Merchandising atamasi qaysi inglizcha so'zdan keli chiqqan?
MERCHENDISE
SKU qisqartmasi nimani anglatadi?
Stock Keeping Unit – alohida tovar hisob birligi.
Vitrina merchandisingining asosiy vazifasi nima?
Xaridor e'tiborini jalb qilish.
POS-materiallar nima?
Savdo nuqtasida foydalaniladigan reklama va axborot vositalari.
Impulsiv xarid nima?
Oldindan rejalashtirilmagan xarid.
Merchandisingning marketing kompleksidagi asosiy vazifasi nima?
Savdo nuqtasida mahsulot sotilishini rag‘batlantirish.
Assortiment kengligi deganda nima tushuniladi?
Taklif etilayotgan mahsulot guruhlari soni.
Planogramma nima uchun tuziladi?
Tovarlarning javonlarda joylashish tartibini belgilash uchun.
Cross-merchandising qanday usul?
Bir-birini to‘ldiruvchi mahsulotlarni yonma-yon joylashtirish.
Xaridorning qaror qabul qilishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri nima?
Narx, sifat, brend, qadoq yoki reklama.
Merchandisingning asosiy subyektlari kimlar?
Ishlab chiqaruvchi, distribyutor, sotuvchi va xaridor.
Assortiment chuqurligi nimani ifodalaydi?
Bir mahsulot guruhidagi turli model, tur, o‘lcham va variantlar sonini.
Facing atamasi qanday ma'noni anglatadi?
Tovarning javon oldidan ko‘rinadigan qadoqlari soni.
Up-selling strategiyasining asosiy maqsadi nima?
Xaridorni yuqoriroq narxli yoki yaxshiroq xususiyatli mahsulotni tanlashga undash.
RFID texnologiyasi merchandisingda nima uchun ishlatiladi?
Tovarlarni identifikatsiyalash va zaxiralarni kuzatish uchun
Merchandisingda 5R tamoyili qanday mazmunni anglatadi?
Kerakli tovar, kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli miqdorda va kerakli narxda bo‘lishi.
ABC tahlilida A guruhidagi tovarlar qanday xususiyatga ega?
Odatda savdo yoki foydaning eng katta ulushini ta'minlaydigan muhim tovarlar.
Ranglar uyg‘unligi mahsulot taqdimotida qanday psixologik ta'sir ko‘rsatadi?
Xaridorning hissiy qabul qilishi va e'tiboriga ta'sir qiladi
BTL reklamaning merchandising bilan bog‘liqligi nimada?
Savdo joyida bevosita reklama, aksiya va rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirishda.
Heatmap texnologiyasi qanday imkoniyat yaratadi?
Xaridorlarning e'tibor va harakat zonalarini aniqlashga yordam beradi.
Merchandisingning marketing strategiyasini amalga oshirishdagi ahamiyati nimada?
Mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligini va xaridor bilan savdo nuqtasidagi aloqani kuchaytiradi.
Pareto tamoyili assortimentni boshqarishda qanday qo‘llaniladi?
Tovarlarning kichik qismi ko‘pincha umumiy natijaning katta qismini ta'minlashini aniqlashda.
Visual merchandisingda kompozitsiya va vizual muvozanatning ahamiyati nimada?
Mahsulotlarni tartibli, jozibali va tushunarli ko‘rsatib, xaridor e'tiborini boshqaradi.
Trade marketing va merchandising o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Trade marketing savdo hamkorlari va kanallarini rivojlantiradi, merchandising esa mahsulotning savdo joyidagi taqdimotiga e'tibor qaratadi.
Omnichannel merchandising nima?
Onlayn va oflayn savdo kanallarida yagona va izchil mahsulot taqdimotini tashkil etish.