A
B
D
E
F
100

Mashhur shaxmat ustasi Garri Kasparov o‘z intervyularidan birida shunday deydi: "Siz shaxmat taxtasida bir necha soat davomida eng yaxshi yurishni qidirib, nihoyat uni topishingiz mumkin. Lekin bu vaqt ichida siz faqat bitta narsani yo'qotasiz — u ham bo'lsa boshqa variantlarni amalga oshirish imkoniyatidir". Iqtisodiyotda biror qarorni qabul qilish evaziga boy berilgan eng yaxshi imkoniyat nima deb ataladi?

Muqobil xarajat

100

17-asrda Gollandiyada "Tyulpanmaniya" avj olganida, bir dona nodir lola piyozchasi uchun odamlar o‘z uy-joylari va yerlarini berishga tayyor edilar. Bu holat odamlarning o'sha narsaga bo'lgan xohishi va sotib olish qobiliyati yuqori ekanligini ko'rsatardi. Bozordagi ushbu fundamental tushunchani toping.

Talab

100

Lotin tilida ushbu so'z "birgalikda yugurish" yoki "to'qnashish" degan ma'nolarni anglatadi. Sportda bu g'alaba uchun kurash bo'lsa, tabiatda turlarning omon qolishi uchun kurashdir. Bozorda esa bu jarayon narxlarning pasayishiga va sifatning oshishiga xizmat qiluvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Gap nima haqida ketmoqda?

Raqobat

100

Qadimiy Rimda legionerlarga maosh sifatida tuz, g‘alla va zaytun moyi berilgan. Bugungi kunda hukumatlar insonning minimal darajada yashab qolishi uchun zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlarning shartli to'plamini belgilab qo'yishadi. Fransiyada bu ro'yxatga hattoki sharob va kosmetika vositalari kiritilgan. Ushbu "idish" shaklidagi majmuaviy atamani ayting.

Iste'mol savatchasi

100

Oskar Uayld shunday degan edi: "Hozirgi yoshlar hamma narsaning BU ko'rsatkichini bilishadi, lekin hech narsaning qadrini (qiymatini) bilishmaydi". Savdoda mahsulotning pul ko'rinishidagi ifodasi bo'lgan, raqamlar bilan o'lchanadigan Bu tushuncha nima?

Narx

200

19-asrda Irlandiyada kartoshka hosili kasallik tufayli keskin kamayib ketadi. Mantiqan, kartoshka narxi oshgach, odamlar uni kamroq sotib olishi kerak edi. Biroq, hayratlanarlisi shundaki, narx oshgani sayin kambag'al aholi go'sht va boshqa qimmat mahsulotlardan voz kechib, ko'proq kartoshka sotib ola boshlashgan. Iqtisodiyotda "Giffen tovari" deb ataladigan bu hodisa qaysi fundamental qonuniyatga zid keladi?

Talab qonuni

200

Mashhur sotsiolog Torsteyn Veblen "ko'z-ko'z qilish iste'moli" haqida yozgan. Masalan, ba'zi odamlar qimmatbaho soat yoki avtomobilni aynan uning narxi o'ta yuqori bo'lgani uchun sotib olishadi. Agar bu buyumlar arzonlashsa, ular o'z jozibasini yo'qotadi va boylar uni sotib olmay qo'yadi. Bu yerda narx nafaqat to'lov, balki qaysi ijtimoiy ko'rsatkich vazifasini bajarmoqda?

Status yoki ijtimoiy mavqe

200

Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniyada qahva yetishmovchiligi sababli sikoriy o'simligidan tayyorlangan ichimlik ommalashdi. Braziliyada shakar narxi oshsa, odamlar ko'proq sun'iy tatlandirgichlarga o'tishadi. Iqtisodiyotda bunday mahsulotlar qanday ataladi?

O'rinbosar tovarlar

200

Fiziokratlar maktabi vakillari barcha boyliklarning yagona manbai aynan SHU deb hisoblashgan. Ularning fikricha, sanoat va savdo faqatgina mavjud narsani shakllantiradi, lekin SHU resursgina tabiatdan yangi qiymat yaratib beradi. Ishlab chiqarishning bu  omili nima?

Yer

200

Mashhur "Piramida" qurilishlarida minglab odamlar o'zlarining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini sarflashgan. Karl Marks buni "insonning o'z hayotiy faoliyatini mahsulot yaratish uchun sarflashi" deb ta'riflagan. Bu nima?

Ishchi kuchi

300

1900-yillarning boshida King Jillett o'zining ustaralarini juda arzon, ba'zan tekinga tarqatgan. Uning maqsadi odamlarni keyinchalik muntazam ravishda lezviyalarni sotib olishga o'rgatish edi. Birining iste'moli ikkinchisisiz ma'noga ega bo'lmagan bunday "juftlik" tovarlar iqtisodiyotda qanday nomlanadi?

To'ldiruvchi tovarlar

300

Amerikalik iqtisodchi Jorj Akerlof "Limonlar bozori" asarida ishlatilgan mashina sotib oluvchi va sotuvchi o'rtasidagi vaziyatni tahlil qilgan. Sotuvchi mashinaning barcha ayblarini biladi, xaridor esa yo'q. Tomonlarning birida ma'lumotning ko'p, ikkinchisida kam bo'lish holati qanday nomlanadi?

Asimmetrik axborot

300

Uni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, tarozida tortib bo‘lmaydi. Lekin u bo‘lmasa xaridor ham, sotuvchi ham bir-biriga ishonmaydi. O‘rta asr bozorlarida aynan shu narsa yetishmagani uchun savdo to‘xtab qolgan holatlar bo‘lgan. U nima?

Axborot

300

Xaridor xohlagancha tanlay olmadi. Sabab taqiq ham, mahsulot yo‘qligi ham emas edi. Uni har doim kuzatib yuradigan, lekin ko‘rinmaydigan chiziq bor edi. Bu nima?

Byudjet chizig'i

300

Genri Ford o'z ishchilariga o'sha davr uchun juda katta — kuniga 5 dollar maosh to'lay boshlagan. Boshqa tadbirkorlar uni "ahmoqlikda" ayblashgan, chunki bu xarajatlarni keskin oshirardi. Biroq Fordning mantiqi boshqa edi: u o'z ishchilarini nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki Xga aylanishini xohlagan. X nima?

Iste'molchisi

400

1970-yillarda Yevropa Ittifoqi dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sut mahsulotlariga "minimal kafolatlangan narx" belgiladi. Narx bozor darajasidan baland bo‘lgani uchun hamma sut topshirishga o‘tdi, lekin aholi buncha sutni sotib olmadi. Natijada tarixda "Sariyog‘ tog‘lari" va "Sut ko‘llari" degan iboralar paydo bo'ldi. Taklif talabdan keskin oshib ketgan ushbu holat qanday ataladi?

Bozor ortiqchaligi

400

Genri Ford o‘z davrida ixtirochi emas edi (u mashinani o‘ylab topmagan), u investor ham emas edi (pulni boshqalardan olgan). Uning asosiy xizmati — mavjud resurslarni, ishchilarni va yangi texnologiyani birlashtirib, dunyodagi birinchi konveyerni tashkil qilganidir. Genri Ford kim edi?

Tadbirkor

400

XVIII asr oxirida ingliz olimi Robert Hooke metall chiziqlarni cho‘zib, ularning o‘ziga qaytishini kuzatgan. U shuni aniqladiki, kuch ortsa, chiziq ham shunga mos ravishda cho‘ziladi, ammo kuch olib tashlanganda u yana boshlang‘ich shakliga qaytadi. Shu printsip hozirda bozor iqtisodiyotida mahsulot yoki xizmatning narx yoki talabga qanday javob berishini tushuntirish uchun ham ishlatiladi. Bu iqtisodiy tushuncha qaysi?

Elastiklik

400

1945-yilda urushdan keyingi Germaniyada qog'oz pullar o'z qiymatini yo'qotganida, odamlar bir dona sigaret uchun bir kilogramm go'sht berishga tayyor edi. Chunki do'konlarda tovarlar mutlaqo yo'q edi va ularga ega bo'lish uchun hamma narsadan voz kechishardi. Resurslarning ehtiyojga nisbatan cheklanganligi va yetishmasligi bilan bog'liq bu holatni toping.

Taqchillik

400

1990-yillarda mobil operatorlar bozorida ayrim kompaniyalar yangi tariflarni bir-biri bilan kelishgan holda e’lon qilgan. Agar biri chegirma taklif qilsa, boshqalar ham shunga javob bergan. Natijada iste’molchilar erkin tanlovga ega bo‘lmagan. Bu iqtisodiy hodisa qaysi tushunchani ifodalaydi?

Oligopoliya

500

Adam Smit buni "qiymatning puldagi ifodasi" deb atagan. Bu ko'rsatkich bozordagi barcha axborotni o'zida jamlaydi: agar u oshsa, mahsulot yetishmayotganini, tushsa — ortiqcha ekanini bildiradi. Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi kelishuv natijasi bo'lgan Bu  nima?

Narx

500

XX asr boshlarida ba’zi temir yo‘l kompaniyalari yo‘lovchilarni turli sinflarga ajratgan: bir xil masofaga sayohat qilsa ham, birinchi sinf yo‘lovchilari ko‘proq qulaylik va xizmat olgan, ikkinchi yoki uchinchi sinf esa arzonroq narxda, ammo xizmat chegaralangan edi. Shu holat iqtisodda qanday tushunchani ifodalaydi?

Diskriminatsiya

500

1920-yillarda kino teatri egasi bilet narxini oshirganida, ba’zi tomoshabinlar kelishdan voz kechgan, ammo umumiy daromad hali ham oshgan. Egasi narx va sotilgan biletlar sonini hisoblab, barcha biletlar uchun tushgan jami daromadni o‘lchagan. Bu iqtisodiy tushuncha qanday ataladi?

 Yalpi daromad

500

1950-yillarda shaharda bir nechta kichik qahvaxona mavjud bo‘lib, har biri o‘z mahsulotini boshqa qahvaxonaga o‘xshamas tarzda taklif qilgan: turli lazzat, dizayn va xizmat. Xaridorlar tanlovga ega bo‘lsa-da, narx raqobatni cheklamagan. Shu bozor shakli iqtisodchilar tomonidan qaysi tushuncha bilan izohlanadi?

 Monopolistik raqobat

500

XIX asr oxirida AQShda boy sanoat egalari o‘z uylarini zamonaviy jihozlar bilan to‘ldirgan: gaz lampalari, muzlatgichlar va qimmatbaho mebellar. Dastlab bu buyumlar qulaylikni oshirgan, ammo har bir qo‘shimcha buyum ular uchun qo‘shimcha foydani kamaytirgan. Shu jarayon iqtisodda qanday tushuncha bilan ifodalanadi?

Naflilik

M
e
n
u