Qarz munosabatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz?
Obligatsiya
Muddat oxirida qaytarilishi shart bo‘lgan asosiy summa?
Nominal qiymat
Bozorda talab va taklif asosida shakllanadigan real savdo narxi?
Bozor bahosi
Emitent va investor o‘rtasidagi qarz majburiyati hujjati?
Qarz instrumenti
Kelajak pul oqimlarini hozirgi qiymatga keltirish jarayoni
Diskontlash
Obligatsiya bo‘yicha muntazam to‘lanadigan foiz?
Kupon to‘lovi
Yillik kuponni bozor narxiga nisbatlash orqali topiladigan ko‘rsatkich?
Joriy daromad
Bozor stavkasi oshganda narx pasayishini ifodalovchi munosabat?
Teskari bog‘liqlik
Kompaniyalar tomonidan chiqariladigan obligatsiya turi?
Korporativ obligatsiya (+100ball)
Hukumat tomonidan chiqariladigan obligatsiya turi?
Davlat obligatsiyasi
Obligatsiyani chiqaruvchi xo‘jalik subyekti?
Emitent
Risk oshganda investor talab qiladigan qo‘shimcha daromad?
Risk premiyasi
Qanday aksiya uning egasiga kompaniyani boshqarish huquqini beradi?
"Oltin" aksiya
Muddat tugaganda nominalni qaytarish jarayoni?
Qoplash
Nominalni bir martada emas, bosqichma-bosqich qaytaradigan tur?
Amortizatsiyali obligatsiya(100ball)
Obligatsiyani muddatigacha ushlab turilgandagi umumiy rentabellik?
YTM
Kupon stavkasi va YTM teng bo‘ladigan holat (P = F).
Paritet (+100 ball)
Bozor stavkasi kupondan yuqori bo‘lsa, obligatsiya qanday sotiladi?
Diskont bilan
Bozor stavkasi kupondan past bo‘lsa, obligatsiya qanday sotiladi?
Premiya bilan
Bozor stavkasi va kupon teng bo‘lsa, obligatsiya narxi nimaga teng?
Nominalga
Nominaldan yuqori narxda sotiladigan obligatsiya?
Premiya obligatsiya
Nominaldan past narxda sotiladigan obligatsiya
Diskont obligatsiya
Muddat uzoqlashgan sari narxning foiz stavkasiga sezgirligi oshadi. Bu xususiyat nima deyiladi?
Foiz riski (+100ball)
Obligatsiya chiqarish va joylashtirish jarayoni qanday ataladi?
Emissiya
Obligatsiya bo‘yicha to‘lanadigan foiz stavkasi nominalga nisbatan belgilanadi. Bu stavka nomi?
Kupon stavkasi