Iqtisodiy muvozanatlik nima?
bu jamiyat ehtiyojlariga mavjud
iqtisodiy resurslar miqdorining va milliy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishligini tavsiflaydi.
Makroiqtisodiy muvozanatlik nima?
Jamiyat ehtiyojlari bilan uning iqtisodiy imkoniyatlari (resurslari) va ishlab chiqarish natijalarining miqdoran hamda tarkiban mos kelishligidir
Xususiy muvozanatlik nima
bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlari o‘lchamlarining o‘zaro mos kelishidir.
Milliy iqtisodiyot darajasida to‘liq bandlikka va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish nimani taqazo etadi
Makroiqtisodiy muvozanatlik
Umumiy muvozanatlik qiymat ifodasida nimalarning nisbati orqali namoyon boʻladi
Yalpi talab va yalpi taklif
Umumiy muvozanatlik nima
bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
Makroiqtisodiy muvozanatlik turlari
Umumiy muvozanatlik va Xususiy muvozanatlik
Xususiy muvozanatlilik qaysi bog'liqliklar orqali yuzaga chiqadi?
Ishlab chiqarish va isteʼmol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi, byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga boʻlgan talab va taklif
Hududiy mutanosiblik nima
Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni taqozo qilishi
Davlatlararo mutanosiblik nima
Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarish natijalari bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi
Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosiblikni tushuntirib bering
Bunga YaIM va milliy daromad tarkibiy qismlari; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar miqdori bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Tarmoqlararo mutanosiblik nima
Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantiriladi.
Tarmoq ichidagi mutanosiblik
alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari o‘rtasidagi mutanosibliklar.
Milliy iqtisodiyotning muvozanatliligini ta'minlovchi shart-sharoitlar qaysilar
1)Mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish; 2)Mehnat resurslarining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash; 3)narxlarni barqarorlashtirish va uni inflyatsiya ta’siridan holi qilish; 4)iqtisodiy o‘sishni yetarli miqdordagi investitsiyalar bilan ta’minlash va uni muomaladagi pul massasiga bog‘lash; 5)eksport va importni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining ijobiy qoldig‘iga erishish.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda qaysi usullardan foydalaniladi?
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash. 2. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash. 3. Balans usuli. 4. Xarajat va natijalarni taqqoslash
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan "Balans" usulini aytib bering
tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan "Xarajat va natija"larni taqqoslash usulini aytib bering
ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs sarflari olingan mahsulot qiymati bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. Bunda mahsulot birligiga qilingan iqtisodiy xarajatlar uning narxi bilan taqqoslanadi.
Mavzu nechta rejadan iborat edi
4 ta
Mutanosiblik orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini taʼminlab borishdan nimalar koʻzda tutiladi
1)Mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish. 2)To‘liq bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta’minlash. 3)Narxning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan holi qilish. 4)Iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab borish. 5)Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida ijobiy tashqi savdo balansiga erishish.
iqtisodiy mutanosiblikni qanday guruhlarga ajratishimiz mumkin?
1)umumiqtisodiy tavsifdagi 2)tarmoqlararo 3)tarmoq ichidagi 4)hududiy 5)davlatlararo mutanosibliklar
Iqtisodiyot doimiy rivojlanish boʻlsayam nimalarning tarkibida doimiy oʻzgarish roʻy berib turadi
Iqtisodiy sikl fazalari, bozor kon'yukturasi, bozor subyektlarining daromadlari va talabitarkibida
Jami sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli haqida gapirib bering
Bunda iqtisodiyotdagi barcha sarflar miqdori ishlab chiqarishning hajmi - SMM bilan taqqoslanadi
Jamgʻarma va investitsiyalarni taqqoslash usulini aytib bering
Бу ишлаб чиқарилган маҳсулотнинг ҳар қандай ҳажми шунга мос пул даромадини беради. Бироқ аҳоли бу пул даромадининг бир қисмини
Iqtisodiy rivojlanish qanday tarzda roʻy beradi
Siklik
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida qaysi koʻrsatgochlar olinadi?
sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi olinadi.