Talmud nima?
Yahudiylikning muqaddas manbasi bo'lmish "Tavrot" ning sharhi. (Ma'lumot uchun Talmud so'zi o'rganish degan ma'noni anglatadi)
Axuramazda so'zining lug'aviy ma'nosini ayting!
yunoncha "Donishmandlik sohibi"
Konfutsiy qayerga dafn etilgan?
Sze daryosi yaqiniga.
Hinduiylikni Hindistonda yoyilishiga hissa qo'shgan qabila nomini ayting!
oriylar
Yahudiylar o'zlarining xudosini nima deb atashadi?
Yahve yoki Adonay
"Sinagoga"ning ma'nosi nima?
yunoncha "jamlanish" , ibroniycha "jamlanish joyi"
Zaratushtra nima ma'noni anglatadi?
"boqiy yulduz" va "chiroyli tuyalarga ega bo'lgan"
"Li" atamasining ma'nosi nima?
"qurbonlik qilish", "o'zini qurbon qilish". Konfutsiylikda esa "LI" quyi tabaqalarning yuqori tabaqaga, ya'ni farzandning ota-onaga xalqning davlat rahbariga bo'ysunishi deb talqin etiladi
Hinduiziylik ta'limotining asosida nima yotadi?
Trimurti
Zarduahtiylik ta'limotiga ko'ra 4 ta muqaddas narsa (4 unsur) ni aytib bering
Olov, havo, suv va tuproq
Yahudiylik ta'limotining asosida nima yotadi?
Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan "O'n amr" ga rioya qilish.
Avesta qaysi tilda yozilgan?
Avesto tilida😁. Ma'lumot o'rnida bu til sanskrit tiliga yaqin til hisoblanadi.
"Jan" ning ma'nosi nima?
xushmuomalalik
Vedalar ichida eng qadimgisi qaysi?
Rigveda
Reinkarnatsiya qaysi dinga mansub va nima ma'noni anglatadi?
Hinduiylik ta'limotiga mansub va ruhning ko'chishi degan ma'noni anglatadi.
Tora (Tanaxning birinchi bo'limi) necha kitobdan iborat va ular qaysilar?
5 kitobdan iborat bo'lib, ular: Ibtido, Chiqish, Leviy, Sonlar, 2-Qonun
Ma'lumki biz Qur'onni Karim bo'laklarini "haftiyak" yoki "pora" deb ataymiz ,hinduizm ta'limotida esa Veda bo'laklari "madala" deyiladi. Xo'sh, Zardushtiylik ta'limotida "Avasta"ning bo'laklari nima deb ataladi?
nask
Konfutsiylikning muqaddas manbalari qaysilar?
"Besh klassika" (U szin) - sheriyat, tarix ,afsun jodu haqida. "To'rt kitob" (Se shu) asosan axloq-odob haqida so'z yuritiladi.
Guru bu?
pir, ustoz
Jen ning ma'nosi?
insonparvarlik
Mezuza bu?
Uzun bir o'ram holidagi "Tavrot"dan jumlalar yozilgan quticha.
Avesta bo'laklaridan eng mukammali qaysi?
Videvrat. (Ma'lumot o'rnida, bu kitobda insonning farovon hayoti , Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari , qasam ichish kabi masalalar yoritilgan.)
BONUS
Tabriklaymiz!
Nirvana nima?
jannat va do'zax, najotga erishish
Sinagoganing markazida joylashgan , Tavrot o'qiladigan minbar nima deb ataladi?(yahudiylik ta'limotiga oid savol)
Bima(yoki teva, almemar)