odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan barcha narsalar majmui bu
Mulk
Bu ixtro 1902-yilda kashf etilgan va bu kashfiyotdan song jinoyatchilarning jinoyati fosh etilishi yengillashgan. Diqqat savol: Bu qaysi ixtro?
Barmoq izi
"Biz endi yosh emasmiz. Dunyoning ustidan g‘alaba qozonishni istamaymiz. Biz qochyapmiz. O‘zimizdan qochyapmiz. Hayotimizdan. Biz o‘n sakkiz yoshda edik va hayotni, dunyoni sevishni endi boshlagandik… ammo uni parcha-parcha qilishga majbur bo‘ldik."
Erix Mariya Remark, "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"
Akademik G'afur G'ulomning "Shum bola"qissasidan:"Badanda bir sarkash a'zo bor bo'lib,u mening ixtiyorimdan tashqarida,biroz o'zboshimcharoq.Unga mening hukmim o'tmaydi. Bilmaganlar bilsinkim u a'zo kamdan kam kishilargagina vafo qilgan".Diqqat savol:Yuqoridagi ta'rif nimaga nisbatan berilgan?
Qorin
Alhimik Inson Kulrang Qiymat Biz yoq joyda kabi albomlar muallifi kim ?
Konsta
– mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo ‘lgan vaziyatdagi bandlik bu
To‘la bandlik
Bir xindu shaharga kelib atrofni aylanib yurib bir oq odamga duch kelibdi. Shunda u oq tanlilar erinchoq xalq. Oq odam mana otirib yurmoqda dedi Savol xindu nimani korgan?
Velosiped
"Kitob — dunyodagi eng beg‘araz do‘st. U sizdan hech narsa so‘ramaydi, faqat beradi." ushbu sozlar kimga tegishli
O`tkir Hoshimov
Bir tabib notanish kishining ovqat ichishini kuzata turib:
-Ovqatdan so'ng sizni kekiradigan odatingiz bormi? -deb so'rabdi.
-Ha, shunday odatim bor lekin siz buni qayerdan bildingiz?
Savol: tabib buni qanday bilgan?
u kishi ovqatni xo'rrillatib ichayotgan bo'lgan.
Bunda ovqat bilan havo ham yutiladi va havo kekirish orqali chiqib ketadi.
"Oskar" mukofoti tarixida eng ko'p (11 tadan) haykalchani qo'lga kiritgan uchta film bor. Ularni topa olasizmi?
"Ben-Hur" (1959), "Titanik" (1997) va "Uzuklar hukumdori: Qirolning qaytishi" (2003).
sotuvchilarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydigan iqtisodiy termin
Taklif
Qadimgi Xitoy aforizmlari ko'p ma'noliligi bilan ajralib turadi.Ularning birida shunday deyiladi: "Uning tishi yo'q bo'lsayam odamni g'ajib tashlashga qodir".U narsa bu iborada ashaddiy mahluqqa qiyoslangan.Eng qizig'i,bu narsa faqat unga ega bo'lganlarnigina g'ajishi mumkin.Ammo ayrimlarda u narsa yo'qligi uchun ham ular qiynalishmaydi.Bu yerda tishli mahluqqa qiyoslangan narsa nima?
Vijdon
– Agar do’sting bo’lishini istasang, mendan o’rnak ol!
– Buning uchun nima qilish kerak? – so’radi u
– Sabr-toqatli bo’lish kerak – javob qaytardi Tulki. – Avvalo, to’g’rimdagi stulga o’tir va birmuncha kut. Men senga ko’z qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz-birozdan yaqin kelaver…
ushbu parcha qaysi asardan olingan
Antuan de Sent-Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda
Futbol tarixida turli qiziqarli voqealar kuzatilgan. Bundan ancha yillar avval Futbol bo'yicha Rossiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish yo'lida hal qiluvchi o'yinda yutqazib qo'yadi va ruslar uchun Jahon chempionati eshiklari yopiladi. Bu mag'lubiyatdan so'ng rus ommaviy axborot vositalari tomonidan Rossiya termasining mana shu hal qiluvchi o'yini haqida maqola chop etiladi. Unda Rossiyaning Musobaqani tark etgani haqida yoritilgan. Maqola nomi ham juda ajoyib edi. Diqqat savol mantiqqa tayangan holda va ruslarning musobaqani tark etganini inobatga olgan holda aytingchi Ruslar qaysi davlat termasidan mag'lub bo'lishgan edi.
Daniya.
Izoh:Maqola nomi "dosviDaniya"
Animatsion filmlar orasida birinchi bo'lib "Eng yaxshi film" nominatsiyasida "Oskar"ga nomzod bo'lgan multfilm qaysi?
"Sohibjamol va maxluq" (Beauty and the Beast, 1991).
bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita qatnashmasdan, unga yordam beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar yig`indisi
Bozor infratuzilmalari
Windows 10 yangilanishlaridan birida UNGA QR-kod va xafa bo’lgan smaylik ham qo’shila boshlangan edi. 2025 yil yozidan boshlab esa QR-kod va xafa smayliksiz faqat qora rangda chiqa boshladi. U nima?
Ko’k o’lim ekrani.
Синий экран смерти; Blue Screen of Death;
Oʻz his tuygʻularingizni izhor qilishdan qoʻrqmang,siz sevgan va qadrlaydigan odamlar siz uchun qanchalik muhim ekanliklarini bilishlari kerak ushbu sozlar kimga tegishli
Dostoyevskiy
1945-yilda bu uyushgan guruh Londondagi Big-ben soatini 5 daqiqa ortda qolishiga sababchi bo'lishdi. Londonliklar hayratlanganliklaridan hech kim bu guruhni to'xtatishga va jazolashga ulgurishmadi. Jinoyatchilar esa voqea joyidan issuz yo'qolishdi. D.S. jinoychilarni toping?
Qushlar
Qaysi zamonaviy qo'shiq YouTube'da birinchi bo'lib 1 milliard ko'rishlar sonidan o'tgan?
PSY — "Gangnam Style" (2012). O'shanda YouTube hisoblagichi bunday katta raqamni ko'rsatishga moslashmagani uchun tizimda nosozlik ham yuzaga kelgan edi.
har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad bu
FOIZ
Amudaryo daryosi boʻyida joyashgan bu orol Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlarini bir-biridan ajratib turuvchi orol bo’lganligi sababli bu yer hozirda harbiy zona hisoblanadi. Orolning nomini kelib chiqishi bu yerda Qur’onda zikr etilgan Zulkifl maqbarasining mavjudligidir. Orol nomini ayting.
Paygʻambar oroli
"Odam - o‘zi hech narsa ishlab chiqarmay, hammasini hazm qiladigan yagona maxluq. U sut bermaydi, tuxum tug‘maydi, omochni sudrash uchun uning kuchi yetmaydi, quyonlarni tutib olish uchun tezligi sust. Shunga qaramay, u barcha jonzotlarning oliy hokimi. U jonivorlarni ishga haydaydi, yemishni faqat ular ochlikdan azob chekmaydigan darajada beradi, qolgan hamma narsa uning ixtiyorida qoladi."ushbu parcha qaysi asardan olingan
Jorj Oruell, "Molxona"
Bugungi kunda biz bilgan Yevropaning eng kuchli hujumkor qanot o'yinchilaridan biri o'zining professional faoliyatini "Sautgempton" klubida chap qanot himoyachisi (mudofaachi) sifatida boshlagan. Keyinchalik u pozitsiyasini o'zgartirib, Chempionlar Ligasi finalida tarixga kirgan akrobatik gollardan birini kiritgan. Ushbu mashhur futbolchi kim?
Garet Beyl (Gareth Bale). U faoliyatini himoyada boshlab, "Tottenhem"da yorqin hujumkor vingerga aylangan va "Real Madrid" tarkibida YChL finallarida qatnashgan.
"Yulduzlar jangi", "Garri Potter", "Yura davri parki" va "Uyda yolg'iz" kabi mashhur filmlarning barchasiga musiqani bir xil kompozitor yozgan. U kim?
Jon Uilyams (John Williams). U "Oskar" mukofotiga eng ko'p (50 martadan ortiq) nomzod bo'lgan tirik afsonadir.