"Iqtisodiy tanlov" nima?
Iqtisodiy tanlov — bu cheklangan resurslardan qanday foydalanishni hal qilish jarayoni bo‘lib, odamlar yoki tashkilotlar ehtiyojlariga qarab eng ma’qul variantni tanlaydilar.
"Diskriptiv tahlil" nima?"
Diskriptiv tahlil — bu iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni faqat tasvirlash, ularni izohlash bilan cheklanadigan tahlildir, unda baho yoki fikr bildirilmaydi.
"Taklif qonuni" qanday tushuniladi?
Taklif qonuni — bu narx oshgan sari ishlab chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot taklif qilishga intilishi, narx pasaysa esa taklif kamayishini ifodalovchi iqtisodiy qonundir.
"Noelastik talab" nima?"
Noelastik talab — bu mahsulot narxi o‘zgarganda talabning juda kam o‘zgarishi bilan xarakterlanadigan talab turi. Ya’ni, narx oshsa yoki pasaysa ham odamlar mahsulotni deyarli avvalgidek sotib olaveradi.
😄
-200 yoki raqib uchun +100
"Pozitiv tahlil" deganda nimani tushunasiz?
Pozitiv tahlil — bu iqtisodiy hodisalarni mavjud faktlar va real ma’lumotlar asosida o‘rganish bo‘lib, “nima sodir bo‘layapti?” degan savolga javob beradi.
"Normativ tahlil" nimani anglatadi?
Normativ tahlil — bu iqtisodiy jarayonlarga baho berib, qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadigan tahlil bo‘lib, “nima qilish kerak?” degan savolga javob beradi.
Muvozanatli narx nima?
bu shunday narxki bunda talab hajmi har doim taklif hajmiga teng va bu hajm muvoznatli hajm deb ham ataladi.
"O‘rinbosar tovarlar mavjudligi" nima?"
O‘rinbosar tovarlar mavjudligi — bu bir mahsulot narxi oshsa, iste’molchilar uning o‘rniga boshqa o‘xshash tovarni sotib olishga moyilligi bilan bog‘liq tushuncha.
😃
+200 menga yoki raqib uchun -200
"Nuqtaviy elastiklik" nima?"
Nuqtaviy elastiklik — bu talab yoki taklifning narxdagi juda kichik o‘zgarishga nisbatan sezgirligini o‘lchash usuli bo‘lib, u aynan bir nuqtadagi elastiklikni ifodalaydi.
"Elastiklik nimani ifodalaydi?"
Elastiklik — bu talab yoki taklifning narx, daromad yoki boshqa omillardagi o‘zgarishlarga nisbatan sezgirligini ifodalaydi.
"Yoysimon va nuqtaviy elastiklik qanday hisoblanadi?"
doskada yozib korsating agar togri bolsa yaxshi
"To‘rsimon model qanday izohlanadi?"
To‘rsimon model — bu iqtisodiy o‘zgaruvchilar, masalan, narx va miqdor orasidagi bog‘liqlikni chiziqli ko‘rinishda tasvirlaydigan model bo‘lib, odatda talab va taklifni grafigi yordamida tushuntirish uchun ishlatiladi.
🙂
+100 bizga yoki raqib uchun +200
"Mikroiqtisodiyot fanining predmeti nimadan iborat?"
Mikroiqtisodiyot fani — bu individual iste’molchilar, firmalar va bozorlarning iqtisodiy xatti-harakatlarini, ularning resurslardan samarali foydalanishini va narxlar mexanizmini o‘rganadi.
Mikroiqtisodiyotda “normativ tahlil” va “pozitiv tahlil” o‘rtasidagi asosiy farqni real hayotiy misol bilan tushuntiring.
Pozitiv tahlil – “agar minimal ish haqi oshsa, ishsizlik oshadi” (fakt asosida); normativ tahlil – “minimal ish haqi oshirilishi kerak, chunki ishchilarni himoya qilish lozim” (qimmat baho).
To‘liq raqobat va monopol bozorlaridagi narx belgilash mexanizmlarini taqqoslab bering.
To‘liq raqobatda narx bozor tomonidan, talab va taklif o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi; monopolist esa narxni belgilashda yagona sotuvchi sifatida marjinal daromad va marjinal xarajatni solishtirib optimal narxni aniqlaydi.
Elastik va noelastik talabning bozor reaktsiyasi
Elastik talabda narx pasayishi jami daromadni oshiradi, narx oshishi esa kamaytiradi. Noelastik talabda esa narx oshsa, jami daromad oshadi, pasaysa kamayadi. Masalan, dori-darmonlar odatda noelastik talabga ega.
Xato qilmaslikning siri bu--
xato qilmaslik
endi ikki tarafga ham qiyin boladi boladi sizga ham dushmanga ham -400
Monopol bozor sharoitida marjinal daromad va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring.
Monopolist sotadigan mahsulot bir xil bo‘lgani sababli, u narxni belgilashga qodir. Marjinal daromad har doim narxdan past bo‘ladi, chunki narx oshganda qo‘shimcha birlikni sotish qiyinlashadi. Optimal ishlab chiqarish darajasi marjinal daromad = marjinal xarajat bo‘lgan nuqtada aniqlanadi.
Narxlar cheklovlari bozor muvozanatiga qanday ta’sir qiladi?
Narxlar cheklovlari (plafon yoki pol) bozorning tabiiy muvozanatini buzadi: plafon narxda yetishmovchilik, pol narxda ortiqcha taklif yuzaga keladi.
Mikroiqtisodiyotda “normativ tahlil” qaror qabul qilish jarayonida qanday rol o‘ynaydi?
Normativ tahlil bozor qarorlarini faqat faktlarga asoslanmagan, balki qiymat bahosi bilan qo‘llab, “nima qilish kerak” savoliga javob beradi. Masalan, davlat siyosatini shakllantirishda minimal ish haqini oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Bozor iqtisodiyotida monopol va to‘liq raqobat sharoitlarida narx va ishlab chiqarish darajasi qanday farq qiladi?
To‘liq raqobatda narx bozor tomonidan aniqlanadi, ishlab chiqarish optimal bo‘ladi (MC = P); monopolist esa narxni yuqoriroq belgilaydi va ishlab chiqarish hajmi kamayadi, chunki u bozor kuchiga ega va daromadni maksimal qilishga intiladi.
😎
Nafsim meni balo, dur ne ko‘ylarga saladur siz uchun maxsus -200