1
2
3
4
5
100

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari qanday toifalarga bo‘linadi?

Ular ikki guruhdan iborat: ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar.

100

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibiga kimlar kiradi?

Taraflar (arizachi va javobgar), uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va qonunda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.

100

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning asosiy protsessual huquqlari nimadan iborat?

Ish materiallari bilan tanishish, dalillar taqdim etish va tekshirishda qatnashish, iltimosnoma kiritish, eʼtiroz bildirish hamda sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

100

Taraflar tushunchasi qanday belgilanadi?

Arizachi — huquq va manfaatini himoya qilish uchun talab qo‘ygan shaxs; javobgar — talab qaratilgan maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs. Ular teng protsessual huquqlarga ega.

100

Bir nechta javobgar ishtiroki qachon majburiy bo‘ladi?

Ishni boshqa javobgarsiz ko‘rish mumkin bo‘lmaganda yoki qonunda majburiy ishtirok nazarda tutilgan hollarda sud ularni jalb etadi va ish boshidan ko‘riladi.

200

Protsessual huquqiy vorislikning huquqiy oqibati nimada?

Taraf o‘rniga huquqiy voris kiradi va u sud jarayonining o‘sha bosqichidan davom etadi; avvalgi protsessual harakatlar unga ham majburiy bo‘ladi.

200

14 yoshgacha va 14–18 yosh oralig‘idagi shaxslarning vakilligi o‘rtasidagi farq nimada?

14 yoshgacha — qonuniy vakil barcha protsessual harakatlarni to‘liq amalga oshiradi.

  14–18 yosh — qonuniy vakil protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.

200

Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar kimlar?

Voyaga yetmaganlar (istisnolardan tashqari)

  Vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar

 Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar

 Sud devoni xodimlari

  Manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan shaxslar

 Sud ishtirokchilari bilan yaqin qarindosh shaxslar

200

Shartnoma (ixtiyoriy) vakillik nima va kimlar vakil bo‘lishi mumkin?



Shartnoma (ixtiyoriy) vakillik — fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra sud ishini vakilga topshirishidir.

Vakil bo‘lishi mumkin:

 • Advokatlar

 • Qarindoshlar

 • Yuridik shaxs xodimlari (o‘z tashkiloti ishlari bo‘yicha)

 • Notijorat tashkilot vakillari

200

Qonuniy vakillik qachon yuzaga keladi va kimlar qonuniy vakil hisoblanadi?

Qonuniy vakillik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda yuzaga keladi.


Qonuniy vakillar:

 • Ota-onalar

 • Farzandlikka olganlar

 • Vasiylar

 • Homiylar

300

BONUS




Bonus

300

Sudda vakillik qaysi normativ-huquqiy hujjatda tartibga solinadi?

Sudda vakillik masalalari MSIYTK 6-bobi (58–64-moddalar) bilan tartibga solinadi.

Shuningdek, malakali yuridik yordam olish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasida kafolatlangan.

300

Sudda vakillik deganda nima tushuniladi?


Sudda vakillik — fuqaro yoki yuridik shaxsning suddagi ishini o‘z nomidan shaxsan yoki vakili orqali yuritishidir.

300
Mutahassis qanday holatda sud tomonidan jalb qilinadi?

Masiahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo'llashda yordam ko'rsatish yo'li bilan dalillarni to'plas h, tekshirish va baholashd a ko' maklashish maqsadida fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko' nikmalarg|a ega bo'lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo'lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin

300

Mutaxassis sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoki tushuntirish berishni asossiz ravishda rad etsa nima bo‘ladi?

.Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jarima qo‘llanilishi mumkin.

400

Agar ekspert sud yuritilayotgan tilni bilmasa nima qiladi?

U o‘z ona tilida xulosa berishi va ko‘rsatmalar berishi mumkin hamda tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

400

Ekspertning o‘zini o‘zi rad etish majburiyati qachon yuzaga keladi?

Agar Kodeksning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa (masalan, manfaatdorlik yoki xolislikka shubha tug‘diruvchi holatlar), ekspert darhol o‘zini o‘zi rad etishi haqida arz qilishi shart.

400

Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs qachongacha ishga kirishi mumkin?

U birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishi mumkin. Agar sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

400

Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs qanday huquq va majburiyatlarga ega?

U arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.


400

Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga qaysi asosda jalb qilinadi?

Agar ish natijasi uning taraflardan biriga nisbatan huquq va majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, u arizachi yoki javobgar tarafida ishga kirishi mumkin. U tarafning iltimosiga ko‘ra yoki sud tashabbusi bilan jalb qilinadi.

500

Mutaxassis sud jarayoniga qanday tartibda jalb qilinadi?

Mutaxassis sud tomonidan ajrim chiqarish orqali jalb qilinadi. Sud uni o‘z tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jalb qilishi mumkin. Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiy hisoblanadi.

500

Prokuror ma’muriy sud ishlarida qanday vakolatlarga ega?

Prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli hamda fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilib sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

500

Guvohning asosiy majburiyatlari nimalardan iborat?

Guvoh sud chaqiruviga binoan kelishi, o‘zi bilgan holatlar haqida to‘g‘ri ko‘rsatuv berishi, savollarga javob berishi va sud majlisida tartibga rioya qilishi shart. Bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.

500

Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs qanday huquqlardan foydalana olmaydi?

U talab asosini yoki predmetini o‘zgartirish, talabdan voz kechish, talabni tan olish, kelishuv bitimi tuzish hamda sud hujjatini majburiy ijroga qaratishni talab qilish huquqlariga ega emas.

500

Ekspert ish materiallari bilan tanishish huquqiga egami?

Ha. Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxa olish huquqiga ega

M
e
n
u