Imom Moturudiy nechinchi yilda va qaysi qishloqda tavallud topgan?
Tug'ulgan yillari aniq keltirilmagan, shunday bo'lsada ba'zi manbalarda 853-milodiy sanada tavallud topganlari qayd etilgan. (Wikipediya)
Imom Abulhasan Ashariy qachon qayerda tavallud topgan va qayerda vafot etgan?
milodiy 873-yil Basrada tug'ulib, 935-yil Bag'dodda vafot etgan
Imom Ashariy mo'taziliylikdan chiqqandan so'ng qolgan hayotini nimaga bag'ishlaydi.
Mo'taziliylar va boshqa firqalarga raddiya berishga
Imom Moturudiyning nasabi qaysi mashhur sahobiyga borib taqaladi?
Abu Ayyub Ansoriy r.a
Imom Moturudiyning islom olamidagi martabasi
Hidoyat imomi
Hdoyat bayrog'i
Ahli sunna aqiydasini to'g'irlovchi
.Mutakallimlarning imomi
Imom Moturudiy tug'ulib o'sgan Moturid qishlog'iga nima uchun qaysi voqea sabab bu nom berilgan?
Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari koʻpayib ketgan va ular oʻzaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida koʻpincha „Mo turid?“ deb murojaat qilganlar. Shu soʻz koʻpchilik qulogʻiga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay ekspertlar (Zarnujiy. „Taʼlim al-mutaʼallim“ sharhi).
Abulhasan Ashariy necha yoshigacha mo'tazila bo'lib yurgan.
40 yoshigacha
Imom Moturudiy qayerda vafot etganlar va qayerga dafn etilgan
Samarqandda vafot etib Chokardiza qabristoniga dafn etilganlar
Nima uchun imom Moturudiy va Ashariylar Ahli sunna imomlari deb tan olingan.
Bu ikki imom islom olamining ikki tarafida bo'lsalar ham, bir hil vaqtida bir hil ishni bir xil tarzda ado etganlari uchun
Imom Moturudiyning qaysi kitobida bidat toifalarga raddiyalar berilgan
Tavilotu Ahli sunna
Abulhasan Ashariyning dinshunoslikka oid eng mashhur kitobi
"Maqolatul islomiyn"
Abu Aliy Jubboiy (mo'taziliylarning boshlig'i)
Imom Ashariyning mo'tazila e'tiqodidan voz kechishiga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Bir kuni ustozi al-Jubo`iydan uch aka-uka haqida savol so`raydi. Ulardan birinchisi uzoq umr ko`rib, umrini toat-ibodatda o`tkazgan. Ikkinchisi ham uzoq umr ko`rgan, lekin umrini gunoh va ma`siyatda o`tkazgan. Uchinchisi esa yosh sag`irligida o`lib ketgan. Savol savol qiyomatdagi holat haqida edi. al-Jubo`iy birinchisi umrini toat-ibodatda o`tkazgani uchun jannatga tushishini, uning asosiy umrini gunoh-ma`siyatda o`tkazgani uchun do`zaxga hukm qilinishini, to`g`ri kelishini esa toat ham, gunoh ham qilmagani uchun jannatga ham, do`zaxga ham kirmasligini aytadi. Abul Hasan al-Ash`ariy ustoziga e`tiroz dedi:
— “Arosatda qolgan uka: “Agar men katta akam kabi uzoq yashaganimda toat-ibodat qilib jannatga kirishim mumkin edi” desa, nima bo`ladi?” deydi.
— al-Jubo`iy uning e`tiroziga: “Alloh unga: “Senga uzoq umr berilganida, kichik akang kabi gunoh-ma`siyat bilan umr o`tkazar eding. Men buni oldindan bilib, seni norasidaligingda vafot etdim” deydi”—deb javob beradi.
— Shunda al-Ash`ariy: “Unday bo`lsa, kichik aka: “Men gunohkor banda bo`ldim va shu bois do`zaxga mahkumman. Men ham norasidaligimda o`ldirib yuborganingda, do`zaxga kirmas edim”, deb nolisa nima bo`ladi?” deydi.
Bu haqli e`tirozga al-Jubo`iy javob bera olmadi. Mana shu xildagi savol-javoblar natijasi o`laroq Abul Hasan al-Ash`ariy bu e`tiqoddan voz kechadi va butun umrini mo«taziliylar ta`limotiga qarshi raddiyalar bardoshli bag`ishlaydi.
Imom Moturudiy kimlarga ikki vosita orqali shogird bo'lgan?
Abu Hanifa rahmatullohi alayhning shogirdlari imom Abu Yusuf va Muhammad ibn Xasan ra lar.
"Alloh taoloni tanish" masalasida aqidaviy maktablarning fikri qanday
Ashariylar-Allohni tanish shar'an vojibdir
.Moturudiylar - Allohni tanish shar'an ham aqlan ham vojibdir
Imom Moturudiy ..............ning ilmi kalomga oid ta'limotlarini rivojlantirganlar.
Imom Ashariy ................ning ta'limotlarini rivojlantirgan
imom Moturidiy imom Abu Hanifa rohimahullohning ilmi kalomga doir ta`limotini rivojlantirgan. Imom Ash`ariy esa imom Shofi`iy rohimahullohning e`tiqodiy qarashlarini yoygan.
Ash'ariylik maktabining taniqli dinshunos vakillari kimlar
Abu Bakr Boqiloniy, Abul Fath Shahristoniy, Faxriddin Roziy.
Imom Moturudiy qaysi asarlarni yozganidan keyin Mavrounnahrda yanada mashhur bo'lib ketdi
Usulda-Kitob ul-jadal
Fiqhda-Maoxizush sharia
Imom Moturudiyning qaysi asari aqiydada taqlid qilish botil ekanini bayon qilish bilan boshlanadi
Ktob at-Tavhid
Ulamolar ikki aqidaviy maktab o'rtasidagi farqlarni nechtagacha sanaganlar
Moturidiy aqidasi bilan Ash'ariy aqidasi o'rtasida bir necha masalalarda qarama-qarshiliklar bor. Ularni ba'zi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar.
Ashariylik ta'limoti mazmuni...
Ash'ariylik, aqlga tayanuvchilar bilan faqat naql va uning zohiriga e'tibor beruvchilar o'rtasidagi mo'tadil ta'limot bo'lib, unda naql aqldan ustun qo'yilgan, hamda aqlga-naqlni tushunish uchun bir vosita deb qaralgan
Ash'ariylikning qarashlari eng avval qayerda tarqalgan va qaysi mazhab tarafdorlari uni qabul qilganlar.
Ash'ariylikning qarashlarini eng avval Eronda (X asr) keng tarqalgan shofeiy mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar.
Imom Moturudiydan so'ng kalom ilmida mashhur bo'lgan mutakallimlardan 5 tasini sanang
Sadudiddin Taftazoniy
Umar Nasafiy
Faxrul Islom Bazdaviy
.Imom Tahoviy
.Abul Muin Nasafiy
Iymonning ziyoda yoki noqis bo'lishi masalasida aqidaviy maktablar Qur'oni Karim oyatlaridan keltirgan dalillardan misol keltiring
“Vaqtiki U Zotning oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qiladi” (Anfol 2)
Imom Moturudiyning nechta kitobi bugungi kunga yetib kelgan va ular qaysilar
(to'liq javob uchun 500 bal)
Tavilotu Ahli sunna
Kitobat tavhid
Kitob al-Maqolot