Moturidiyning to'liq ismi nima?
Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy Ansoriy
Abul Hasan Ash'ariy fiqh va hadis ilmini kimlardan o'rgangan?
Fiqh- Abu Ishoq Marvaziy, Ibn Surayj
Hadis- Zakariyo ibn Yahyo Sojiy
Kim "ar-Ravzatu-l-baxiya fima bayna-l-ash'ariya va-l-maturidiya" ya'ni moturidiylik va ash'ariylik o'rtasida 13 ta farqni ilmiy asoslagan?
Hasan ibn Abdulmuhsin Abu Azba
Imonda "istisno" qilish masalasi
Mo'min kishi qay tarzda o'z imonini ifoda etishi kerak?
Moturidiylar- "Men haqiqatdan mo'minman";
Ash'ariylar- "Men In shaa Alloh, mo'minman"
Niso surasi 59-oyatda aynan qaysi masala keltirilgan?
"Ey imon keltirganlar! Allohga itoat qilingiz, payg'ambarga itoat qilingiz hamda o'zingizdan bo'lgan ish egalariga" itoat qilingiz.
Nima uchun "Ansoriy" nisbati berilgan?
Nasablari ulug' sahobiy Abu Ayyub Ansoriy(Xolid ibn Zayd)ga borib taqalgani uchun
Tojiddin Subkiy qaysi asarida Ash'ariyning bir nechta asarlari haqida ma'lumot berib o'tgan? Misollar keltiring.
"Tabaqot ash-shofiiya al-kubro"
"al-Umda fir ru'ya"(Ko'rish asosi), "al-Fusul fir radd alal mulhidin"(Xudosizlarga raddiya fasllari)...
Abu Nasr Tojiddin Subkiy "Tabaqotu-sh-shofeiyati-l-kubra" asarida Ash'ariylar va Moturidiylar orasidagi ixtiloflar haqida nima deydi?
"Tahoviy va Ash'ariy orasida atigi 13 ta ixtilof mavjud. Ash'ariylar va Moturidiylar o'rtasidagi ixtilof shu 13 tasi bilan cheklanadi. Bu 13 masalaning 7 tasi lafziy ixtilof bo'lib, faqat 6 tasi ma'noga taalluqlidir."
Insonlar qismati
Moturidiylar va Ash'ariylar qanday aqidani ilgari surganlar?
Ash'ariylar- kimkin badbaxtlardan bo'lsa, bas, u badbaxtlar qilmishlariga erishadi. Kimki baxtlilardan bo'lsa, bas, u soadatmandlar amallariga erishadi;
Moturidiylar- aksincha, Lavhul mahfuzda yozilgan taqdir Allohning sifati emas, balki saodat va baxtsizlik bandaning sifatidir. Bandaning esa bir holatdan boshqa holatga o'tishi joiz bo'ladi. Qazo va qadarga to'xtalsak, u o'zgarmaydi. Chunki bu qazoni belgilovchi Zotning sifatidir.
Payg'ambarlarning katta va kichik gunohlardan pok ekanlik haqidagi farqlar?
Moturidiylar- payg'ambarlar katta va kichik gunohlardan ma'sumdir
Kimning ta'kidlashicha, Moturidiy taxminan 238/853 yil atrofida tug'ilgan?
Arab tadqiqotchisi Muhammad Ayyub
Ash'ariy e'tiqod masalalarini mo'taziliya ta'limotining yirik vakili ya'ni kimdan o'rganib nechi yoshgacha mo'taziliy bo'lib yurgan?
Abu Ali Jubo'iy, 40 yoshgacha
Ash'ariy va Moturidiy qayerda, qaysi mazhabni tutgan?
Ash'ariy- Iroq, shofiiy
Moturidiy- Movarounnahr, Abu Hanifa
Muqallidning imoni yuzasidan farqlari?
Ash'ariylar- bu turdagi imonni sahih emas deydi
Moturidiylar- taqlidchining imoni sahih sanaladi. Faqat muqallid biror narsaga erishish uchun imonga taqlid qilgan bo'lsa, u sahih hisoblanmaydi
Baqara surasining 286-oyatida nima deyilgan?
Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi
Moturidiyning ustozlarini sanang.
Imom Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq Juzjoniy; Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyoziy; Nusayr ibn Yahyo Balxiy; Muhammad ibn Muqotil Roziya
Qaysi voqeadan so'ng Ash'ariy Basradan Bag'dodga ko'chib o'tadi?
Ash'ariyning o'zi "al-Ibona an usul ad-diyona" (Din asoslarining bayoni) kitobida ko'taziliyadan qanday vos kechganini hikoya qilib bergan. Aynan ana shu voqeadan keyin ko'chgan.
Moturidiya aqidasiga oid barcha asarlarning eng birinchi va asosiy manbasi qaysi?
Kitab at-Tavhid
Kasb masalasidagi farqlar?
Ash'ariylar- agar banda astoydil jazm qilsa, Alloh unda o'sha fe'lni yaratadi. Mazkur jazm fe'l bo'lib, u Allohning qudrati bilan bo'ladi
Moturidiylar- barcha fe'llar xoliqi Allohdir. Banda esa fe'llar foilidir
Agar mushriklardan birortasi sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan qavm bo'lganlari sabablidir. Qaysi sura va oyat?
Tavba 6-oyat
Moturidiyning shogirdlari bo'lmish Abul-Hasan Ali ibn Said ar-Rustug'faniy as-Samarqandiy qaysi yo'nalish bo'yicha shuhrat qozongan va qaysi asarlar muallifi?
Hanafiy fiqhi va usuli
"Irshodul Muhtadiy", "Az-Zavoid val-Favoid", "Bayonus-Sunnati val-jamoa"
"al-Luma' al-kabir"... ma'nosi?
(Katta shu'la)
Qaysi asar 8 mujalladdan iborat tafsiri allomaning shoh asaridir?
"Ta'vilotu ahli-Sunna" yoki "Ta'vilotul Qur'on"
Rosululloh(s.a.v) va boshqa barcha payg'ambarlar risolati ularning vafotidan so'ng ham boqiy qoladimi degan savol yuzasidan farqlar?
Ash'ariylar- risolat hukm sifatida asli o'rnida turibdi. Lekin rasullar risolatdan oldin rasul bo'lmaganlar va hozir ham ular rasul emaslar
Moturidiylar- ular hozirda ham rasuldir
Allohning aslida bor bo'lgan kalomini eshitish mumkinmi yoki yo'qmi degan savolga moturidiylar nima deydi?
Moturidiy "Kitob at-tavhid" asarida, ovoz bo'lmagan narsa bilan eshitish joiz deb ta'kidlagan