XIV–XVI asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnashiga asos yaratgan davlat qaysi edi?
Temuriylar davlati
“Muhabbatnoma” asari muallifi kim?
Xorazmiy
“Boburnoma” asari muallifi kim?
Zahiriddin Muhammad Bobur
Turdi Farog‘iy o‘z asarlarida kimlarni tanqid qilgan?
Manman beklarni
Temuriylar davrida adabiyot taraqqiyoti faqat hukmdorlarning san’atga mehridan emas, balki yana nimadan dalolat beradi?
Iqtisodiy barqarorlik va ilmiy muhit mavjudligidan
“Gul va Navro‘z” asari kimga nisbat beriladi?
Lutfiy yoki Haydar Xorazmiy
“Shayboniynoma” asarini kim yozgan?
Muhammad Solih
“Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”) asari muallifi kim?
Xoja
Alisher Navoiyga homiylik qilgan Temuriy hukmdor kim edi?
Husayn Boyqaro
“Yusuf va Zulayho” dostoni kim tomonidan yozilgan?
Durbek
“Majolis un-nafois” asari qanday turdagi asar hisoblanadi?
Tazkira
“Rohati dil” asari kim tomonidan yozilgan?
Xo‘janazar Huvaydo
Temuriylar davrida madaniy hayotning yuksalishiga hissa qo‘shgan shoirlardan biri kim edi?
Lutfiy
Mumtoz adabiyotda yetakchi janr bo‘lgan she’riy tur qaysi edi?
Lirika (g‘azal, ruboiy, qit’a va boshqalar)
Tarixiy, memuar asarlar va tazkiralar tarixni o‘rganishda qanday ahamiyatga ega?
Ular tarixiy jarayonlar, davr voqealari va shaxslar haqida bevosita ma’lumot beradi
“Zarbulmasal” asari muallifi kim va u qaysi turdagi asarga kiradi?
Gulxaniy, pandnoma (didaktik) asar