Mavzudan tashqari
Xalqaro valyuta va elektron pullar bozori
Valyuta siyosati
Xalqaro hisob-kitoblar
Zakovat savollari
100

Yer sharida shunday bir modda borki, bu moddaning yoshi yer sharining yoshidan katta. bu qaysi modda?

vodorod

100

Raqamli pullarning turlari...

1. Virtual raqamli pullar

2. kriptovalyutalar

100

Valyuta siyosati maqsad va amalga oshirish muddatiga ko`ra qanday qismlarga bo`linadi

tarkibiy va joriy

100

Xalqaro bank amaliyotida qo`llaniladigan xalqaro hisob-kitob shakllari mohiyatiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi?

1. Sof to`lovlar

2. Hujjatli to`lovlar

100

16 — 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.

neft

200

1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?

Xristofor Kolumb.

200

Angliya banki to`lov tizimi turlarini sanab bering.

1. Paketlardan foydalanadigan t/z

2. Mobil to`lovlardan foydalanadigan t/z

3. Kredit va mahalliy valyutadan foydalanadigan t/z

4. Kriptovalyutalardan foydalanadigan t/z

200

Inflatsiyaning nihoyatda past darajada bo`lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to`lov balansining aktiv bo`lishi, hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi nimani keltirib chiqaradi?

Revalvatsiya

200

Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish haqida konferentsiya 1-marta qachon va qayerda bo`lib o`tdi?

1870-yil Parijda

200

Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U nimani nazarda tutgan?

Misr

300

Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.

Asalarilar. 

Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.

300

Eksportlarning fikricha 2018-yildan boshlab yirik banklarning qariyb necha foizidan ortig`i o`zlarining ish faoliyatida BLOCKCHAIN texnalogiyasidan foydalanishni boshlab yubordi?

15 %

300

Valyuta siyosatining shakllari qaysilar?

1. Diskont

2. Deviz

3. Valyuta intervensiyalari

4. Valyuta zaxiralarini devirsifikatsiya qilish

5. Valyutaviy cheklanishlar

6. Devalvatsiya va revalvatsiya

300

Yamaykada qaysi yillarda 2 bosqichdan iborat xalqaro konferentsiya bo`lib o`tdi?

1976-yil va 1978-yil

300

 AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?

Bu sananing ifodalanishi edi.


Izoh: AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 02.02.2004

400

Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?

2-kishilik Kort Tennisi.

400

Raqamli aktivlar-

moliyaviy hisoblarni tuzishda hisobga olinmaydigan raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir

400

Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini yoki Markaziy banklarning banklaroro ... bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.

SVOP

400

To`lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarining muhim elementidir. Ularning ichida quyidagilar farqlanadi...

1. Naqdli to`lovlar

2. Kredit taqdim etilib amalga oshiriladiga hisob-kitoblar

3. Naqdli optsioni bilan kredit

400

Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan?

Mongoliya

500

Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalaridan biri bu “Uch barg” hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?

uch qit’ani anglatadi.

500

P2P tarmog`i nima?

kompyuterlar va foydalanuvchilar o`rtasida teng huquq asosida jarayonlarni, ishlarni va fayllarni taqsimlaydigan kompyuter tarmog`i arxitekturasidir.

500

Respublikada ... Markaziy bankning valkyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.

"O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida"gi, "Valyutai tartibga solish to`g`risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi, O`zbekiston Respublikasidagi qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar mahkamasininig qarorlari.

500

1944-yilda AQSHning Bretton-Vuds shahrida 3-marta davlatlararo konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada davlatlar nimadan foydalanishga kelishib olishdilar?

Davlatlar oltindan hamda Angliyaning Funt Sterlingi va AQSH dollaridan xalqaro hisob-kitoblarda to`lov vositasi sifatida foydalanishga kelishib olishdi

500

Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.

soat

M
e
n
u