«Kommunikatsiya» so‘zi lotincha qaysi so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
Javob: «Communicatio» – umumiy qilaman, bog‘layman, muloqot qilaman.
CRM – bu nima?
Javob: Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi.
Biznes-kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi amerika mutaxassislari kommunikatsiya kanallarini qanday tiplarga bo‘lishadi?
Javob: Rasmiy va norasmiy.
Jurnalistlar bilan o‘tkaziladigan, sharhlarsiz, faqat rasmiy dalillarni e’lon qilishga qaratilgan qisqa uchrashuv nima deyiladi?
Javob: Brifing.
Reklama kampaniyasi yakunida "post-test" o'tkazishdan asosiy maqsad nima?
Javob: Reklamaning maqsadli auditoriyaga ta'sirini baholash.
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalari (IMK) konsepsiyasining bosh maqsadi nima?
Javob: Barcha kommunikatsiya vositalarini yagona strategiya ostida birlashtirib, sinergetik samaraga erishish.
"Customer lifetime value" (CLV) qanday ahamiyatga ega?
Javob: Bir mijozning butun faoliyati davomida kompaniyaga olib keladigan umumiy foydani ko'rsatadi, bu esa reklama xarajatlarini rejalashtirishda asos bo'ladi.
Firmaning nufuziga putur yetkazmaslik uchun telefon orqali suhbatda aytilishi qat’iyan taqiqlangan ibora qaysi?
Javob: «Men bilmayman».
Reklama faoliyatini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasidagi asosiy qonun qaysi?
Javob: "Reklama to'g'risida"gi Qonun.
Trade Map portali dunyo savdo oqimlarining necha foizini va nechta davlatni qamrab oladi?
Javob: 90% savdo oqimi va 180 ta davlat.
Kommunikatsiya jarayoni qanday vujudga keladi?
Javob: Kommunikator va kommunikant o‘rtasidagi bosqichlar ketma-ketligi natijasida vujudga keladi.
Brending maqsadi nimadan iborat?
Javob: Mijoz ishonchini oshirish.
Tarmoqli marketing faoliyatini muvaffaqiyati uchun nima asos bo‘lib hisoblanadi?
Javob: Uncha katta bo‘lmagan tovarni o‘zining tanishlari o‘rtasida sotuvchi xaridorlar tarmog‘ini tuzish.
Asossiz mish-mishlar natijasida pasaygan korxona obro‘sini tiklash va salbiy axborot oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tadbir nima deyiladi?
Javob: Kontrreklama.
Kommunikant (qabul qiluvchi) nima?
Javob: Ma’lumot uzatilayotgan sub’ekt yoki ob’ekt.
Raqobatbardoshlik nima?
Javob: Boshqa korxonalardan yaxshiroq mahsulot yoki xizmat taklif qila olish qobiliyati.
Kompaniya tomonidan sotuvchilarni o’qitishdan kutiladigan asosiy natija nima hisoblanadi?
Javob: Sotuv hajmini oshishiga erishish. Javob: Sotuv hajmini oshishiga erishish.
"Networking" (shaxsiy aloqalar tarmog'i) shaxsiy sotuvda qanday rol o'ynaydi?
Javob: Potensial mijozlarni topish va ishonch muhitini yaratishga yordam beradi.
PR faoliyatining reklamadan asosiy farqi nimada namoyon bo‘ladi?
Javob: PR tovarni emas, balki korxonani va bozorda emas, balki jamiyatda ilgari suradi.
Reklama nima?
Javob: Tovarlar va xizmatlarni iste’mollik holatlari haqidagi axborot hamda ular uchun talabni shakllantirish maqsadida qilinadigan faoliyat.
Butun dunyo bo‘ylab bir xil logotip va yagona reklama shiori orqali amalga oshiriladigan markazlashgan global kommunikatsiyaga qaysi kompaniya misol bo‘ladi?
Javob: «Coca-Cola».
Narx belgilash usullaridan biri bo'lmaganini toping.
Javob: Faqat davlat tomonidan belgilash.
Shaxsiy sotishda "rapport" (psixologik moslashuv) o'rnatish nima uchun muhim?
Javob: Mijoz bilan ishonchli va samimiy aloqa o'rnatish uchun.
"Corporate advertising" (korporativ reklama) ning asosiy vazifasi nima?
Javob: Kompaniyaning imijini, obro'sini va ishonchliligini oshirish.
Reklamada takrorlanish (frequency - chastota) tushunchasi nimani anglatadi?
Javob: Ma'lum bir foydalanuvchining reklamani o'rtacha necha marta ko'rishi.