(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

Muddat deb nimaga aytiladi?

Fuqarolik huquqida -aniq belgilangan vaqtga muddat deyiladi.

100

Haftalar bilan o'lchanadigan muddat qachon tugaydi?

Shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda

100

Da'vo muddatiga ta'rif bering.

Da'vo muddati deb shaxs o'zining buzilgan huquqini da'vo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'ladigan muddatga aytiladi.

100

Huquqiy oqibatiga ko'ra muddatlar nechiga bo'linadi va qaysilar?

Huquqni vujudga keltiruvchi 

Huquqni o'zgartiruvchi 

Huquqni bekor qiluvchi 

100

Da'vo muddatining tugashi qachondan boshlanadi?

Da'vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlanadi.

200

Muddatlar qaysi huquq subyekti tomonidan tayinlanishiga ko'ra nechiga bo'linadi?

Qonuniy muddatlar

Shartnomali muddatlar

Sud tomonidan belgilanadigan muddatlar

200

Yillab hisoblanadigan muddat qachon tamom bo'ladi?

Shu muddatning oxirgi yili,tegishli oyi va kunida tamom bo'ladi

200

Protsessual ma'nodagi da'vo qilish huquqi deb nimaga aytiladi?

Shaxsning suddan vujudga kelgan nizoni ko'rib chiqish va hal qilishini talab qilish huquqiga aytiladi.

200

Fuqarolik huquqida da'vo muddatining qaysi turi ko'plab uchraydi?

Huquqni vujudga keltiruvchi muddatlar 

200

Qaysi sudlar da'vo muddatining o'tkazib yuborilishi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi lozim bo'ladi?

Iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi

300

Qonuniy muddatlar den nimaga aytiladi?

Qonunlarda yoki boshqa me'yoriy hujjatlarda belgilanadigan fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiradigan, o'zgartiradigan yoki bekor qilinadigan vaqt yoki davr oralig'i

300

Muddatlar o'tishining boshlanishi va tamom bo'lishi qanday holatlar bilan bog'liq?

Ma'lum huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan yoki bekor qiladigan holatlar

300

Kimning ta'kidlashiga ko'ra himoyaga bo'lgan huquq o'zining protsessual shakli jihatidan o'zida kamida uchta asosiy imkoniyatlarni ifodalaydi?

V.P.Gribanov

300

Huquqni bekor qiluvchi muddatlarning ro'y berishi nimaga olib keladi?

Fuqarolik huquq va majburiyatlarning bekor bo'lishiga

300

Da'vo muddatining o'tishi qanday hollatda uziladi?

2 ta hollarda:

Belgilangan tartibda da'vo qo'zg'atish bilan

Majbur shaxs qarzni tan olganligini ko'rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan

400

Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili nechta holat bilan ifodalanadi va ular qaysilar?

-Shartnoma taraflarini erkin tanlash;

-Shartnoma predmetini,ya'ni nima to'g'risida shartnoma tuzilishini tanlash;

-Shartnoma shartlarini erkin tanlash.

400

Agar oylab hisoblanadigan muddatning tamom bo'lishi tegishli kuni bo'lmagan oyga to'g'ri kelib qolsa,bu holda muddat qachon tugaydi?

Shu oyning oxirgi kunida

400

Buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish maqsadida da'vo qo'zg'atish necha ma'nodagi huquq orqali ifodalanadi?

Protsessual ma'nodagi va moddiy

400

Huquqni o'zgartiruvchi muddatlar,o'z tabiatiga ko'ra qanday munosabatlarda keng qo'llaniladi?

Shartnomaviy

400

Fuqaro boshqa birovga 2020- yil 20 -mayda to'lash sharti bilan qarz bergan bo'lsa,da'vo muddatining o'tishi qachon boshlanadi?

Shu yil 21-may soat 00-u 01 daqiqadan

500

Protsessual muddatlar faqatgina ishni ko'rish bilan bog'liq holatlarga taalluqli bo'lsa,moddiy huquqiy muddatlar.......

Nizolashayotgan taraflarga muayyan majburiyatlar yuklaydi.

500

Tegishli tashkilotlarga yuboriladigan barcha yozma hujjatlar muddatning oxirgi kuni soat yigirma to'rtga qadar qayerga topshirilgan bo'lsa,muddat o'tmagan hisoblanadi?

Aloqa bo'limiga yoki telegrafga

500

Davlat organlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar deyarli barcha holatlarda fuqarolik-huquqiy me'yorlar bilan emas,balki qaysi me'yorlar bilan tartibga solinadi?

Ma'muriy-huquqiy me'yorlar bilan

500

Muddatlar o'zlarining aniqlanish tavsifiga ko'ra qanday muddatlarga bo'linadi?

Imperativ

Dispozitiv

Mutloq aniq

Qisman aniq

Noaniq

Umumiy

Maxsus muddatlar

500

Birovga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha da'vo muddatining o'tishi qachondan e'tiboran boshlanadi?

Jabrlangan shaxsning o'ziga zarar yetkazilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan e'tiboran 

M
e
n
u