Moliyaviy Menejment
Tarix
Kino
futbol
geografiya
100

Buyuk britaniya valyuta tizimiga zarba bergan inson kim .

George Soros

100

Dunyodagi eng qadimgi yozuv turlaridan biri bo'lgan, qadimgi Misrda foydalanilgan "muqaddas belgilar" nima deb ataladi?

Iyerogliflar.

100

Marvel olamida "Mjolnir" deb ataluvchi sehrli buyumni  faqat loyiq bo'lganlargina uni ko'tara oladi. Bu qurol kimga tegishli?

Tor (Thor).

100

Ushbu afsonaviy darvozabon futbol tarixida "Oltin to‘p" (Ballon d'Or) mukofotini qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi. U kim?

lev yashin

100

Dunyoda shunday ikki davlat borki, ular Okeanga chiqish uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o‘tishi kerak (ya'ni qo‘shnilari ham dengizga chiqa olmaydi). Biri Lixtenshteyn, ikkinchisi qaysi davlat?

o'zbekiston

200

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati necha ...   kun qilib belgilangan? Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik, kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi hamda ularning holati buyicha davlat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilangan.


3 oy yoki 90 kalendar kuni

200

1402-yilda bo'lib o'tgan mashhur "Anqara jangi"da Amir Temur qaysi davlat hukmdori ustidan g'alaba qozonib, uning Yevropa tomon yurishini to'xtatib qolgan?

Yildirim Boyazid

200
  •  Leonardo Di Kaprio uzoq kutilgan "Oskar" mukofotini qaysi filmdagi roli uchun qo'lga kiritgan?


 "Omon qolgan" (The Revenant).

200

1950-yilgi Jahon chempionatida Hindiston terma jamoasi saralashdan o‘tgan bo‘lsa-da, turnirda ishtirok etishdan bosh tortgan. FIFA ularga ruxsat bermagan rasmiy sabab nima edi?

Yalangoyoq o‘ynashni xohlashgani uchun. (FIFA qoidasiga ko‘ra butsada o‘ynash majburiy edi).

200

Dunyodagi aholi eng siyrak yashaydigan davlat

Mo'g'uliston

300

Investitsiya loyihasining samaradorligini o‘lchashda ishlatiladigan, barcha kutilayotgan pul oqimlarini bugungi kunga keltirib, boshlang‘ich investitsiyadan ayiriladigan ko‘rsatkich qanday nomlanadi?

NPV (Net Present Value — Sof keltirilgan qiymat)

300

O'zbekiston hududida topilgan, miloddan avvalgi I ming yillikka oid bo'lgan va sak-massagetlar madaniyatini aks ettiruvchi mashhur zargarlik buyumlari majmuasi ( daryo nomi qatnashgan joy) qanday nomlanadi?

Amudaryo xazinasi (yoki "Oks xazinasi").

300

Rejissyor Kristofer Nolanning ushbu filmida voqealar vaqt o'tishi bilan teskari (retrograd) harakat qiladi va qahramonlar kelajakdan kelgan qurollarga qarshi kurashadi. Bu qaysi film?

"Argument" (Tenet).

300

Angliyaning "Arsenal" klubi 2003/2004-yilgi mavsumda Premyer-ligada birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmay chempion bo‘lgan. Shu sababli ularga berilgan chempionlik kubogi boshqa klublarnikidan farq qiladi. Uning asosiy farqi nimada?

Kubok oltindan yasalgan (Odatda kumush rang bo'ladi, "Unbeaten" mavsum uchun maxsus oltin rangli kubok berilgan).

300

Bu davlat hududi kengligi va kattaligi bo‘yicha dunyoda  kuchli 7 -talikda  tursa-da , butun mamlakat bo‘ylab faqat bitta rasmiy vaqt mintaqasi amal qiladi. Bu qaysi davlat?

Xitoy (Garchi u 5 ta tabiiy vaqt mintaqasini qamrab olsa-da, Pekin vaqti hamma uchun yagona). 

400

Moliyaviy menejmentda "Zombi-kompaniyalar" (Zombie companies) degan atama bor. Ular foyda ko'radi, faoliyat yuritadi, lekin nima uchun "zombi" (o'lik) deb ataladi?

Ularning topgan foydasi faqatgina qarzlarining foizini to'lashga yetadi, xolos. Ya'ni, ular qarzning asosiy qismini hech qachon qaytara olishmaydi va rivojlanish uchun mablag'lari qolmaydi, faqatgina "yashab turishadi

400
  • O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda "Ikkinchi muallim" (Al-Muallim as-Soniy) degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan buyuk mutafakkir va faylasuf kim?


Abu Nasr Forobiy.

400

Intersteller Filmi boshida Kuperning fermasiga eski Hindiston harbiy droni qo‘nib qoladi. Kuper uni tutib olib, uning quyosh batareyalarini ferma uchun ishlatmoqchi bo‘ladi. Savol: Nima uchun aynan Hindiston droni tanlangan? (Bu yerda siyosiy emas, balki film syujetidagi global muammoga ishora bor).

Chunki Hindiston eng oxirgi bo'lib qulagan yirik texnologik markaz edi. (Dunyo ocharchilikka yuz tutganda, AQSh va Yevropa allaqachon armiyadan voz kechgan, Hindiston esa oxirigacha texnologiyani saqlab qolishga uringan). 


400

Eng yaxshi yarim himoyachi  Zidan Yevropa va Jahon chempionligini yutgan, lekin u o'zi tug'ilgan shaharning bosh jamoasida hech qachon o'ynamagan. U qaysi shaharda tug'ilgan? 

 Marsel. (U "Marsel" klubida o'ynashni orzu qilgan, lekin faoliyati boshqa yo'ldan ketgan).

400

AQShning eng shimoliy, eng g'arbiy va eng sharqiy shtati qaysi? (Eslatma: bitta shtat nomi uchala savolga ham javob bo'ladi).


Alyaska.

  • Mantiq: Shimoliy va g‘arbiyligi tushunarli. Lekin Alyaskaning Aleut orollari 180-meridianni kesib o‘tib, Sharqiy yarim sharga o‘tib ketadi. Shuning uchun u texnik jihatdan AQShning eng sharqiy nuqtasi hamdir.

500

Moliya va xatarlarni boshqarishda (Risk management) Nassim Taleb tomonidan kiritilgan "Qora oqqush" (Black Swan) atamasi nimani anglatadi?

Oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan, lekin sodir bo‘lganda iqtisodiyotga juda keskin va halokatli ta’sir ko‘rsatadigan kamyob hodisalar (Masalan: 2008-yilgi inqiroz yoki pandemiya).

500

Miloddan avvalgi 525-yilda fors shohi Kambiz II misrliklarga qarshi jangda askarlarining qalqonlariga qaysi jonzotni bog‘lab qo‘yishni buyurgan? G'alaba qozonishgan sabab nima bo'lgan .

 

  • Misrliklar  mushukni muqaddas deb bilishgani uchun ularga qarata o‘q ota olishmagan).


500
  •  Ushbu afsonaviy aktyor "Cho‘qintirgan ota" (The Godfather) filmidagi roli uchun berilgan "Oskar" mukofotini olishdan bosh tortgan va marosimga o‘z o‘rniga hindular huquqini himoya qiluvchi qizni yuborgan. Bu kim?


Marlon Brando.

500

Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri (agar eng yaxshisi bo'lmasa)   Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida deyarli barcha daqiqalarda (1-daqiqadan 90-daqiqagacha) gol urgan. Savol: U o‘zining faoliyatidagi birinchi professional golini nechanchi raqamli libosda urgan?

28-raqamda ("Sporting Lissabon" safida)

500

Taqvim jihatdan Ularda yil 13 oydan iborat  .bizdan 7 yil orqada yurishadi.

efiopiya

M
e
n
u