Merkantilistlar adabiyoti yevropada yaratilgan bo'lsada,uning asosiy g'oyalari kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
Fransuzlar va inglizlar
Dastlabki merkantilistlar qaysi siyosatni va nimalarni haqiqiy pul shaklida qaraydi?
"Pul balansi" va oltin bilan kumush
Nima uchun ispaniyada oltin va kumushni mamlakatdan olib chiqish qat'iyan taqiqlangan?
Chunki boylik faqat qimmatli metallar va pul Deb qaralgan,shuning uchun ularni saqlab qolish istagi kuchli bo'lgan.
Uilyam Stafford qaysi asarni yozgan?
“Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni”
Merkantilistlar asosan qaysi soha amaliyotiga e’tibor qaratgan va bu ularga nima berdi?
Muomala sohasiga. Bu ularga savdo, ssuda va pul muomalasi qonuniyatlarini aniqlash imkonini berdi.
.
Merkantilistlar iqtisodiy nazariyasi kimlar tomonidan yaratilgan va qanday masalalarga qaratilgan?
Savdogarlar va tadbirkorlar,siyosiy muammolarga qaratilgan.
Keyingi merkantilistlar dastlabki merkantilistlar I nima uchun tanqid qiladi?
Tashqariiga pul chiqarishni man etgani ,importni cheklagani uchun
Marian kim va u qanday talabni ilgari surgan?
Marian — ispan bimetall monetar nazariyasining himoyachisi bo‘lib, u xorijiy monetalarga almashtiriladigan tovarlarni chiqarishdan boshqa barcha tashqi savdoni taqiqlashni talab qilgan.
Stafford merkantilizmga xos qanday choralarni taklif qilgan? (kamida 2 ta)
To‘la qimmatli pullardan foydalanish, xomashyo eksportini taqiqlash, qimmat xorijiy tovarlarni iste’mol qilishni man etish, Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni chetdan olib kirishni taqiqlash.
Nega merkantilistlar uchun ishsizlik muhim bo‘lmagan?
Javob: Chunki ular ishsizlikni odamlarning ishlamaslik istagi, ya’ni yalqovlik yoki axloqiy buzuqlik deb tushuntirishgan.
Sxolastik va merkantilistik adabiyotlar kim tomonidan va qaysi asariga jamlandi?
Adam Smit "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tog'risidagi tadqiqot".
Real boylik bu---
Olik pullar yigindisi emas,balki yangi pullarni, ya'ni kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir
Monkreten qanday choralar orqali mamlakat bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qilgan?
Mahsulotlar sifatini yaxshilash, hunarmandchilik maktablari ochish, o‘z savdogarlariga monopol huquq berish, ichki ishlab chiqarilgan tovar savdosini kengaytirish orqali.
Tomas Manniing “Angliyaning tashqi savdodagi boyligi” asarida asosiy g‘oya nima edi?
Boylikning manbai faqat tashqi savdo bo‘lib, mamlakat ko‘proq sotishi va kamroq xarid qilishi kerak. Pul erkin harakatda bo‘lishi zarur.
Kolberning proteksionistik siyosati qanday natija berdi?
Ijobiy tomoni – manufaktura sanoati rivojlandi. Salbiy tomoni – fermer xo‘jaliklarining shakllanishiga to‘sqinlik qilindi.
Nima tufayli metropoliylar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi.
Noekvivalent savdo
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiati ortasidagi nomutanosiblik haqida qanday fikr bildirgan.?
Davlat boyligi tovar,istemol,ishlab chiqarishda emas,balki qimmmatbaho metallarga ega ekanligida
Kolbert proteksionistik siyosat olib borganda qishloq xo‘jaligi nega orqada qolib ketdi?
U sanoat va manufakturalarga asosiy e’tiborni qaratib, qishloq xo‘jaligiga yetarli ahamiyat bermagan.
Nega Adam Smit merkantilistlar nazariyasini rad etdi va Tomas Manni ularning “lideri” sifatida ko‘rsatdi?
Chunki merkantilizm boylikni faqat tashqi savdo va qimmatbaho metallarda ko‘rgan. Adam Smit esa boylik manbayini mehnat va ishlab chiqarishda deb hisoblagan. Shuning uchun u merkantilistlarning qarashlarini tanqid qilgan.
Merkantilizmning fikricha, davlatning iqtisodiy roli qanday bo'lishi kerak
Faol aralashuv
Merkantilizmda ish haqini past darajada ishlab turishi siyosati qanday iqtisodiy maqsadlarga xizmat qilgan?
Arzon ishchi kuchini ta'minlash ,ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va eksport narxini raqobatbardosh qilish uchun.
Keyingi merkantilistlarning metalistik nazariyadan pulning miqdoriy nazaryasiga asoslanish nimaga sabab boldi?
Monometalizm
Monkreten va Kolbertning merkantilistik g‘oyalarida qanday o‘xshashlik va farqlar bor edi?
Ikkalasi ham davlat aralashuvini qo‘llab-quvvatladi, tashqi savdoga katta e’tibor berdi. Farqi shundaki, Monkreten nazariy asoslarni ishlab chiqqan bo‘lsa, Kolbert ularni amalda qo‘lladi.
Jon Lo bozor bahosining biroz oshishi qanday natijaga olib keladi deb hisoblagan?
Unga ko‘ra, tovar narxlarining ozgina oshishi ishlab chiqarish hajmining va tovar taklifining ancha ko‘payishiga olib keladi.
Dastlabki merkantilizm nimani takidlagan
Pul balansi