicha)
Ish beruvchining asosiy huquqlaridan uchtasini ayting ?
Korxonani boshqarish, mehnat shartnomalarini va bekor qilish, xodimdan ishni lozim darajada bajarishni talab qilish
Jomoa shartnomasi qachon kuchga kiradi?
Imzolangan vaqtdan yoki shartnomada ko'rsatilgan kundan boshlab
Bosh kelishuv kimlar o'rtasida tuziladi ?
O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari (zarurat bo'lsa Hukumat bilan)
Mehnat huquqi sub'ektlari sifatida kimlar ishtirok eta oladi?
Xodim, ish beruvchi, nazorat qiluvchi vakillik organlari, ish beruvchining vakillik organlari
Xodimning mehnat huquqiy layoqati qanday tarzda cheklanishi mumkin?
Jinoyat sodir etganligi uchun muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ma'muriy huquqbuzarlik tufayli (masalan, transportni boshqarish huquqidan mahrum etish)
Ish beruvchi xodimdan nimalarni talab qila olmaysiz?
Mehnat vositalariga kirmaydigan, qonunga xilof yoki hayot va sog'liq uchun xavfli zararni
Jamoa shartnomasi qabul qilinishi uchun mehnat jamoasi umumiy yig'ilishida qancha ovoz kerak ?
Ishtirok etayotganlarning 50 foizidan ko'prog'i yoqlab ovoz berishi kerak
Jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzishning asosiy tamoyillaridan 4 tasini ayting ?
Qonunga amal qilish, vakillarning vakolatliligi, teng huquqlilik , majburiyatlarni ixtiyoriy olish, haqiqatda bajarilishini ta'minlash
Mehnat huquqi sub'ekti bo'lishning 4 ta asosiy belgisini ayting.
1) Huquqiy maqomga ega bo'lish 2) Huquq va boshqaruvchilar egasi bo'lish 3) Ularning qonun bilan kafolatlanishi 4) Buzilgan huquqlarni himoya qilish
Xodimlarni toifalarga bo'lishda “boshqaruv xodimlari” kimlar hisoblanadi?
Boshqaruv funktsiyalarini bajaradigan, xodimlarga rahbarlik qiladigan, qarorlar qabul qiladigan xodimlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar necha nafar shogirdni jalb qila oladi ? (hunarmandchilikda)
Ko'pi bilan 5 nafar
Korxona xo'jayini o'rgarganda jamoa shartnomasi qancha muddat o'z kuchini saqlab qoladi ?
6 oy
Jamoa kelishuvining amal qilish muddati qancha bo'lishi mumkin ?
3 yildan oshmasligi lozim