SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANI QAYSI FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQ?
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi
Iqtisodiyot nazariyasi
Davlat byudjeti
Moliya va boshqalar
Ularning 1-yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal va ispan bo`lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Rim papalari
Soliq va soliqqa tortish fanining mohiyati nima?
o‘rtadagi moliyaviy munosabatni ya’ni soliq to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi munosabatni chuqur o‘rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi.
Soliq va soliqqa tortish fanining vazifasi nima?
soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir.
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashni Soliq kodeksning qaysi moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun va bir vaqtning o‘zida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli?
237-modda
SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH FANINI O`RGANISH USULLARI QAYSILAR?
Umumiy usul: 1) Dialektik usul: a) Induksiya
b) dediksiya
2) Ilmiy abstraksiya usul
Alohida usul: 1) taqqoslash, 2) statistik, 3) grafik, 4)jadval, 5) analiz va sintez
ANALIZ va SINTEZ atamalarini tushuntirib bering?
Analiz bu o‘rganilayotgan butun ob’ektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish.
Sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir.
O`zbekistonda 1998-2006 yillar oralig`ida qaysi soliq joriy qilingan edi?
Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
•O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
•aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
•yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
•benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
•lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
•oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
•bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
•markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
•alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
•bozorlarga va savdo komplekslariga;
•soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
•auditorlik tashkilotlariga;
•notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
Soliq va soliqqa tortish fanining predmeti nima?
soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir.
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar kimlar?
•soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
•soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachon qabul qilingan?
1993-yil 28-dekabrda
2006-yil may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlanadi. Maxbuslar qamoqxona ma`muriyatidan o`zlari uchun ma`lum bir vaqtga qo`shimcha imtiyoz berishlarini talab qiladilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo`lgan?
2006-yilgi futbol bo`yicha JCH
Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari Soliq kodeksining 467-moddasida keltirilgan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan holda belgilangan.
Bunda soliq to‘lovchilar joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha necha % soliq stavkasi to`laydi?
4%
Aynan ushbu sport jihozi mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo`lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Ushbu sport jihozi nomi nima?
Xokkey darvozaboni shlemi
Davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 2019-yilda foyda solig’ining necha foizni tashkil etgan?
15.6%
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ining soliq solish ob’ekti nimalar hisoblanadi?
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va daromad olish uchun mo’ljallangan yashash uchun mo’ljallanmagan ko’chmas mulk ob’ektlari;
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i stavkalari (415-modda) 2018- va 2024- yil qancha etib belgilangan?
2018-yil 5%
2024-yil 1,5%
Uning balandligi ham, eni va bo`yi ham yo`q. Lekin uni o`lchasa bo`ladi. U nima?
harorat, vaqt
(415-modda) Soliq stavkasi nimalarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi?
1) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
2) konservatsiya qilinishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’ektlari.
Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo`lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo`yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?
Saksafon
Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga qaysi muddatlarda taqdim etiladi:
- hisobot davri yakunlari bo’yicha — hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay;
- soliq davri yakunlari bo’yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay;
Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko’paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.
Daromadlarga qanday hollarda tuzatish kiritiladi?
- tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
- bitim shartlari o’zgarganda;
- narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
- ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Yer solig‘ining joriy etilishidan maqsad...
Yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish
Tuproq unumdorligini oshirish
Sifati turlicha bo‘lgan yerlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish
Yerni talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb e’tirof etiladi:
- O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
- O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;