Boshqa omillar o'zgarmaganda, tovar narxi oshsa, unga bo'lgan talab hajmi qanday o'zgaradi?
Talab hajmi kamayadi (Talab qonuni).
Sanoatda sanoqli (2 tadan 10 tagacha) yirik firmalar hukmronlik qiladigan bozor turi qanday ataladi?
Oligopoliya
Iste'molchi tovar yoki xizmatni iste'mol qilishdan oladigan qoniqish darajasi nima deyiladi?
Naflik
Monopolist firmaning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Foydani maksimal darajaga yetkazish.
Ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmagan (masalan, bino ijarasi) xarajatlar qanday ataladi?
Doimiy xarajatlar
Tovar narxi va taklif etilayotgan mahsulot miqdori o'rtasidagi bog'liqlik qanday yo'nalishda bo'ladi?
To'g'ridan-to'g'ri / musbat (Narx oshsa, taklif ham oshadi).
Faqat bitta xaridor (oluvchi) va ko'plab sotuvchilar bo'lgan bozor turi qanday nomlanadi?
Monopsoniya
Ketma-ket iste'mol qilingan har bir qo'shimcha birlik tovardan olinadigan naflik qanday nomlanadi?
Chekli naflik
Bir xil mahsulotni har xil xaridorlarga har xil narxlarda sotish amaliyoti nima deyiladi?
Narx kamsitilishi
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan o'zgarib boradigan xarajatlar (masalan, xomashyo) qanday xarajatlar deyiladi?
O'zgaruvchan xarajatlar
Bitta tovar narxining oshishi ikkinchi tovarga bo'lgan talabning oshishiga olib kelsa, bu qanday tovarlar hisoblanadi?
O'rinbosar tovarlar (Substitutlar).
Oligopoliya bozorida firmalarning narx borasida o'zaro tildak biriktirishi va narxni sun'iy ushlab turishi nima deyiladi?
Kartel kelishuvi
Iste'molchiga bir xil darajadagi umumiy naflik beruvchi tovarlar to'plamini ko'rsatuvchi egri chiziq nima deyiladi?
Befarqlik egri chizig'i
Yangi firmalarning sohaga kirishiga to'sqinlik qiladigan omillar (masalan, patentlar, litsenziyalar) nima deyiladi?
Kirish g'ovlari / to'siqlari
Bitta qo'shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat nima deyiladi?
Chekli xarajat
Tovar narxi 15% ga oshganda, unga bo'lgan talab hajmi o'zgarmay qoldi. Ushbu tovarga bo'lgan talabning narx elastikligi nechaga teng?
E = 0 (Mutlaq neelastik talab).
Qaysi bozor tuzilmasida firmalar uzoq muddatli davrda iqtisodiy foydani nolga tenglashtiradi, lekin ortiqcha quvvatlar saqlanib qoladi?
Monopolistik raqobat bozori.
Iste'molchi daromadining chegaralanganligini va xarid qilishi mumkin bo'lgan tovarlar kombinatsiyasini ko'rsatadigan chiziq nima?
Byudjet chizig'i
Tabiiy monopoliya nima sababdan yuzaga keladi?
Masshtab tejamkorligi sababli bitta firma butun bozorni past xarajat bilan ta'minlay olgani uchun.
Ishlab chiqarish ko'payishi bilan o'rtacha umumiy xarajatlarning (ATC) kamayib borishi hodisasi nima deb ataladi?
Masshtab tejamkorligi
Agar davlat bozorda muvozanat narxidan PASTDAGI eng yuqori narx cheklovini (Price Ceiling) o'rnatsa, bozorda qanday holat yuzaga keladi?
Tovar tanqisligi (дефицит) yuzaga keladi.
Talabning daromad bo'yicha elastikligi E_I = -1.5 ga teng. Ushbu tovar qanday tovarlar guruhiga kiradi va daromad oshganda unga bo'lgan talab qanday o'zgaradi?
Bu past sifatli (pastroq toifadagi ) tovar. Aholi daromadi oshsa, bu tovarga talab kamayadi..
Tovar narxi arzonlashganda, iste'molchining xarid qobiliyati oshishi sababli ushbu tovarni xarid qilish miqdorining kamayishi qanday effekt deyiladi?
Giffen effekti
Monopoliya jamiyat uchun keltirib chiqaradigan toza iqtisodiy yo'qotish (jamiyat farovonligining yo'qolishi) nima deb ataladi?
O'lik yuk" / Yo'qotilgan farovonlik
Firma qanday shart bajarilganda o'z foydasini maksimal darajaga yetkazadi (Maksimal foyda qoidasi)?
Chekli daromad chekli xarajatga teng bo'lganda (MR = MC).