Samarali stavka
Bank omonatiga 30 000 so‘m qo‘yildi. Omonat 3 yil davomida yillik 10% murakkab foiz stavkasi bilan hisoblanadi. Foizlar har yil oxirida kapitalizatsiya qilinadi (asosiy summaga qo‘shiladi).
Omonat muddati tugagach, jami qancha summa yig‘iladi?
39930
Agar mamlakatning nominal YaIM 200 trillion so‘m bo‘lsa va pul aylanish tezligi 4 marta bo‘lsa, iqtisodiyotda zarur bo‘lgan pul massasi qancha?
50 trln
Agar 1 USD = 12 000 so‘m, 1 EUR = 13 200 so‘m bo‘lsa, 1 EUR necha USD?
1 EUR = 1.1 USD
2010-yilda aholi soni 25 mln
2020-yilda aholi soni 35 mln
Agar aholi soni chiziqli o‘zgarsa, 2015-yilda aholi soni qancha bo‘lgan?
30 mln
Bank muomalada quyidagi kupyuralarga ega:
Bankdagi jami kupyuralar sonini aniqlang.
6 mln
Bank omonatiga 50 000 so‘m qo‘yildi. Omonat 4 yil davomida yillik 8% murakkab foiz stavkasi bilan hisoblanadi. Foizlar har yil oxirida kapitalizatsiya qilinadi. Muddat tugagach, jami qancha summa yig‘iladi?
68025
Mamlakat iqtisodiyotida nominal YaIM 800 trillion so‘m, pul aylanish tezligi esa 8 marta. Agar pul aylanish tezligi 6 martaga tushsa, iqtisodiyotda zarur pul massasi qanday o‘zgaradi?
33.33 trillion so‘mga oshadi
Agar 1 GBP = 15 500 so‘m, 1 USD = 12 400 so‘m bo‘lsa, 1 GBP necha USD?
1.25 USD
Bankdagi omonatlar hajmi 2018-yilda 120 mlrd so‘m, 2022-yilda 180 mlrd so‘m bo‘ldi. Agar omonatlar hajmi yillar davomida chiziqli o‘zgarsa, 2020-yilda bankdagi omonatlar qancha bo‘lgan?
150 mlrd
Bank muomalada quyidagi kupyuralarga ega:
Bankdagi jami pul miqdorini aniqlang.
20 mlrd
Investor 70 000 so‘m miqdorida mablag‘ni 5 yil muddatga yillik 6% murakkab foiz stavkasi bilan qo‘ydi. Har yil oxirida foiz kapitalizatsiya qilinadi.
Muddat oxirida qancha summa bo‘ladi?
93674
Agar iqtisodiyotda nominal YaIM 1 000 trillion so‘m, pul aylanish tezligi 5 marta va inflyatsiya darajasi 10% bo‘lsa, inflyatsiya hisobga olinganda kelgusi yil uchun zarur bo‘lgan pul massasi qancha bo‘ladi?
20 trillion so‘mga oshadi
Agar 1 USD = 11 800 so‘m, 1 JPY = 85 so‘m bo‘lsa, 1 USD necha JPY?
1 USD = 138.82 JPY
Agar mahsulot narxi 2018-yilda 50 000 so‘m, 2022-yilda 70 000 so‘m bo‘lsa, 2020-yilda mahsulot narxi qancha edi?
60000
Bank muomalada quyidagi kupyuralarga ega:
Bankdagi jami kupyuralar sonini aniqlang.
10 mln
Bank yillik 12% nominal stavka bilan omonat qabul qiladi. Agar foizlar chorakda bir marta (har 3 oyda) hisoblab borilsa, samarali yillik foiz stavkasi qancha bo‘ladi?
12,55
Mamlakat iqtisodiyotida nominal YaIM 1 200 trillion so‘m, pul massasi esa 300 trillion so‘m. Agar kelgusi yilda pul massasi 400 trillion so‘mga oshsa, pul aylanish tezligi qanday o‘zgaradi?
Pul aylanish tezligi 4 dan 1.71 gacha pasayadi
Agar 1 EUR = 13 500 so‘m, 1 GBP = 15 300 so‘m bo‘lsa, 1 GBP necha EUR?
1 GBP = 1.13 EUR
Agar kompaniyaning daromadi 2019-yilda 150 mln, 2021-yilda 210 mln bo‘lsa, chiziqli o‘sish davom etsa, 2023-yilda daromad qancha bo‘ladi?
270 mln
Bank muomalada quyidagi kupyuralarga ega:
Bankdagi jami pul miqdorini aniqlang.
52 mlrd
Bank yillik 15% nominal stavka bilan omonat qabul qiladi. Agar foizlar oyiga bir marta hisoblab borilsa, samarali yillik foiz stavkasi qancha bo‘ladi?
16,08
Mamlakatda nominal YaIM 1 200 trillion so‘m, pul aylanish tezligi 4 marta. Agar muomaladagi pul massasi 20% ga kamaytirilsa, pul aylanish tezligi qanday o‘zgaradi?
Pul aylanish tezligi 4 dan 5 martaga oshadi
Agar 1 USD = 11 500 so‘m, 1 CHF = 13 800 so‘m va 1 EUR = 12 900 so‘m bo‘lsa, 1 CHF necha EUR?
1 CHF = 1.07 EUR
Bir mamlakatning eksport hajmi 2015-yilda 500 mln, 2020-yilda 750 mln bo‘lsa, agar shu tendensiya davom etsa, 2025-yilda eksport hajmi qancha bo‘ladi?
1 mlrd
Bank muomalada quyidagi kupyuralarga ega:
Agar bank muomaladagi kupyuralarning umumiy hajmini 20% ga oshirsa, yangi jami pul miqdorini aniqlang.
144 mlrd