Pulning kelib chiqishini tushuntirishda qiymat shakllarining nechta bosqichi mavjud?
4 ta (oddiy, to'liq, umumiy, pul shakli)
Monetar siyosatning an'anaviy instrumentlari nechta?
5 ta (qayta moliyalash, majburiy zaxira, ochiq bozor, valyuta, depozit siyosati)
O'zbekiston bank statistikasida qaysi pul agregatlari qo'llaniladi?
M0, M1, M2 va rezerv pullar
Klassik maktab nazariyasiga ko'ra, agar pul massasi keskin oshsa-yu, ishlab chiqarish hajmi o'zgarmasa, natijada nima yuz beradi?
Narxlar darajasi oshadi (inflyatsiya)
Monetar siyosatni kim amalga oshiradi: Markaziy bank yoki Hukumat?
Markaziy bank (soliq-budjet siyosatini Hukumat amalga oshiradi)
Qog'oz pullarni kim chiqaradi: Moliya vazirligi yoki Markaziy bank?
Moliya vazirligi (kredit pullarni esa Markaziy bank chiqaradi)
Ochiq bozor operatsiyalarining ikki turini ayting.
To'g'ri REPO va teskari REPO
M0 pul agregati nimadan iborat?
Muomaladagi naqd pullardan (banklardan tashqaridagi naqd pul)
Keyns nazariyasiga ko'ra, Markaziy bank foiz stavkasini pasaytirsa, bu investitsiya va yalpi talabga qanday ta'sir qiladi?
Investitsiya va yalpi talab ortadi (kredit arzonlashadi → xarajatlar ko'payadi)
Monetar siyosatning asosiy maqsadi nima?
Narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash
Amerika maktabi vakillari pulning nechta funksiyasini tan oladi va ular qaysilar?
3 ta (hisob birligi, ayirboshlash vositasi, jamg'arish vositasi)
Milliy pul birligidagi nollarning qisqartirilishi qanday ataladi?
Denominasiya
Pul multiplikatori nimani ko'rsatadi: pul massasining pul bazasiga nisbatini yoki aksinchasini?
Pul massasining pul bazasiga nisbatini
Monetaristlar nuqtai nazaridan, nima uchun pul massasini keskin va tez-tez o'zgartirish maqsadga muvofiq emas?
Chunki bu iqtisodiyotda haddan tashqari tebranishlar va beqarorlikka olib keladi
O'zbekiston Markaziy banki faoliyatining takomillashtirish farmoniga ko'ra, nechta strategik maqsad belgilangan va ular qanday nomlangan?
3 ta — narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, to'lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi
Yevropa maktabi vakillari pulning nechta funksiyasini ajratadi va ular qaysilar?
5 ta (qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi, jamg'arish vositasi, jahon puli)
Valyuta kursining davlat tomonidan rasmiy pasaytirilishi qanday ataladi?
Devalvasiya
Monetizatsiya koeffitsienti nimani ko'rsatadi?
Iqtisodiyotni pul bilan ta'minlanganlik darajasini
Agar inflyatsiya maqsadli darajadan yuqori bo'lsa, monetar qoidaga ko'ra Markaziy bank foiz stavkasini qanday o'zgartirishi kerak?
Oshirishi kerak
Markaziy bank mustaqilligining ikki turini ayting.
Iqtisodiy mustaqillik va siyosiy mustaqillik
"Pullar — bu sun'iy ijtimoiy shartlilikdir" iborasi qaysi Nobel mukofoti sohibiga tegishli?
P. Samuelson
Qadrsizlangan pul birliklaridan butunlay voz kechib, yangi pul chiqarish qanday ataladi?
Nullifikasiya
XVF ekspertlari fikricha, monetizatsiya koeffitsienti kamida necha foiz bo'lishi kerak?
30 foiz
Keyns pulga bo'lgan talabni nechta motiv bilan izohlagan?
3 ta (tranzaksion, ehtiyotkorlik, spekulyativ)
1970-yillardan pul massasi o'sish sur'atini asosiy indikator sifatida qo'llagan davlat qaysi?
Germaniya