Investitsiya
Investitsiya
Mantiqiy
Investitsiya
Geografiya
100

Investitsiya deb nimaga aytiladi?

Investor tomonidan foyda olish maqsadida turli faoliyat obyektlariga tavakkalchilik asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar.

100

Investitsiya siyosati qanday ta'riflanadi?

Iqtisodiyotda investitsiyalarning zarur darajasini ta'minlashga, investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo'naltirilgan o'zaro bog'liq tadbirlar majmui.

100

Kun va tun nima bilan tugaydi?

«N» harfi bilan.

100

Investitsiya faoliyati nima?

Investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui.

100

Afrikada qaysi daraxtni "maymun daraxti" deb ataydi?

Baobab daraxti

200

Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy tamoyillari qaysilar?

Qonuniylik, oshkoralik va ochiqlik, investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi, adolatlilik va subyektlar tengligi, investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi, investorlarga nisbatan kamsitishga yo'l qo'ymaslik.

200

Investitsiyalar qanday turlarga bo'linadi (shakliga ko'ra)?

Moddiy, moliyaviy va aqliy (intellektual) investitsiyalar.

200

O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?

1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.

200

Mo'ljallangan obyektiga ko'ra investitsiyalar qanday turlarga bo'linadi?

Kapital investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalar va ijtimoiy investitsiyalar.

200

Avstraliyada yashovchi mutlaqo suv ichmaydigan sut emizuvchi hayvon?

Koala

300

Kapital investitsiyalar nimalarga yo'naltiriladi?

Asosiy fondlarni yaratish va takror ko'paytirish, yangi qurilish, modernizatsiya, rekonstruktsiya qilish, texnik jihozlashga yo'naltiriladi.

300

Ijtimoiy investitsiyalar nimani anglatadi?

Inson salohiyatini, ko'nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarni rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar.

300

Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?

Ulg’ayadi.

300

Investitsion muhit omillariga nimalar kiradi?

Iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, moliyaviy, mehnat, innovatsion, ishlab chiqarish va infratuzilmaviy omillar.

300

Yer maydoni bo‘yicha dunyo davlatlari ichida 55-o‘rinda qaysi davlat turadi?

O'zbekiston

400

Investitsiya faoliyatini davlat tartibga solishning asosiy yo'llari qaysilar?

Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, qulay shart-sharoitlar yaratish, maxsus iqtisodiy zonalar barpo etish, tezlashtirilgan amortizatsiya huquqini berish, raqobatni qo'llab-quvvatlash va boshqalar.

400

Investitsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli organ qaysi?

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

400

Ularning semirishi hatto qonun bilan qonun bilan ta'qiqlangan. Ular har 6 oyda ko'rikdan o'tib turishadi. Bel aylanalari 86 sm dan oshmasligi kerak. Aks holda aniq ishdan haydalishadi. Bular kimlar?

Balerinalar

400

Inklyuziv o'sish nima?

Mamlakatdagi aholi qatlamlarining tengligini ta'minlash, hayot kechirish sifatini oshirish uchun sharoitlar yaratuvchi iqtisodiy o'sish.

400

Birinchi temiryo'l qayerda qurilgan?

Buyuk britaniya

500

ICSID nizolarni qanday usullar bilan hal etadi?

Kelishuv, arbitraj yoki dalillarni topish orqali hal etadi.

500

ICSID nima va u qachon tashkil etilgan?

ICSID — Investitsiya nizolarini hal etish bo'yicha xalqaro markaz bo'lib, 1966 yilda Vashington konvensiyasi asosida tashkil etilgan.

500

Yapon olimlari bu xizmatchilar boshqalarga nisbatan 2 soat ko'p uxlashlari, har kuni 1 soat oftobda toblanishlari zarurligini tavsiya qilishadi. Bu qaysi xizmatchilar?

Tunda ishlaydigan xizmatchilar

500

"BERI" indeksi nima maqsadda qo'llaniladi?

Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholash maqsadida qo'llaniladi.

500

Kalendar so`zi qanday ma`noni anglatadi?

Qarz daftari

M
e
n
u