Moliyaviy tizim nima?
Pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq moliya munosabatlari yig‘indisi.
Moliyaviy tizim nechta sohaga bo‘linadi va qaysilar?
2 ta: davlat va mahalliy moliya, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
Davlat moliyasi qaysi mablag‘lar orqali shakllanadi?
Davlat byudjeti va maxsus jamg‘armalar orqali.
Moliyaviy oqim nima?
Pul mablag‘larining fondlar o‘rtasidagi harakati.
Moliyaviy oqimlarning roli nima?
Moliyaviy tizimning ishlashini ta’minlaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasining vazifasi?
Daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash.
Taqsimlash funksiyasi nimani taqsimlaydi?
Yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni.
Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa nima bo‘ladi?
Moliyaviy tizim ishlamaydi
Ichki moliyaviy oqimga misol?
Aholi va banklar o‘rtasidagi pul harakati.
Moliya bozorining roli?
Bo‘sh pul mablag‘larini ehtiyoj sezayotgan subyektlarga yo‘naltirish.
Nazorat funksiyasining vazifasi?
Moliyaviy resurslarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash.
Rag‘batlantiruvchi funksiya ta’siri?
Ishlab chiqarish, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantiradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy oqimga misol?
Investor tomonidan aksiyalarni sotib olish.
Tashqi moliyaviy oqimlar kimlar bilan bog‘liq?
Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan.
Investor → Fond bozori → Korxona nimani bildiradi?
Korxonani qimmatli qog‘ozlar orqali moliyalashtirish.
Moliyaviy oqimlar sifat jihatdan nimani ko‘rsatadi?
Mablag‘larning qaysi maqsadga yo‘naltirilganini.
Barqarorlashtiruvchi funksiya nimaga xizmat qiladi?
Inflyatsiya va moliyaviy inqirozlarning oldini olishga.
Aholi → Bank → Tadbirkorlik subyekti nimani bildiradi?
Jamg‘armalarning kredit orqali tadbirkorlikka yo‘naltirilishini.
Moliyaviy oqimlar qaysi subyektlar o‘rtasida bo‘ladi?
Aholi, korxonalar, banklar, davlat va xorijiy investorlar o‘rtasida.
Bilvosita moliyaviy oqimlar kimlar orqali yuzaga keladi?
Banklar va moliyaviy vositachilar orqali.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish nima?
Pul tushumlari va xarajatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat va tahlil qilish jarayoni.
Moliyaviy oqimlarning Boshqarishning asosiy maqsadi?
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash.
Moliyaviy oqimlarni Noto‘g‘ri boshqarish oqibatlari?
Moliyaviy inqiroz, likvidlik yetishmasligi, zarar.
Ichki va tashqi moliyaviy oqimlarning iqtisodiyotga ta’siridagi asosiy farq nimada?
Ichki oqimlar milliy iqtisodiyot ichida resurslarni taqsimlaydi, tashqi oqimlar esa xorijiy kapital va tashqi qarzlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishda nazorat funksiyasi bajarilmasa qanday xavf tug‘iladi?
Mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi va moliyaviy barqarorlikning buzilishi.