Moliya bozori statistikasi boshqa statistik yo‘nalishlardan qaysi jihati bilan farq qiladi?
U yuqori risk, noaniqlik va tez o‘zgaruvchan moliyaviy aktivlar dinamikasini o‘rganadi.
Aktuar hisoblash nima?
Risk va ehtimollik asosida moliyaviy majburiyatlarni baholash usuli.
Davlat byudjeti balansining 3 holatini ayting.
Profitsit, defitsit, muvozanat.
Pul massasi agregatlari (M0, M1, M2) nima va ular qanday farqlanadi?
M0 — naqd pul
M1 — M0 + depozitlar
M2 — M1 + jamg‘armalar
Aksiya narxi nimaga bog‘liq?
Talab, taklif va kompaniya natijalariga.
Likvidlik va volatillik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
Yuqori likvidlik odatda past volatillik bilan bog‘liq, chunki bozor chuqurligi narx tebranishini kamaytiradi.
Diskontlash formulasi nimani bildiradi?
Kelajakdagi pul qiymatini hozirgi qiymatga keltiradi.
Agar soliq tushumlari kamayib, xarajatlar oshsa, qanday fiskal risk yuzaga keladi?
Byudjet defitsiti va qarz yukining ortishi.
Agar YIM = 500 va pul massasi = 100 bo‘lsa, pul aylanish tezligi?
5
Agar indeks tushsa, investorlar uchun signal nima?
Bozor pasaymoqda
Agar bozorda savdo hajmi oshsa, lekin narxlar o‘zgarmasa, qanday xulosa qilinadi?
Bozor muvozanatda, talab va taklif teng, likvidlik yuqori.
Diskontlash va kapitalizatsiya jarayonlarini formulalar orqali tushuntirib, ularning farqini ko‘rsating
Diskontlash: PV = FV / (1+r)^n
Kapitalizatsiya: FV = PV(1+r)^n
Farq — vaqt yo‘nalishi.
Qarzni YIMga nisbati oshishi nimani bildiradi?
Fiskal barqarorlik yomonlashmoqda
Markaziy bank rezerv normasini oshirsa, pul taklifiga ta’siri?
Pul taklifi kamayadi.
Diversifikatsiya riskni qanday kamaytiradi?
Aktivlar o‘rtasidagi korrelyatsiya orqali umumiy risk pasayadi.
Moliya bozori ko‘rsatkichlarini shakllantirishda axborot manbalarining ishonchliligi qanday baholanadi? Metodologik yondashuvlar bilan tushuntiring.
Ishonchlilik — aniqlik, to‘liqlik va xatolik darajasi orqali baholanadi. Metodlar: verifikatsiya, audit, regressiya tekshiruvi.
Aktuar modelda ehtimollik oshsa, sug‘urta mukofoti qanday o‘zgaradi?
Risk oshgani uchun mukofot ham oshadi.
Davlat moliyasi statistikasi asosida iqtisodiy inqirozni oldindan aniqlash mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday indikatorlar orqali?
Indikatorlar: defitsit o‘sishi, qarz ko‘payishi, soliq tushumlari pasayishi → inqiroz signali.
Pul multiplikatori kamayishi nimani anglatadi?
Bank tizimi kredit yaratish imkoniyati pasaygan.
………….. nazariyasi bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi “tuxumlarni bitta savatga solmaslik" tamoyiliga tayanadi. Bu qaysi nazariya?
Portfel nazaryasi
Moliya bozori statistikasi makroiqtisodiy siyosatga qanday ta’sir qiladi?
Foiz stavkalari, inflyatsiya va investitsiya oqimlarini tahlil qilib, pul-kredit va fiskal siyosatni shakllantirishga asos bo‘ladi.
Agar 1000$ 10% stavkada 2 yilga murakkab foiz bilan joylashtirilsa, yakuniy summa?
1000×(1.1)² = 1210$.
Fiskal siyosat samaradorligini statistik ko‘rsatkichlar orqali baholash metodologiyasini tushuntiring.
Fiskal samaradorlik — multiplikator, defitsit darajasi, soliq yuklamasi orqali baholanadi.
Markaziy bank tomonidan pul massasini tartibga solish instrumentlarini statistik jihatdan tahlil qiling.
Instrumentlar: foiz stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, rezerv normasi.
Capital Asset Pricing Model ga ko‘ra nima uchun diversifikatsiya faqat nosistematik riskni kamaytiradi, lekin sistematik riskni yo‘q qila olmaydi?
Diversifikatsiya turli aktivlar orqali individual (nosistematik) risklarni o‘zaro kompensatsiya qiladi, chunki ular to‘liq korrelyatsiyalashmagan.
Lekin sistematik risk (bozor riski) barcha aktivlarga umumiy ta’sir qiladi (masalan, iqtisodiy inqiroz), shuning uchun uni diversifikatsiya orqali yo‘q qilib bo‘lmaydi va u β orqali o‘lchanadi.